E’tiqod erkinligi – kishi ongida chuqur o’rnashib qolgan va amalga oshirilishi shaxsning kundalik ehtiyojiga aylangan intilish, xatti-harakat va dunyoqarashlar tizimi.
Darhaqiqat yosh avlod tarbiyasida jamiki insoniyat qayg’urib yashaydi. Ularni har tomonlama tarbiya topgan inson bo’lishini istashadi. Bu o’z navbatida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
Qadriyat – tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, axloqiy tamoyillar, g’oyalar, yo’l-yo’riqlar va maqsadlarda ifodalangan ana shu tushunchaga baho berish mezoni va usullari hisoblanadi.
Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar – ma’lum bir axloq me’yorlari, ilg’or, taraqqiyparvar madaniy meroslar kiradi.
Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’navi qadriyatlarga hamda ijobiy va salbiy qadriyatlarga bo’linadi
Do'stlaringiz bilan baham: |