Tarbiyaviy faoliyat usullari


Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar



Download 32,61 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2022
Hajmi32,61 Kb.
#476561
1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza Mavzusi

3. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror topgan:

  1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

  2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.

  3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

  4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ ynaydi.

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
4.Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lotincha. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik (1 yoshgacha);
2. Ilk yosh (1-2 yosh);
3. Ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
4. Kichik yosh (3-4 yosh);
5. O’rta yosh (4-5 yosh);
6. Katta yosh (5-6 yosh);
7. Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).
5.Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari.
Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo’lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o’rganilgan bo’lsa-da, yangi atamaning paydo bo’lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o’g’il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so’z bo’lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o’rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi.
Pedagogik ma’noda gender - o’g’il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo’lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o’quv faoliyatidagi o’zaro teng va farqli jihatlarini o’z ichiga oladi.

6.Shaxsning ijtimoiylashuvi
Ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o’zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo’lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o’ziga xosliklari) ko’ra murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko’rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o’ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o’tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o’zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir.
Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo’lib yetishishiga, jamiyatda o’z o’rnini va xulq-atvorini, o’z istak-maqsadlarini yo’nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo’nalgan shaxs bo’lishiga yordam berishdir.



Download 32,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish