Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi


Zardusht barkamol inson timsoli



Download 159,56 Kb.
bet5/8
Sana04.02.2022
Hajmi159,56 Kb.
#430027
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
saboxat kurs ishi

Zardusht barkamol inson timsoli
Mazdaparastlik ta’limoti asosini tashkil etuvchi ezgulik falsafasi va insonning axloqiy–ma’naviy kamoloti masalasini ifoda etishda Spi­tamon Zardusht (er.av. 623 - 554 y) markaziy o’rinda turadi. U asos solgan va jahonda keng shuhrat topgan bu ta’limotning nazariy va amaliy maqom­larini aniqlash Zardusht nomi bilan bog’liqdir. Zero, bu ta’limot mohiyatini belgilovchi bosh mezon – axloqiy poklik va barkamollik, avvalo, Zardushtning o’zida mujassamlashgan va barchaga ibrat namunasidir.
Jumladan, ezgu fikr Zardushtning yaxshilik dunyosini yovuzlikdan asrash, pok etish niyatida, ezgu so’z, muqaddas so’zlar bilan yaratuvchi insonni e’zozlashda, ezgu amal esa o’zini Odam kamoloti, Olam munavvarligi ishi­ga baxshida etishda namoyondir.
Boshqacha aytganda, birinchi yo’nalishda Zardushtning hayot sinovlarida chiniqish, iroda va sabr egasi ekanligi, ya’ni din targ’ibot­chisi sifatida murosasiz kurashi aks etgan, ikkinchi yo’nalishda shoir, buyuk donishmand va payg’ambar, axloqiy qarashlar muallifi-nazariyotchi sifatida namoyon bo’ladi. Har ikkala yo’nalishdagi talqinlarda ham Zardusht bir tomondan, mehnatni ulug’lasa (tuya boqishi, ilm o’rganish), ikkinchi to­mondan, jaholatga qarshi ma’rifiy-umuminsoniy ta’limot yaratib, dunyoviy va ilohiy iqtidor sohibi sifatida gavdalanadi. Bu xususiyatlar Be­runiyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Tabariyning «Tarixi Tabariy», sosoniylar davri yodogorligi «Dinkard», to’rt jildlik «Avesto» lug’ati, «Avesto»ning ikki jildlik forsiy tabdili (1997), M.Ishoqov, A.Mahkam tarjimalarida va qator olimlarning keyingi uch yilda e’lon qilingan tadqiqotlarida alohida qayd etilgan. Garchi Zardusht haqidagi barcha asarlar hozirgacha o’zbek tiliga to’la tarjima qilinmagan bo’lsa ham, mavjud ma’lumotlar bu zotni buyuk siymo, nazariyotchi-ijodkor, ilohiy haqiqat targ’ibotchisi, g’ayb va dunyoviy bilimlar sohibi sifatida baholash uchun yetarlidir.
Binobarin, Zardushtning tarixiy xizmati, avestoshunoslar ta’kidlaganlaridek, falsafiy tafak­kurni ta’limiy-axloqiy tushunchalar bilan boyitishidadir. Shunday ekan, uning amaliy faoliyati va bebaho merosi bugungi kunda yoshlarni barkamollikka yetaklovchi qadriyat sifatida qimmatlidir. Haqiqatgo’ylar­ning panohi bo’lgan Zardusht timsolida ibratomuz fazilatlar jamlan­gan. Uning hayoti va faoliyati yaxshilik yo’lida qiyinchiliklarni yengish, iroda va sabr-toqat bilan maqsadga erishish, yaxshilik dushmanlariga shafqatsiz bo’lishdan saboq bersa, insonparvarlik va vatanparvarlik g’oya­lari bilan sug’orilgan diniy ta’limoti odamlarni yuksak axloq va ma’na­viy barkamollikka undaydi, o’zaro do’stlik, birodarlikka da’vat etadi.
Zardusht asos solgan ta’limot Odam va Olam haqidagi mifologik ilohiy qarashlarni umumbashariy mazmun bilan boyitib, insoniyatni jaholatdan ma’rifatga yo’llashga qaratilgan. Bunda yakka Tangri inoyati, uning Insonni har jihatdan poklashga qaratilgan da’vatlari ilohiy qu­drat va zakovot orqali ifodalanadi.
Zardusht o’zida shunday salohiyatni aks ettiruvchi siymo va Tangri kashf etgan ilohiy tafakkur tashviqotchisi­dir. Rivoyatda hikoya qilinishicha, Ahura Mazda dastavval Odam Ruhini yaratgan ekan, tubanlik qurshovida qolgan Ruh undan yer yuzini g’azab va yolg’ondan butkul tozalovchi xaloskorni yuborishni so’raydi. Shunda bu olamni donishmandlik bilan yaratgan Ahura Mazda dedi:
«Nahotki, sen haqiqatga to’liq bo’lgan bu olamning sardorini tani­maysan? Bu jahonda bizning so’zimizni jon-dildan qabul qiluvchi men bilgan yagona zot, bu–Zardushtdir».
Zardushtning tavalludi va tiriklik sarguzashtlari g’aroyib va sirli hodisalarga boydir. Uning ruhi tug’ilmasdan ilgari oltinchi osmonda cheksiz yorug’likda yaratilib, ilohiy shukuh sifatida butun xonadoniga ziyo bag’ishlaydi. Bu bo’lajak payg’ambar va ezgulik elchisining dunyoga kelishi­dan ishorat edi. Boshqa go’daklardek yig’lab emas, qah–qah urib tug’ilgan Zardushtning hayratomuz xususiyatlari haqida Farvardin Yashtda batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Dunyoga tabassum bilan kelishning sababi shunday izohlanadi: «qismatida o’lim va horlikni ko’rganlar yig’laydilar, porso­lik, parhezkorlik bilan yashab, umrini xushhandon yakunlovchi zotlar kula­dilar».
Zardusht porsolik bilan yashaydigan zot edi. Yashtda ta’kidlanishi­cha, Zardusht tug’ilishi bilan dunyo yashnab ketadi, gullar ochilib, daryolar mavj ura boshlaydi, butun mavjudot shodlik qo’shig’ini kuylaydi. Barcha baland ovoz bilan «bizning ahvolimizni yaxshilaydigan peshvo Zardusht Spitamon tug’ildi» deyishadi. Badkirdor uch kishi onasi tashqariga chiqqan mahalda chaqaloq yotgan xonaga o’t qo’yishdi, butun uy yonib kul bo’ldi. Ota–ona chirqirab qolishdi. Ammo Yazdoni pok inoyati bilan Zardusht cho’g’lar ichida o’ynab o’tirardi. Bu haqda qator ma’lumotlar keltirgan filologiya fanlari doktori H.Homi­diy yana quyidagilarni ta’kidlaydi: «... badraftor-u jodugarlar sardori Davron Surun go’dakni yo’qotishga astoydil kirishib, uni mast buqalar ora­siga tashlaydi, bir buqa tanasi bilan to’sib, bolani omon saqlaydi, bosh­qa safar bo’rilar to’dasiga ro’para qiladi. Yirtqichlar Zardusht­dan yuz o’girib ketadilar».
Boshqa bir rivoyatga qaraganda, Zardusht ilohlar –Bahman va Surush keltirgan mesh to’la sutni ichib, qashqirlar hujumidan omon qoladi. Bu talqinlar qanchalik to’qima bo’lma­sin, ularda insoniyatning butun borlig’i yaxshilik, rostgo’ylik va odamlar­ga ezgulik qilish tuyg’usi bilan yo’g’rilgan zotga hech narsa dahl qila ol­masligi haqidagi mifologik qarashlari ishonarli aks etgan. Shuning uchun ham go’dak qalbiga Tangri ato etgan sohir qudrat va ro’shnolik ziyosi uning amaliy ishlari va diniy ta’limotiga boqiylik bag’ishlaydi, o’zini donishmandga aylantiradi.
Zardusht ezgu olam xaloskori sifatida ko’kni, yer yuzini va yer ostini yovuz kuchlardan saqlashga baxshida zotdir. Bu fazilatlar unga yoshligida bashorat qilingan. Buni hatto jodu sehr pirlari tan olishgan. Ularning vakili Karpning ta’kidlashicha, Zardushtning ruhi osmonga borib yetgan, unga ergashgan barcha odamlar jannatiy bo’ladilar, yer ostidagi badkirdor­lar, devlar uning faoliyati tufayli nobud bo’lib, do’zaxga mahkum etila­dilar, yer yuzida esa uning so’zlari e’tibor qozonib, hayot qonuni sifati­da yetti iqlimda tan olinadi.
Zardushtning amaliy faoliyatidagi ibratli jihat shundaki, ko’plab to’­siqlar oshib o’zi ishongan to’g’ri yo’l – odamlarni ezgulikka hidoyat etish yo’­lidan qaytmagan. U o’zi mansub bo’lgan Spitama urug’idagi kishilar orasida boshqa xudolarga ishonmagan..» Ahura Mazdani esa o’zi uchun chin xudo deb bilgan. Uning imon-e’tiqodi, qalb ko’zi ochila borib, nihoyat Ahura Mazda­ning nazariga tushib, uning payg’omini (xush xabar) o’z urug’i orasida odamlarga bildirishga vakolat oladi». Lekin bu jarayon osonlikcha kech­maydi. Bunda Zardushtga xos zaxmatkashlik, yuksak axloq, ilm–hunar egallash, g’animlar qarshiligini zakovot va matonat bilan yengish, umuman, ma’naviy kamolot kabi fazilatlar yorqin namoyon bo’ladiki, bular hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Zardusht – yoshligidan o’tkir zehni va iqtidorini ilm egallash, mukam­mal tarbiya olish bilan mustahkamlab borgan, jismoniy va ma’naviy jihat­dan o’zini chiniqtirgan. U yetti yasharligidan 15 yoshigacha donishmand Barzin Kurasdan ilm o’rgangan. Tarix, tabiatshunoslik, falsafa, notiqlik san’atini va boshqa fanlarni puxta egallagan.
Beruniyning ma’lumotiga qara­ganda, Harron shahrida Ilyosdan va Pifagorning shogirdi Faylakusdan ham ilm o’rgangan. Shuningdek, Hindiston va Bobilda ta’lim olgan. Bundan tashqari, qabila bahodirlaridan jangovorlik, jahon pahlavonlik, chavan­dozlikni o’rgangan. Zardusht o’n besh yoshga to’lgach, uning aka-inilari otasiga meros da’vosini qilganda, u mazdaparastlar an’anasiga muvofiq oqil va qanoatli yigit sifatida beliga mardlik belbog’idan boshqa narsa so’ramagan.
Zardusht hayoti va ta’limotiga oid asarlarda u ko’pincha ilohiy payg’ambar sifatida talqin etilsa ham, Zardushtning dunyoviy ishlari, real voqelik va insonlar manfaatlari bilan bog’liq faoliyati unga tabiiylik, oddiylik bag’ishlaydi, donishmandlik qarashlarining hayotiyligini oshiradi.
Jumladan, u Turonu Eron o’rtasidagi janglar guvohi sifatida qirg’inbarot urushlarni qoralasa, turli qabilalarning o’zaro nizolari, ko’pxudolik aqidasi keltirgan ortiqcha qurbonliklardan iztirob chekar va bularga barham berish yo’llarini izlardi. Shu maqsadda u nortuyalarni boqish bilan birga ulamolar yig’inlarida, mo’ysafidlar baxslarida qatnashar edi.
Jami­yatdagi qabohat, yolg’onchilik, zulm, nizo, johiliyat ustuvor bo’lgani sa­babli uning qalbida qandaydir ruhiy sokinlik, fikriy hoslikka mayllik uyg’onadi. Bu uning haqiqat yo’liga kirganidan, haqni izlashga qaror qilganidan dalolat edi. Bu yo’ldan uni hech kim va hech narsa qaytara olmas­ligini bashorat ham qildi u. Bu o’rinda Zardusht o’zini ezgu ishlarga chor­lagan va bu yo’lda har qanday g’ovlarni yengishga qodir bo’lgan qat’iyatli shaxs sifatida namoyon qiladiki, bu ham ko’pchilikka ibratdir.
Zardushtning ilm egallash va komillikka yetish yo’li murakkab va ayni choqda saboqlidir. U qalbida pinhoniy mo’’jizaviy hissiyotni sezgach, Sab­lon tog’iga chiqib ketadi, yigirma yil g’orda yashab, tafakkur ummoniga g’arq bo’lib, Oliy ibtido Ahura Mazdani kashf qildi, o’n yil uni madh etuvchi Gohlarni yaratdi. 39 (ba’zi ma’lumotlarda 35) yoshida yetuk donishmand maqomiga erishgach Ahura Mazdadan vaxiy kelib, Yazdoni pok uni o’ziga «mehribon qilib», «zamon ahlini rostgo’ylik, yaxshilik va haqiqat sari da’vat etish» uchun xalq huzuriga yo’llaydi.
Zardusht yakka Tangrining payg’ambari sifatida chorvadoru savdogarlar, hunarmandlar orasida ko’p xudolikning zarari, yakka xudolikning afzalligi haqida nutq so’zlaydi, va’zlar aytadi. Turli dinlar va udumlarning jamiyat rivojiga halal berayotganini, inson erki va yaratuvchilik qudratiga to’siq ekanini ishonchli dalillar bilan isbotlab beradi. Yakka xudo inoyati esa rostlik, ma’rifatu saodat yo’liga eltishini uqdiradi. Kishilarni teran aql va farosatga suyanishga da’vat etdi.
Zero, ingliz avestoshunosi L. Millzning Zardusht so’zlarini kishilarga najot bag’ishlovchi dasturlar sifatida baholab, «Agar bu dasturlarni ko’rib, o’zimizni ko’rmaslikka olsak, yo ularni yashirsak, bu bizning oqibatsiz va ko’rnamak ekanimizning belgisi bo’lur edi» deb yozishi bejiz emas.
Yangi mazdaparastlik dini – Zardusht ta’limotiga, bir tomondan, tarafdorlar tobora ko’payib borsa, ikkinchi tomondan, uning muholiflari huruji ham kuchayib ketdi. Bu jarayon Zardusht xarakteridagi sobitlikni, o’z ahdiga sadoqatini, maqsadiga erishish yo’lidagi qat’iyat va matonatini yana bir bor namoyish qildi. Bu o’rinda Turon hokimi Arjasp va johillik hamda munofiqlik yo’lini tutgan devsifat ko’p xudolik tarafdorlarining Zardushtga qarshi harakatlarini eslash kifoyadir. Ular Dunyo haloskori bo’lgan donishmandni yo’qotishga qanchalik urinmasinlar, Zardusht ta’magir, xalqni yolg’on va riyokorlik bilan yo’ldan urib, ularni talon-taroj qiluvchi kohinlarga qarshi kurashni davom ettirdi, o’z ta’limotining hayotiyligini isbotlashdan qaytmadi.
Turli ta’qib va xavfga duchor bo’lgan Zardusht vatani Xorazmni tark etib ketgan bo’lsa ham o’zi ishongan ezgulik ta’limotidan voz kechmadi, aksincha uni har qanday sharoitda himoya qildi va o’zining haqligini isbotladi, sinovlarga bardosh berdi.
Bu jihatdan Eron shohi Gushtasp bilan muloqot xarakterlidir. Shoh payg’ambarlik da’vosini qilayotgan Zardushtdan o’z ta’limoti mohiyatini so’raganda, u Yazdoni pok aqidalarining insonparvarlik va poklik mohiyatini, ezgulikni targ’ib qilishga qaratilganini bayon etibdi. So’ngra shoh yangi dinning ramzini surishtirganda Zardusht qo’ynidan bir jom chiqarib, havoga otib ushlab olgan ekan, jomdan nur ko’tarilibdi. Zardusht «nur», «olov», «quyosh» mazdaparastlikning timsollari ekanligini ta’kidlabdi. Lekin Zardusht va uning maslakdoshlarini sinov qilish davom etibdi. Shohning donishmand vaziri Jomasp boshliq ulamolar Zardusht bilan inson va olam muammolari, tabiat, koinot va turli e’tiqodlar mohiyati kabi masalalar yuzasidan uzoq bahslar qilishib, nihoyat Zardusht tafakkurining favqulodda kuchi va ilmiy salohiyati hamda ilohiy karomatiga tan berishibdi. Gushtasp va uning saroy ahli yakka Tangrini tan olishib, Eronda mazdaparastlik dini qabul qilinibdi.
Bu o’rinda Zardusht xarakteridagi barkamollik yorqin namoyon bo’ladi, ya’ni u o’z e’tiqodining mohiyatini chuqur idrok etgani uchun ham har qanday sinovdan o’tishiga ishonadi. Ikkinchidan, insonni ulug’lovchi, zulmni qoralovchi bu ta’limotdan boshqalarni ham bahramand qilishga intilib, bag’rikenglik, saxovat kabi fazilatlarni o’zida aks ettiradiki, bu hol johilat hukm surgan sharoitda katta jasorat edi.
Shuningdek, Beruniyning ma’lumotiga qaraganda Zardusht bilan Gushtasp o’rtasidagi muloqotlarning birida payg’ambar ko’ksiga eritib quyilgan mis uning jismiga hech qanday zarar yetkazmagani ham aslida Zardusht haqligi va ilohiy qudratining isbotidir. Bu hol ayni choqda Ahura Mazdaning Zardushtga qarata «odamlar shu qadar pok, to’g’ri va begunoh bo’lmoqlari lozimki, sinovlar chog’i titroqqa tushmasinlar, poydorlik ko’rsatsinlar deya aytgan so’zlarining amaldagi ijrosi ham edi.
Zardushtiylik ta’limotida fikr va so’zi pok bo’lib, ko’pchilik uchun ezgu amallarni bajarishga intilgan inson barkamol sanalgan. Zardusht shundaylardan biri, «hayot yo’lida yaxshi shuhrat va vijdon bilan yurgan, natijada oliy Tangri dargohidan o’rin olgan» zotdir.
Zardushtning komillik va yuksak axloq timsoli ekanligi uning ijtimoiy va shaxsiy faoliyati hamda ta’limotining insonparvarona xarakterda mujassam bo’lgan. Eng muhimi shundaki, Zardusht qabohat, johillik, molparastlik, nodonlikka qarshi kurashib, nisbatan dunyoviy, insoniy–ma’rifiy g’oyalarni targ’ib qiluvchi yakka tangrini kashf etdi. Kishilarni kelajakda muqarrar ro’y beruvchi kulfat va jazodan ogoh qildi, o’tkinchi umr inson bolasiga faqat yaxshilik uchun berilganligini isbotladi.
Zardusht targ’ib qilgan yangi e’tiqod zamirida yaxshi xulq, hayotbahsh fikr va yaxshi hatti–harakat hamda olijanoblikka yo’naltirilgan mehnat g’oyasi yotardiki, bu bashariyatning barcha davrlardagi eng oliy orzusi edi. Zardushtning bu sohadagi xizmati mazdaparastlar mashhur duolaridan biri «Ahuna–vopa» duosining mazmunida ham yorqin aks etgani bejiz emas. Unda shunday deyilgan: «U (Zardusht) bu olamning armoni va tanlangan zotidir. Odam haloskori, tiriklikning solih kirdor va andishalarning yaratuvchisidir. U Ahuraning shahriyori, Haq dini peshvosi va darvishlarni parvarish etguvchidir.
Ko’rinib turibdiki, Zardushtning ijtimoiy ideali asosida bevosita tinch hayot, farovonlik, adolat, axloqiy pokizalik, mehnatsevarlik kabi mangu fazilatlar ifodalangan.
Zardushtning shaxsiy hayoti ham yuksak axloq va yetuklik namunasi edi. U oqil farzand sifatida yoshligidan ilohiy va dunyoviy ilmlarni o’rgandi. Zardushtiylik dini qoidalariga qat’iy amal qilib, balog’at yoshiga yetgach uylandi, katta oilaga boshliq bo’ldi. Uch o’g’il (Istavatr, Uravatr, Hurchitra) va uch qizga (Frini, Trini, Puruchisto) zarur ta’lim tarbiya berdi, ular zardushtiylik dinining peshvolari va targ’ibotchilari bo’lib yetishdilar. Shuningdek, Zardusht o’z zamonasida ko’pxotinlik, sharob tayyorlash va sharobxo’rlik kabi axloqiy illatlarni man etuvchi qonunlarga qat’iy amal qildi, farzandlarni yuksak axloq va barkamollikka da’vat etdi.


Download 159,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish