IV bob. 0 ‘YIN RAHBARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
4 .1 . 0 ‘qituvchlning o ‘yinga tayyorlanishi
0 ‘yinni tanlash. Yaxshi tanlangan o‘yin ta ’lim va tarbiya mu-
vaffaqiyatining muhim shartidir. 0 ‘qituvchi o‘yinni o‘tkazishga
tayyorlanishda o‘yinga qatnashuvchilarning tarkibini,
yosh xususi-
yatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib, darsning
asosiy vazifaiarini belgilashi zarur. Ba’zan yaxshi o‘yin tanlansada,
lekin u yomon o‘tishi mumkin. Bunday hollar tanlangan o‘yin
ishtirokchilarining qiziqishi va havaslariga
mos kelmashgi natijasida
ro‘y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmaydi.
0 ‘qituvchi o‘yinni tanlashda mashg‘ulot qanday shaklda
o‘tkazilishini (dars tarzida o‘tkazilsa, o‘yin uning birinchi, ikkinchi
yoki yakunlovchi qismida o ‘tkaziladi)
bilishi kerak.
0 ‘yin
o‘tkaziladigan joy (sport
zali yoki maydoncha, koridor va h.k.), ob-
havo va harorat hisobga olinishi kerak. Agar o‘yin qishda
o‘tkaziladigan bo‘lsa, o‘quvchilami faollashtiradigan va jismoniy
yuklamalarni bir tekisda taqsimlaydigan serharakatroq o‘yinlar
tanlanishi kerak.
4.1.1. O ‘yinni o ‘tkazish shart-sharoitlari
1. Awalo, kerakli asbob-uskunalar, masalan, arqondan, jundan,
lentadan, rezinadan yasalgan koptokchalar (rezina koptokchalar
yuqori haroratda tarangligini yo‘qotmasligi
uchun salqin joyda
saqlanadi), voleybol va basketbol to‘plari, irg‘itish uchun uzunligi 1
m
tayoqlar, arqon, be!bog‘lar, bayroqchalar, taxtachalar, bolg‘a,
aptechka va boshqalar, ko‘z og‘rig‘i kasalidan
saqlanish uchun har
bir o‘quvchining ko‘z boylagichi bo‘lishi kerak.
2. 0 ‘yin o‘tkaziladigan maydoncha, yaylov tekis bo‘lishi, tikan,
toshlar, shisha siniqlari va boshqa keraksiz narsalardan tozalanib,
toza tutilishi lozim.
3. Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan paytda maydonchada begona
kishilar bo'lmasligi kerak. Chunki ular bolalaming xayolini bo‘ladi
va ularni o‘yindan chalg‘itib, ortiqcha harakatlar bo‘lishiga
majbur
etadi.
89
4. Maydonchani asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bundan
tashqari u yerdagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish
zarur.
5. 0 ‘yinlami o‘tkazishda quyidagi gigiyena qoidalariga rioya
qilinishi lozim:
a) o‘yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlami qiyinlashtirmay-
digan, yengil bo‘lishi kerak;
b) yozda o‘yindan so‘ng yuvinish joyi bo‘lish, o‘yin
boshla-
nishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6. 0 ‘yinlar suvda o'tkazilsa, o'ynovchilar shamollab qolmasligi
uchun ulaming suvda bo‘ladigan vaqti chegaralanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: