BOB. Boshlang‘ıch sınf o‘qısh darslarıda o‘quvchılarnıng mıllıy qadrıyatlar haqıdagı tushunchalarnı sıngdırısh 1.1 Sharqona tarbıyanıng o‘zıga xos jıhatları
Sharqona tarbiya tushunchasi Sharq mamlakatlari xalqlariga mansub bo‘lgan xislatlarni o‘zida ifoda etadi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlari qadim zamonlardan beri Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq mamlakatlarida vujudga keladi. Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, Yamaq, Sudan, Quvayt va boshqalar Yaqin Sharq mamlakatlaridir. O‘rta Sharq esa Eron, Afg‘oniston, Movarounnahr, Birma, Vetnam, Indoneziya, Tayland, Hindiston va boshqalarni, Uzoq Sharq - Xitoy, Yaponiya, Koreya, Rossiya Uzoq Sharqi mamlakatlarini o‘z ichiga oladi.
Sharq xalqlarining barchasida xos bo‘lgan fazilatlar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga xalqlarning vazminligi, sabr-toqatli bo‘lishi, ijtimoiy muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal etish, foydali mehnat faoliyati bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borish, mehribonlik, birdamlik va boshqalar kiradi.
Insoniyat hayotida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan bunday hislatlar - insonni sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan egilmas, mehr-muruvvatli bo‘lishini ifodalaydi.
Xalqlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va muruvvat singari fazilatlar mavjudligi haqida rivoyatlar keltiriladi. Ularning birida aytilishicha, boylikda tengi yo‘q bir inson befarzand bo‘lib, umr yo‘li yaqinlashib qolganda Yaratgandan farzand so‘rab ko‘p yalinibdi. Hech bo‘lmasa farzandi bor degan nomga ega bo‘lay degan nolasiga, farzanding bo‘ladi, faqat u 3 kun yashaydi, deb javob kelibdi. Nihoyat, chol farzandli bo‘libdi va shu kundan boshlab xalqqa osh beribdi, muhtojlarga mehr qo‘lini cho‘zibdi. Bunday ishlar har kuni davom etaveribdi, kunlar va oylar o‘tib, chaqaloq ulg‘aya boshlabdi. Kunlarning birida cholga Yaratgandan “Sening mehr-muruvvating taqdiringni o‘zgartirdi”, - degan xabar berilgan ekan.
Sharq mamlakatlarining qimmatli imkoniyatlari G‘arbning
diqqatini o‘ziga tortgan va uzoq vaqt davomida ular Sharqqa tomon o‘zlarining yurishlarini tashkil etganlar.
O‘zbek xalqi azaldan kamtarligi, bosiqligi, qanoatliligi, xayoliligi bilan o‘zgalar diqqatini tortib kelgan. “Kamtarga kamol” degan naql ham bejiz aytilmagan. Alisher Navoiy o‘zining “Hayratul abror” dostonida shunday g‘oyalarni bayon etadi: “Agar senga osmonning kuch-g‘ayrati nasib bo‘lsa ham, yer yuzida kamtarlikni tanla. G‘am- g‘ussa yuki seni tog‘dek ezib tursa ham, uning ostida tuproqdek tura ber. Boshingga toshlar yomg‘irdek yog‘ilsa ham binafsha kabi boshingni yuqori tutib tura ber”.
Sharqona tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari mahallada o‘zining, yorqin ifodasini topgandir. Eng avvalo, bola tarbiyasi oilada, bolalar bog‘chasida, maktabda, mahallada jamoatchilik hamkorligida shakllantiriladi, odoblilikka o‘rgatiladi. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti mahalla tarbiyachi” degan naql uzoq yillar mobaynida yashab keladi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mahallaning o‘rniga alohida munosbatda bo‘ladilar: “Mahalla, ta’bir joiz bo‘lsa, kishilik jamiyatida alohida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan o‘ziga xos maskandir. Bu noyob tajriba aholining mahalla bo‘lib yashash tarzi jahonning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi va beqiyos makon –bu mahalladir”.
Sharqona taryiyaning muhim jihatlaridan yana biri bolaga yaxshi nom qo‘yish bo‘lib, bu uni chaqirganlarida uyaladigan bo‘lmasligi kerak. Nomning mazmuni ham insonni ulug‘lovchi fazilatga ega bo‘lishi lozim. Masalan, Nurislom, Faxriddin, Elbek, Xurshid, Jonibek, Ulug‘bek, Alisher singari ism sohiblari bu nomni faxr bilan ko‘tarib yuradilar. Buning uchun ota-onalaridan mamnun bo‘ladilar. Yaxshi nom topish esa muammo bo‘lmay qoldi. “O‘zbek ismlari”, “Ismingizning ma’nosini bilasizmi?”singari kitoblar nashr etilgan.
Sharqona tarbiyaning asosiy mezonlaridan biri — ota-onaning hurmatini joyiga qo‘yishdir.Har bir aqli-hushi joyida bo‘lgan farzand buni o‘zining asosiy majburiyati deb hisoblaydi. Ota-onaning ko‘nglini
topib, xizmatini bajo keltirib, duolarini olgan farzandlarhech qachon kam bo‘lmaydilar. Alisher Navoiy bobomizning “Otang oldida boshingni fido qilib, onang uyin jismingni sadaqa qilsang arziydi” degan nasihati barcha yoshlarning shiori bo‘lishi, amaliy dastur etib berilishi lozim. Afsuski, hayotda bunga amal qilmaydigan kimsalarning topilishi achinarlidir.
Asrlar mobaynida shakllangan va hayotimiz mazmuniga aylanib qolgan insoniy fazilatlardan biri bo‘lgan qanoatlilik, sabr-toqatlilik ham alohida qimmatga egadir. “Sabrqilsang, g‘o‘radan halvo bitadi”degan naql ham bejiz aytilmaganligi hammaga ayondir. Qanoatli odam - odamlarning yaxshisidir, qanoatli odam boylarning boyidir, degan fikrlar ham alohida ahamiyatga molikdir. “Hayrat ul abror” asarida ko‘rsatilishicha, “Qanoat insonni boy qiladi, haqiqiy boylik qanoat go‘shadir, qanoat oltini hech qachon yo‘qolmaydi, kulbada qanoat qilib o‘tirgan darvesh ta’magir podshohdan afzaldir”. Xalqimizga xos asosiy fazilatlardan biri xayr-ehson qilish va sahovatli bo‘lshidan iboratdir. Insonning eng go‘zal fazilati bo‘lgan sahiylikni hech qanday moneliksiz amalga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Sahiylikni bajarib kelgan inson savobli ishlarni ham ko‘plab amalga oshiradi. “Savobli ishni har kim va har kuni qilishi kerak” degan hayot normasi ham o‘z yashovchanligini ko‘rsatib kelmoqda. Lekin sahiylik ko‘rsatish ishlarini ham o‘z me’yori borlig‘ini unutmasligimiz zarur. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida qadimdan saqlanib kelayotgan an’analardan sahiylik normalarini o‘rganib olishimiz shart. Alisher Navoiy bobomizning fikrlari bilan aytganda, “Kim sahiylik qilishga haqli ekan, nom chiqarish uchun gavharni, hovuchlab sochish, maqtanish uchun yetaklab gul berish aqlli ishdan uzoq”.
Yurtboshimiz bu xususida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “O‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg‘usiga moyil. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu ibora zamirida chuqur ma’no yotadi. Jamoa tuyg‘usi bo‘lmagan xalqda sahiylik ham bo‘lmaydi. Sahiylik bo‘lmagan yerda o‘rtadan mehr-oqibat ko‘tariladi, Jamoa tuyg‘usidan sahovatlilik kelib chiqadi. Jamoa tuyg‘usiga moyillik xalqimizning birinchi fazilati desak,
yanglishmagan bo‘lamiz. Uning fe’l-atvori shunday, zuvalasi shunday qorilgan”.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma’naviy iqlim sog‘aydi, umuminsoniy qadriyatlarga intilish kayfiyati rivojlandi. Ma’naviyatimizni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgan musulmonchilik, xalqimiz soddagina qilib “o‘zbekchilik” deb ataydigan mehru-oqibat, o‘zaro yordam va hurmat, o‘zgalarning dardiga hamdard bo‘lish kabi oliyjanob fazilatlar qaror topib, qalbimizdan mustahkam joy olib kelayotgani ayni haqiqatdir. O‘zbekchilik bu millatchilik degan ma’noni bildirmaydi. U odamni hurmat qilish, uning ishlarini qo‘llab- quvvatlash, xizmatini e’tirof etishdir.
Akademik shoir G‘afur G‘ulom Ikkinchi jahon urushi yillarida boshpanasiz qolgan oilalar, yetim-yesirlar, badarg‘a qilingan kishilarga xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan mehribonlikni ifodalab, ularga qarata “Istagan narsangni tayyorlaguvchi, Xalq bor -otang bor, qo‘rqma jigarim”, - deb baralla kuylagan edi.
O‘z izzati va qadrini yaxshi bilgan inson hech qachon millat ajratmaydi. Yurtboshimizning fikrlari bilan aytganda, “O‘zbeklarimizning boshqa xalqlarga munosabati ijobiydir. Yurtimizda yashayotgan boshqa xalq vakillariga odilona qarash,ularga mehribonlik qilish biz uchun ma’naviy burchga aylangan”. Mamlakatimiz fuqarolarni sharqona tarbiyaning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Yosh avlodni barkamol va fidoyi farzandlar bo‘lib ulg‘ayishlariga hissa qo‘shish, Vatan oldidagi ma’suliyatini oshirish uchun kurashishlari kerak. Mamlakatimiz xalqlarining birgalikdagi kurashlari oqibatidagina jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni egallashimiz mumkin. “Yurtimizning barcha aholisi O‘zbekistonni yagona va aziz yurtimiz deb bilishi, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan uzviy bog‘lab kurashmog‘i, mehnat qilmog‘i darkor”, - deb ta’kidlagan edi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev.- Sharqona tarbiyani shakllantirshning yo‘llari mustaqillik yillarida aniq belgilab olindi va dadillik bilan rivojlantirilmoqda. Davlatimiz o‘zining kelajagini belgilovchi ustuvor
siyosatini ilm-ma’rifatga asoslangan holda olib bormoqda. Faqat ma’rifat yo‘li bilan kelajak avlodni tarbiyalash mumkin.
Xalqimiz qadim zamonlardan beri ilm-ma’rifatga intiluvchiligi, ma’naviyati bilan ajralib turadi. Bunday g‘oya muqaddas “Avesto”dan tortib Qur’oni Karimning nozil bo‘lishigacha davrda shakllangan va bu sohada aniq vazifalar belgilab olingan edi. Jabroil Alayhissalomning “O‘qi, o‘qi, o‘qi” deya Muhammad payg‘ambarimizga qilgan da’vatlari o‘zining qanchalik kuch-qudratga ega ekanligini ko‘rsatdi. Hazrat payg‘ambarimiz ana shu davrdan boshlab ma’rifatparvarlik, ilmsevarlik faoliyatini avj oldirib yubordi. Uning quyidagi fikrlari hamma uchun dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi: “Ilmni egallang. Ilm sahroda — do‘st, hayot yo‘llarida — tayanch, yolg‘izlikda - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda - madadkor, odamlar orasida zeb-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – quroldir”.
Ilm-fanning islomiy yo‘nalishlar bilan rivojlanib kelganligi, minglab otaxon ajdodlarimiz shu yo‘nalishdagi iste’dodlari bilan dunyoni zabt etganligini faxr bilan eslash quvonchlidir. Shu o‘rinda yurtboshimizning ushbu qimmatli fikrlarini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: “Ilmu fanda ham haqiqiy olim bo‘lish uchun kishiga Yaratganning o‘zi nazar qilgan bo‘lishi kerak”.
Komil inson fazilatlaridan bo‘lgan chuqur ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lish, unga erishmoq uchun ko‘p o‘qish va o‘rganish, bilmaganlarini bilib olishi shart. Ilmning chegarasi yo‘qligi haqidagi qimmatli g‘oyalar mo‘tabar donishmandlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, ilmlarning hammasini egallab olgan Abu Ali ibn Sino“Jahonda qolmadi men bilmagan fan, na mushkul bo‘lsa yechdim donish bilan”, deb yozish bilan birga, “Ilmim shu darajaga yetib bordiki, ilmsizligimni endi tushunib yetdim” deyish bilan mag‘rurlanishdan o‘zini saqlab qoldi. O‘zining ilmiy dunyoqarashini oshirmoq yo‘liga kirgan har bir yigit-qiz ilm olishda sabr-toqatli bo‘lishi, ustozlarining berayotgan saboqlarini qunt bilan egallab olishi, o‘z ustozlarini doimo hurmat qilishi shart. Alisher Navoiy bobomizning “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim” degan nasihatini hech
kim, hech qachon unutmasligi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |