Tarbiyainstituti


Asming bir go ‘shasin bot, yo ‘qki, kech



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/217
Sana13.07.2022
Hajmi12,36 Mb.
#790150
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   217
Bog'liq
ba7c95d59efc4dcdac132dba18d21dd0 MILLIY VA HARAKATLI 0 4YINLAR

Asming bir go ‘shasin bot, yo ‘qki, kech,
Tortibon buzgoch, bu majmu uldi hech.
Ne qolur ul ramz ila kindin asar,
Ne xamul tartib-u oyidin asar.
Navoiyning o‘zi ham shatranj o‘yiniga juda qiziqqan va yaxshi 
o‘ynagan.
Ulug‘ shoiming teran fikrlari, umumbashariy g‘oyalarini o‘rganish 
va ulami hayotga tatbiq qilish hamisha zarurat bo‘lib kelgan. Shu 
ma’noda uning qalb durdonalari xalq jismoniy madaniyati sohasini 
boyitish uchun ham to‘la-to‘kis xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, daho mutafakkir Ahsher Navoiy xalq jismoniy 
madaniyati turlarining benazir bilimdoni ekanligining guvohi bo‘lamiz. 
Ayniqsa, uning badantafbiyani ,41mi badan“ yoki „badan ilmi“ , yoxud 
,Jco‘ngil tarbiyasi“, miUiy sport turlarini ifodalash uchun „zo‘ri“, 
„dilovarlig‘“ , ,guy“, ,jsilaxshurlik“ atamalarini qo‘llashi jismoniy 
taibiya fani uchun ochilgan yorqin bir sahifadir. Jumladan, u 
,jshatranj“, „tiyrandozlik", „chavandozlik“, „nayzabozlik“, „chav- 
gon“, „qovoq“, ,Jcurash“, „qflichbozlik“ kabi qadimiy xalq o‘yinlarini 
o‘zining lirik va epik asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.
36


HUSAYN YOIZ KOSHIFIY
Husayn Voiz Koshifiy XV asrda Hirotda yashagan Sharqning 
mashhur allomalaridan biridir. U axloq, tarix, tasawuf, nujum, 
riyoziyot, fiqh sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Shular 
qatorida xalq o ‘ymlarining o‘n beshga yaqin xili haqida mukammal 
m a’lumotlar qoldirgan.
Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik 
tariqati“ risolasi axloq va odob dasturi sifatida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, 
katta qiziqish ila o‘qib kelinmoqda. Bu nodir risola bag'oyat muhim 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, fiituwat haqida mashhur 
pandnomalar, javonmardlarning rasm-u rusumi, odobi xususidagi 
fikrlardan iborat. XV asrda Hirotda yashagan atoqli tojik yozuvchisi 
Husayn Voiz Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy“ nomli 
risolasi, ilmning ko‘p qoida-nizomlarini qamrab olgani, sodda va 
ravon tilda yozilgani bilan ajralib turadi
U o‘z zamonidagi tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlar, kurash 
tushuvchilar, toshotarlar, nova tortuvchilar, hammollar, dorbozlar, 
kuchini namoyish quluvchilar (zttrgarlar), tomosha ko‘rsatuvchi 
o‘yin ahli (kosa o‘ynovchilar, qo‘g‘irchoqbozlar va soqqabozlar), 
kabza ma’nosida va kabza turlari (qilich, qalqon, gurzi, urushi 
kamoni (yoyi), to ‘qmoq (yog‘och bolg‘a), pichoq, boltacha 
(qassoblik pichog‘i) va bolta haqida batafsil to‘xtaladi.
Husayn Koshifiy tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlami sakkiz 
toifaga ajratadi, ya’ni: kurash tushuvchilar, tosh o‘ynovchilar, loy 
tashuvchilar (,,novandozlar“), zambil ko‘taruvchiiar, dorbozlar, 
gurzi ko‘taruvchilar va zo‘rlar. U kurash ommabop milliy sport turi 
bo‘lib, barcha uchun manzurligini, bu ish bilan shug‘ullanuvchi 
kishilar har qanday vaziyatda to‘g‘rilik va poklik, adolat qonuniyati 
bilan yashash kerakligini uqtiradi.
Uchinchi faslning birinchi qismida kurashning ma’nosi, 
kurashda asl mohiyat, ilm bilan qo‘shilgan kuch qanaqa narsa, 
kurash tushish ilmmi yoki amalmi, kurash ustalarining odobi, 
shogirdlar odobi, komil ustoz qaysi, kimni pahlavon deyish 
mumkin, kurashning qanday turlari bor, kurashchilaming tili nima, 
kurashchilaming oxirgi maqsadi, kurashning onasi qaysi, yiqilishga 
sabab nima va shu kabi qator masalalar yechimi o‘z ifodasini 
topgan.
Koshifiy toshotarlar pok va taqvodor kishilardirlar, ulaming 
vazifasi tosh bilan dushmanga aniq zarba yetkazishdir, deydi. 
Ularning odobi oltita, deb aytadi:
37


1) 
butun choralami ishga solib, kuch va malaka to‘plash va buui 
dushmanga qarshi sarflay bilish;
2) 
toshga qo‘l tekkizishdan oldin o‘tgan azizlar va pirlami esga 
olish;
3) 
qo‘lni toshga urgandan keyin jasorat va mardlik ko'rsatishga 
intilish;
4) majlis ahhdan madad va himmat tilash;
5) 
ko‘z bilan tilni va qo‘l bilan ko‘ngilni noshoista ishlar va 
narsalardan saqlash;
6) 
m a’raka hunardan forig‘ bo'lgandan keyin takbir va salovat 
aytish.
Asarda dorbozlar tashqi ko'rinishidan o‘yin-tomosha ahlidan 
bo‘lsalar-da, ammo ishlarining asosi ju r’at va quwat bo‘lganidan, 
ular ahli zo‘r (pahlavonlar) jumlasiga kiritiladi. Dorbozlik ulug‘ bir 
kasbdir va bu ishning ustalari pokiza axloqli va rostgo'y bo‘lishlari 
kerak.
Kuchini namoyish qiluvchilar (zurgarlar) 
toifasi quyidagi 
hunarlami ko‘rsatadilar, ya’n r 1) mardgirlik (odam ko‘tarish); 2) tosh 
sindirish; 3) suyak sindirish; 4) dorbozlik; 5) tosh otish; 6) tegirmon 
toshini ko‘tarish; 7) Ш bilan olishish; 8) kamondan o‘qni uzoqqa 
otish; 9) sakrash. Qayd qilingan bareha hunarlaming mohiyati 
nimadan iborat ekanligi ochib berilgan, jumladan, odam ko‘tarishning 
ma’nosi haqiqatda nima, desalar, ko‘taigan kishini yiqitmaslik, ya’ni 
mardlik obro‘yini yeiga tushurmaslik, past ketmaslik.
Tosh sindirish bu — qattiqlik va tosh yuraklik sifatlarini 
sindirmoq va ushbu sifatlami barham etmoq demak. Suyak 
sindirishning ma’nosi, suyak haqiqatning mag‘zi va ham pardasidir, 
ya’ni mardlik bilagi bilan xudparastlik pardasini ko‘z oldidan 
ko‘tarib, haqiqat mag‘ziga ko‘z tiksin demakdir.
Tegirmon toshini ko‘tarishning ikki ma’nosi bor, binobarin, 
tegirmonning ustki toshi - doimo harakatda, bu esa tariqat talabida 
muttasil jadd-u jahd qilmoqni ifodalaydi. Ostki tosh qimirlamay 
turadi, bu esa chidam va sabot timsolidir. Demak, tegirmon toshini 
ko‘targan odam shu sifatlami o‘zida muvofiqlashtiruvchi kishidir.
Fil ko‘tarishning ma’nosi shundan iborat, Ш ulug‘vorlik 
belgisidir, Ш ko‘tarish esa dunyo ishlari falak azimati oldida 
arzimasdir, degan m a’noga ishoradir.
Sakrashning ma'nosi shuki, nafs uy dushmanidir, undan sakrab, 
qutulib chiqish kerak, osoyishtalik, muvaffaqiyatga erishish nafs 
bilan jang qilish orqali qo‘lga kiritiladi. Shuni e'tiqod bilan anglab 
yetish kerakki, zurgarlik (kuch-quwatni namoyish etish)ning
38


haqiqati nafs dushmanini poymol etishdir, bo‘lmasa ko‘p hayvonlar 
va parrandalaming quw ati odamzodnikidan ortiq. Shuning uchun 
kuch-quwatga uchmaslik va nafe havosidan voz kechish kerak, 
shunda m a’rakalaming pahlavoni ayni vaqtda futuwat pahlavoniga 
ham aylanadi. Shayx Sa’diy aytganlaridek:

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish