II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 285
Yangi texnologiyalar, ya'ni sun'iy intellekt, muqarrar ravishda mehnat bozoridagi sezilarli
o'zgarishlar bilan bog'liq, shu jumladan ba'zi sohalarda ish joylarini qisqartirish va boshqalarda
katta miqyosda yangi imkoniyatlar yaratish. Raqamli iqtisodiyot turli xil yangi bilim va
ko'nikmalarni, sezilarli darajada yangi ijtimoiy himoya choralarini talab qiladi. Shu bilan birga,
ta'limni rivojlantirish uchun, shuningdek, butun hayot davomida ta'lim xizmatlaridan umumiy
foydalanishni ta'minlash uchun katta mablag'lar talab etiladi.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA PIRLSNING AHAMIYATI Abdullayeva Gulshan Ravshanovna 22-IDUM boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har sohada o‘lkan o‘zgarishlar qilinib,
kundan –kunga yangi rivojlangan O‘zbekistonga aylanmoqda. Xususan, ta’lim tizimiga Halqaro
baholash tizimining kirib kelishi ham muhim o‘zgarishlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmas.
Shunga ko‘ra bugungi har bir fan o‘qituvchisi Halqaro baholash tizimi haqida ma’lumotga ega
bo‘lishi va o‘quvchilarni PIRLS imtihonlariga tayyorlash muhim vazifa deb belgilanmoqda. Shu
o‘rinda savol tug‘iladi PIRLS o‘zi nima? PIRLS – 4 sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va
tushunish darajasini baholashdir.
Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, “Halqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi
yuksalish” - bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning
matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi halqaro baholash tizimidir. Ushbu
sinov turi har 5 yilda 1 marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016 yilgi tadqiqotlari
natijalariga ko‘ra Rossiya federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.
Ta’lim yutuqlarini baholash halqaro assotsiyatsasi butun dunyo bo‘ylab ta’limni
baholash,tushunish va yaxshilash bo‘yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot
agentliklari, olimlar va taxlilchilarning xalqaro hamkorligidir.
Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ortiq ziyod mamlakatlar hamda
100dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958 yildan IEAo‘quvchilarning matematika,
tabiiy fanlar va o‘qish salohiyati bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi
kamchiliklarni bartaraf etsh bo‘yicha chora tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan
boshqa halqaro tashkilotlardan ajralib turadi. O‘quvchining
PIRLS -tadqiqotida 50dan ortiq
davlatlar ishtirok etib kelmoqda.PIRLS-Dasturining 2021 yil uchun mo‘ljallangan tadqiqotlarida
O‘zbekistonning ishtirok etishini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimdir.
O‘zbekistonning mazkur dasturda ishtirok etilishi tashabbusi IEA (Ta’lim yutuqlarini
baholash Halqaro assotsiatsiyasi
) tashkiloti tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot
tomonidan barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi ta’kidlandi.
Bu dasturda O‘zbekistonlik o‘quvchilarning qatnashishidan maqsad, o‘quvchilarimizda XXI
asr ko‘nikmalarini shakllantirish raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin
yaratish hisoblanadi Maktablarda o‘qituvchilar 1-sinfdan boshlab o‘quvchilarga matnni o‘qish va
tushunishga o‘rgatib boradilar. Shunga binoan, o‘quvchilarni halqaro baholash darajasini
belgilovchi PIRLS ga qanday tayyorlash kerak degan savol tug‘ilishi tabiiydir.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matnni o‘qishi va tushunishi darajasini baholashda
quyidagicha reja asosida amalga oshirish mumkin.
O‘qish darslarida o‘quvchilarga kichik hikoya va ertaklardan ,ikki xil variantda
o‘quvchilarga uyga vazifa berilib,ertasi kuni uyga berilgan vazifaga ko‘ra hikoya yoki ertak haqida
savol-javoblar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Masalan: ertak yoki hikoya nima haqida?
Qahramonlar kim? Siz hikoyadan nimani o‘rgandingiz? Sizga qaysi qahramon ko‘proq yoqdi ?
Nima uchun? ijobiy yoki salbiy qahramonlar haqidagi fikringiz? kabi savollar yordamida
o‘quvchilarni imtihon qilish mumkin.