TARBIYA JARAYONI, TARBIYA QONUNIYATLARI VA OILA TARBIYASI.
REJA:
1.Tarbiya jarayoni va qonuniyatlari haqida tushuncha
2.Tarbiya usullarining xilma-xilligi
3.Oilaning tasnifi, ularning rivojlanish yo‘nalishlari
4.Oilada farzand tarbiyasidagi sharqona odatlar.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr – shavqat, ota – onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik – o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota – onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan – avlodga ko’chib kelgan.Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muva aqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota – ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalardir.Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvo q dastlabki paydo bo’lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga qo’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon bo’ladi.Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o’rni bor?Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin – asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi.Yosh avlodda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko‘nikmalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab o‘quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi. Avvalo, o‘quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ‘ib etib borish orqali o‘quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi. Fuqarolik tuyg‘usini bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir.Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, otaonalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo‘lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning shakllanishini ta’minlaydi.Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish: jamiyat va shaxs (fuqaro) manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi sharoitida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi.Tarbiya qoidasi – pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari – o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l – yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir.Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta’lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta’limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi.Oilaning umumiy daromadi har bir oila a’zosining ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli ravishda sarflanishi kerak. Bolalar o’yinchoqlarini tozalash, kitoblarni qo’yish, o’z yotoqlarini tozalash va uy hayvonlarini boqish uchun oilaga yordam berish uchun qo’llaridan kelganicha harakat qilishni o’rgatib boorish kerak. Bu esa o’z navbatida bolalarning mustaqilligini rivojlantirish, qiyinchiliklarni engishga, irodaviy xususiyatlarini mustahkamlashga zamin yaratadi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Oila a’zolari, jamoat o’rtasidagi o’zaro hurmat va yaxshi tashkil etilgan oilaviy hayot tarbiyada muhim ahamiyatga ega. Oila a’zolari o’rtasidagi samimiy munosabatlar: mehr-oqibat, o’zaro hurmat va g’amxo’rlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, umumiy tartib va oilaviy an’analar, kattalar tomonidan bolalarga qo’yiladigan talablarning birligi muhim rol o’ynaydi.
Farzandni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning obro’si yuqori bo’lishi kerak va u holda bolani tarbiyalash mumkin emas. Ota-onalarning fuqarolik qiyofasi, hayoti, ishi, xulqatvori va jamiyatdagi oilalari oldidagi javobgarlikni his qilish ularning obro’si asosidir. Mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan birlashtirgan, farzandlarining hayoti bilan qiziqadigan va ularni mohirlik bilan boshqaradigan ota-onalar eng hurmatga sazovor odamlardir – ularning barchasi onalar va otalardir.
Jamiyatda farzandni tarbiyalash ota-onalarning shaxsiy ishi emas, balki ularning ota-onalarining ijtimoiy burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |