Umumiy xulosa.
Mazkur kurs ishi boshlang’ich ta’lim muammolariga qaratilgan bo’lib, unda asosan umuminsoniy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish tizimiga qaratildi.
Boshlang’ich ta’limda milliy psixologiyaning shakllanganligi, milliy pedagogikaning xalqimiz ongiga chuqur singdirilganligi bir qator falsafiy, ijtimoiy siyosiy, psixologik va pedagogik adabiyotlarda o’z aksini topganligi yoritildi. Shunga asosan boshlang’ich sinf o’quvchilariga umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda qanday adabiyotlardan qay tarzda foydalanish mumkinligi alohida tadbiq etildi.
Ushbu ishni bajarish jarayonida milliy qadriyatlarni ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish muammosi bilan shug’illangan bir qator faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning izlanishlari kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |