Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet265/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
250 
Birinchidan, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’uliyatni, faollikni va eng 
asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi. 
Ikkinchidan, har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilangan maqsadni aniq qo‘ya 
bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim. 
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchil-ligi va 
tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shakli-ning 
mukammalligi, qiziqarliligi o‘quvchilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o‘rga-niladigan 
qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy 
qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi. 
To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o‘z 
kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko‘ra 
bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik bel-gilardan biridir. 
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-mu-
lohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning 
fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning mustaqil ishlaridan keng 
foydalanish zarur. 
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo‘lishi 
barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini 
unutmaslik kerak. 
Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi faoliyatining muhim mikroelementlari nostan-dart 
yechimlardan iborat, garchi o‘qituvchi faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarash­ da bir-biriga 
o‘xshash ko‘rinsa-da, o‘qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-ha-rakati mutlaqo noyob 
va betakrordir. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qi-linganda, mukammal shaklga 
ega bo‘lgan tizimlardan iborat ekanligini ko‘ramiz: 
– o‘qituvchining sinfda o‘quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qa-
ratilgan ijodiy tayyorgarligi; 
– o‘quvchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik. 
Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi faoliyati bir nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
– o‘qituvchining o‘quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi; 
– ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik; 
– o‘quvchiga bevosita ta’sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi; 
– o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini o‘zi bilgan holda bir marom-da olib 
borish) ijodkorlik; 
– o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik. Yangilik 
kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. O‘qi- 
tuvchi o‘z nuqtayi nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari­ 
orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy 
madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. 
Shuningdek, o‘qituvchining madaniyat va muloqotga tayyorligi ham zarur talablar-dan 
sanaladi. Pedagogik hamkorlikda o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, naza0 
riyalar, konsepsiyalarning­ muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va 
targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchi-tarbiyachi shaxsiy va kasbiy sifat-larining 
yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pe-dagogik-
psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni 
shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar: 
– ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti daraja-sida 
mukammal bilishi; 
– uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega 
bo‘lishi; 
– pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egal-lashi; 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish