“Qushcha uchib keldi” ta’limiy o‘yini “Qushcha uchib keldi” ta’limiy o‘yini Maqsad: bolalarni o‘yinchoq qushcha bilan tanishtirish; qushcha, uchyapti, cho‘qiyapti kabi so‘zlarning ma’nosini tushunish malakasini rivojlantirish; qushchaning harakatlarini bajara olish malakasini hosil qilish. Material: qushcha o‘yinchog‘i. U rezinadan, metalldan, kartondan (qalin qog‘ozdan) qilingan hamda burib yurgiziladigan yoki qafasdagi qush bo‘lishi mumkin. Tashkil etish: bolalar gilam ustida doira bo‘lib o‘tirishadi, o‘rtalarida tarbiyachi o‘tiradi. Mashg‘ulotning borishi. Mashg‘ulotni qiziqarli tashkil etish maqsadida tarbiyachi qushchaning bosh qismini ko‘rsatadi va uni yashiradi. Mashg‘ulotning borishi. Mashg‘ulotni qiziqarli tashkil etish maqsadida tarbiyachi qushchaning bosh qismini ko‘rsatadi va uni yashiradi. “Nima uchib keldi?” degan savol bilan qushchani ko‘rsatadi “Bu qushcha, qushcha uchadi”, deb o‘yinchoqni kaftlarida ushlab, uning uchishini ko‘rsatadi, ya’ni qo‘llarini yon tomonga cho‘zib, xuddi qushning qanot qoqishidek harakat qilishadi va bolalarga ham shunday harakat qilishni, ya’ni qush qanday qilib qanotlarini silkitishini ko‘rsatib berishni aytadi. So‘ngra qushchaning tumshug‘ini qo‘li bilan harakatlanib, “Qushcha don cho‘qiyapti. Sizlar ham qushcha qanday don choqishini ko‘rsating”, deydi. Bolalar ushbu harakatni bajarib bo‘lishgach, tarbiyachi qushchani kaftida ushlab, “U uchyapti” deb, uchish harakatini ko‘rsatadi. “Qushcha uchib ketdi” deb, uni yashiradi. (Agarda burab yurgiziladigan o‘yinchoq qushchadan foydalanilsa, uni burab yurgizib, u qanday qanot qoqayotganligi va “ashula aytayotganligi”ni aytib o‘tish mumkin.) Mashg‘ulot-ning oxirida tarbiyachi ikkita qushchani olib shunday deydi: So‘ngra qushchaning tumshug‘ini qo‘li bilan harakatlanib, “Qushcha don cho‘qiyapti. Sizlar ham qushcha qanday don choqishini ko‘rsating”, deydi. Bolalar ushbu harakatni bajarib bo‘lishgach, tarbiyachi qushchani kaftida ushlab, “U uchyapti” deb, uchish harakatini ko‘rsatadi. “Qushcha uchib ketdi” deb, uni yashiradi. (Agarda burab yurgiziladigan o‘yinchoq qushchadan foydalanilsa, uni burab yurgizib, u qanday qanot qoqayotganligi va “ashula aytayotganligi”ni aytib o‘tish mumkin.) Mashg‘ulot-ning oxirida tarbiyachi ikkita qushchani olib shunday deydi: “Mana qushcha, mana yana qushcha, qushchalar uchishyapti, don cho‘qishyapti. Qushlar uchib ketishdi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |