Tarbiyachi nutqi madaniyatida maqol va matallar o'rni.
1. Tarbiyachi nutqi madaniyati.
2.Tarbiyachi nutqida maqollar o’rni
3.Tarbiyachi nutqida mattalar o’rni
Tilni amalda о‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bо‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni tо‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan о‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar sо‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol о‘ynaydilar. Ular sо‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan tovushlarni (S- SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta sо‘zda uchragan tovushlarni sezadilar.
Tilni amalda о‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bо‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni tо‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Ohang, tembr, pauza, urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.
Ko’rgazmali usullar - kuzatish, uning turlari: binoni ko’zdan kechirish, ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko’rib chiqish. Pedagog kuzatishdan ob'yektni to’g’ridan-to’g’ri (gullar ochilishi, toshbaqa harakati va boshq.) va vositali (agarda ob'yektni bevosita kuzatishning imkoni bo’lmasa (yovvoyi hayvonlar, shaharlik bolalar uchun qishloq aholisining mehnati, qishloq aholisi uchun shahar transporti kabi) kuzatish mumkin bo’lgan holatlarda - suratlar, fotosuratlar, kinofilmlar, diafilmlar va videofilmlar namoyishida foydalanadi.
Ko’rgazmali narsalar, hodislar ko’rgazmalai usullardan foydalanishda suhbat, mulohaza mavzusini belgilaydigan manba bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning qabul qilish hissini so’zlash berish orqali yo’naltirayotgan tarbiyachi ko’rib chiqilayotgan narsa nomini aytadi va uni tushuntirib beradi.
So’zli usullar - kattalar va bolalarning so’zlari har qanday ko’rgazmali va amaliy metod tarkibiga kiradi. Biroq, bolalarda so’zli-mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi tasavvurlarning yig’ilishiga qarab nutqni rivojlantirishning so’zli usullari mustaqil metod tusini oladi. Unga badiiy asarlarni o’qish, she'r yod olish, bolalarning hikoyalari, suhbatlar va tarbiyachining hikoyalari kiradi.
So’zli usullar sof ko’rinishda Maktabgacha talimda juda kam qo’llaniladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari ko’proq ko’rgazmalilikka tayanishni talab qiladi. Shuning uchun deyarli barcha so’zli usullarda ko’rgazmali usullardan (narsa, o’yinchoqni qisqa vaqtga ko’rsatish, illyustratsiyalarni ko’zdan
kechirish) yoki bolalarni dam oldirish maqsadida ko’rgazmali ob'yektni namoyish qilishdan foydalaniladi.
Amaliy metodlarga mashqlar, o’yin metodlari kiradi va u bolalar nutqini rivojlantirishda keng qo’llaniladi. Ularning maqsadi bolalarga olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llashni o’rgatish, nutqiy mahorat va ko’nikmalarni o’zlashtirishda ularga yordam berishdan iboratdir. Didaktik o’yinlardan nutqiy rivojlantirishga oid barcha vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Nutqiy mashqlar (mashq qilish va ijodiy mashqlar) yordamida esa o’z fikrlarini aniq va tushunarli qilib ifodalash, mulohaza yuritish, isbotlash hamda so’zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz qilish shakllanadi.
Har bir metod didaktik vazifalarni hal etish - ya'ni, bolalarga yangi narsalarni tanishtirish, mahorat va ko’nikmalarni mustahkamlash, o’zlashtirilgan narsalarni ijodiy ravishda qayta ishlash uchun xizmat qiladigan usullar majmuasidir. Metod deb bilimlarni biridan ikkinchisiga berish maqsadida o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshirilayotgan harakatga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |