II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
32
Navoiy falsafaning barcha muhim nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan maxsus
asar yozgan bo’lmasa-da, uning asarlarida ham shaxs, ham jamiyat to’g’risida qimmatli
ma’lumotlar mavjud.
Yuqorida nomlari tilga olingan mutafakkirlarimizdan tashqari Imom al-Buxoriy, Imom
at-Termiziy, Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi
allomalar ham shaxs kamoloti, shaxsning kamolotga erishuvida jamiyat va qadriyatlarning o’rni
xususida o’zlarining noyob fikrlarini yozib qoldirganlar. Ajdodlarimizning ilmiy falsafiy
ta’limotlari tor milliy qobiqda o’ralib qolmasdan, balki ham milliy, ham umumbashariy
ahamiyatga ega bo’lgan ta’limotlardir
Demak, sharq mutafakkirlar falsafasida milliy xususiyatlar muammosining aks ettirilishi
bugungi zamonaviy yoshlarimiz ongi va shurini millatimiz qadriyatlariga sodiq shunningdek
ajdodlar me’rosini qadrlashga, avaylab-asrashga o’rganadilar.
Foydalangan adabiyotlar.
1. K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova va boshq Pedagogika tarixi.– Toshkent:
O’qituvchi, 1996. – 48 b.
Platonov YU.P. Etnicheskaya psixologiya.-SPb.:“Rech’”,2001.-320 s
MUTAXASISLIK FANLARIDAN YANGI BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH –
O‘QITUVCHINING KASBIY YETUKLIKKA ERISHISHIDA MUHIM OMIL
Chòliyeva Muhabbat
Buxoro shahar 35-son umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-
ma`rifiy o’zgarishlar ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy
qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak
ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda
ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ham ta`lim
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, tayyorgarlikning zamonaviy
tizimlardan foydalangan holda ta`lim oluvchilarni o’qitishni jadallashtirish sanaladi.
O’qituvchilarning fan asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini
noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga
erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lish ta’lim
oluvchilar tomonidan nazariy bilimlar, malaka va ko’nikmalarning puxta, chuqur
o’zlashtirilishining kafolati bo’la oladi.
Zamonaviy darslarga qo’yilayotgan yuksak talablar o’qituvchini har bir darsga juda puxta
o’ylab tayyorlanishga majbur qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi, DTS
doirasida bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi ortayotganligi o’qitish shart-sharoitlarining
ham o’zgarayotganligi , oquv adabiyotlarining yangi avlodi yaratilayotganligi, o’quv rejalari,
dasturlariga
tuzatishlar
kiritilayotganligi,
o’qitishning
shakl
va
metodlarining
takomillashtirishning talab qiladigan yangi vazifalar qo’yayotganligidadir. Ammo
o’qituvchining har bir alohida darsga tayyorlanishi unung o’z o’quv ishiga tayyorlanish
tizimining bir qismi xolos. Bu tizim:
o’qituvchining o’z fani bo’yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi;
o’quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish;
har bir darsga tayyorlanishni o’z ichiga oladi.
O’quvchi oldiga qo’yilgan bilishga doir aqliy vazifaning aniqligi, ma`lum bir
kategoriyalarda ifodalanganligi kabi jarayonlar bilish jarayonining taksonomiyasi bo’lib u
o’qituvchidan:
Do'stlaringiz bilan baham: |