5.2.10. Qarmoqcha
O yinga tayyorlanish.
0 ‘yin uchun uzun arqon kerak. Arqonning
bir uchiga yarmigacha qum solingan xaltacha bog‘lab qo‘yiladi.
Hamma o‘ynovchilar aylana hosil qilib turadilar (1-rasm).
O yinning tavsifi.
Onaboshi davra o‘rtasida turib, uchiga xal-
tacha bog‘langan arqonchani aylantiradi. 0 ‘ynovchilar hushyor bo‘-
lishlari va arqoncha uchiga bog‘langan xaltacha oyoqlariga tegmas-
ligi uchun arqoncha aylantirilayotgan paytda sakrab-sakrab turishlari
kerak. Oyog‘iga xaltacha tekkan (qarmoqqa ilingan) o‘yinchi davra
o'rtasiga chiqadi va onaboshi bo'ladi, ya’ni arqonchani aylantiradi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |