O ‘yinning qoidalari.
1. Agar har juft o'yinchilardan birontasi
to‘pni yerga tushirib yuborsa, uning o‘zi to‘pni yerdan olishi va shu
joyning o‘zida uni urib uzatishni davom ettirishi kerak. 2.
Navbatdagi jufi o ‘yinchilar o‘zlariga to‘p berilgunicha chiziqni bosib
oldinga o‘tmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft o‘yinchi to‘pni urib
uzatib, yugurib ketganidan so‘ng butun qator bir qadam oldinga
suriladi, yugurib ketgan juft orqasida turgan o‘yinchilar esa yugurish
boshlanadigan chiziqda borib turadilar.
Eslatma.
Yugurib kelayotgan o‘yinchilar o‘z qatoriga yaqin
kelganda yugurib ketadigan navbatdagi juft o‘yinchilarga yo‘l berish
uchun
orqaga
tislanib, bir-biridan
uzoqlashishi
kerakligini
o'quvchilarga tayinlab qo‘yish lozim. Bu o‘yinni VII sinfdan boshlab
o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |