Imon (arab. ishonch, e’tiqod) – islomning besh rukni (asos)dan biri; Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va o’lgandan keyin tirilishiga ishonish. Hozirgi kunda imon so’zi vijdolilik, halollik, soflik, Vatanni sevish ma’nolarida ham ishlatiladi.
Imon – Allohning borligiga, uning sifatlariga, payg’ambarlariga, qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Alloh subhonahu va Taoloning o’zidan bo’lishiga dinda ko’rsatilgan ishonch ma’nosini bildiradi. Imonli kishi mo’min deyiladi. Mo’min, ya’ni imon keltirgan, ishongan odamdir. Imon qalbning duri bo’lib, kishini e’tiqodga, yaxshilikka, ezgulikka, halol va pok bo’lishga undaydi.
E’tiqod – shaxsning o’z qarashlari, taomillari va dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar sistemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |