Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tarbiya


Tarbiya fanining maqsad va vazifalari



Download 25,29 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi25,29 Kb.
#905702
1   2   3
Bog'liq
Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
Yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida qaysi yo‘lni tanlamoq, nimalarga diqqat-e’tiborni qaratmoq lozim? Nima qilganda ijobiy natijaga erishiladi? Bu savollar tarbiya fanining eng muhim muammolari hisoblanadi. O‘zbekistonning hozirgi davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini mustahkamlash uchun yosh avlodga dunyo standartlari talabi darajasida bilim berishimiz suv va havodek zarurdir. Demak, oldimizda turgan eng muhim va dolzarb muammolardan biri - O‘zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat, elat kishilarini va ularning farzandlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash, mustaqil respublikamizning ongli fidoiysiga aylantirishdir. Chunki jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste’dodini baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar, uddaburon yoshlar, fidoiylar bo‘lmasa, O‘zbekistonni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar safiga qo‘shish qiyin kechadi. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining duru javohirga teng ma’naviy meroslari dasturilamal bo‘la oladi. Abu Nasr Forobiy, Axmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Ismoil Al-Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlariga tayanib ish ko‘rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi. O‘zining o‘tmish madaniy merosini chuqur bilmagan va e’zozlamagan odam, o‘z shajarasini, avlod-ajdodlari bosib o‘tgan yo‘lni, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz yo‘lida jasorat ko‘rsatgan Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk zotlar, xalq qasoskorlarining nomlari, kurashlarining tub mohiyatini ilg‘ay olmaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, yosh avlodlarni tarbiyalab yetishtirish – muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalab yetishtirish oddiy, jo‘n ish emas. U kunlab, oylab, yillab va hatto o‘n yillab oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat, chidam va qat’iyatlilik, irodaviy sifatlarni safarbar etishimizni taqozo etadigan insoniy vazifamizdir. Hozirgi paytda mamlakatimizda yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularning ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini chuqur o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ertangi hayoti, porloq istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlar bir qanchi xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilishi fikrimizning isbotidir. Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiyani, sog‘liqni saqlash ishlarini, umumiy tibbiyot muammolarini zamonaviy talablar darajasida olib borish, maktablarni takomillashtirish, o‘rta maxsus bilim yurtlari va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtixonlarini test usulida o‘tkazish borasidagi ishlar ham madaniy-ma’naviy taraqqiyotimizda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va shaxc kamoloti uchun bo‘lgan ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Hammasining zaminida yosh avlodga oilada, umumiy ta’lim maktablarida, xalq ta’limi tizimining boshqa tarmoqlarida beriladigan ta’lim-tarbiya yotadi.
Umuman olganda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamonamiz ruhiga mos, barkamol inson bo‘lishlari uchun, tarbiyaning tarkibiy qismlari (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik tarbiya va politexnik ta’lim) ga yangicha nigoh tashlash va o‘sha ta’limni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqmoq lozim.

Download 25,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish