Tarbiya ma'naviy hayotning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida kirish Asosiy qism I bob tarbiya ma'naviy hayotning asosiy yo'nalishi


Ta'limni kelajakda yangi bosqichga ko‘tarish masalasi



Download 110,23 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2022
Hajmi110,23 Kb.
#456617
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARBIYA MA\'NAVIY HAYOTNING ASOSIY YO\'NALISHLARIDAN BIRI SIFATIDA222222222222

2.3. Ta'limni kelajakda yangi bosqichga ko‘tarish masalasi.
Ta'lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni16, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.
Hujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta'limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan: birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta'lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta'limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi; ikkinchidan, umumta'lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi; uchinchidan, umumiy o‘rta ta'limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta'minlash masalalarida xalq ta'limi bo‘limlari va umumta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi; to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta'lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi; beshinchidan, ta'lim sifatini ta'minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta'lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi; oltinchidan, xalq ta'limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me'moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o‘tilgan.
Prezident Farmonida xalq ta'limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib qo‘ydagilarni belgilab berilgan:

  • umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta'minlash;

  • ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas'uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;

  • rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;

  • xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;

  • xalq ta'limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

  • zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;

  • xalq ta'limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta'limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta'sis qilindi. O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.
Ushbu sa'y-harakatlar natijasida xalq ta'limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma'lumotli yosh kadr bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Keyingi yillarda ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018 yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi.
Albatta, bunday e'tibor yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur'atga mos ilg‘or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak.
Hozirgi tizimli o‘zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko‘nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo‘lib qoldi.
Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o‘qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo‘yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor.
Ya'ni, bugun kechiktirib bo‘lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi.
«Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi? Shuni hozirdan chuqur o‘ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz», – dedi Shavkat Mirziyoev.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoniga17 muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
Jamg‘arma oldiga o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘mak berish vazifalari qo‘yilgan.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, bu mablag‘ yanada oshiriladigan bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Oliy ta'lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasiga kadrlarni xorijga yuborish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, tanlov e'lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Jamg‘arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimiz to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to‘g‘risida ma'lumotlar reestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma'lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirish kerakligini alohida ta'kidladi.
Yig‘ilishda yana bir masala – istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish, ularning kasb malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi18 qarorida respublika bo‘yicha vazirlik, idora va tashkilotlarda rahbar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida tanlov o‘tkazish belgilangan edi.
Tanlovning dastlabki bosqichidan so‘ng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi.
Davlatimiz rahbari tanlovning final bosqichi ishtirokchilarini qisqa muddatli kurslar orqali malakasini oshirish kerakligini ta'kidladi. Tanlov g‘oliblarining stajirovkasi qaysi rivojlangan mamalakatda, qaysi tashkilotlar va qanday mezonlar asosida o‘tkazilishini aniq belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish masalasida bir ahamiyatli xujjatga e'tibor bersak, bu Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori19.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta'lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;

  • ta'lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

  • ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

  • ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy

tadqiqotlar o‘tkazish;

  • ta'lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;

  • xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta'lim va fan darajasiga bog‘liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko‘proq talablar qo‘ymoqda.
Zamonaviy xodimning ma'lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o‘zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo‘lgan qobiliyati, ma'lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 110,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish