Tarbiya” fani konsepsiyasi izohlab bering



Download 19,5 Kb.
Sana06.07.2021
Hajmi19,5 Kb.
#110935
Bog'liq
Tarbiya 5.3 071220213433


Tarbiya” fani konsepsiyasi izohlab bering.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani KONSEPSIYASI qoidalari.

“Tarbiya” fani konsepsiyasi qoidalari 5-bob, 22 banddan iborat bo‘lib ular quyidagilar:

1-bob. Umumiy qoidalar – 1-6 gacha bo‘lgan bandlar;

2-bob. Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati – 7-8-bandlar;

3-bob. Konsepsiyani joriy etishning asos va prinsiplari -9-13 gacha bo‘lgan bandlar;

4-bob. O‘quv-metodik majmuaga qo‘yiladigan talablar - 14-21 gacha bo‘lgan bandlar;



5-bob. Yakunlovchi qoida – 22-bandni o’z ichiga oladi .

1. Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.

Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

2. Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-2030” strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asoslanadi.

3. Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi.

4. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Ma’naviyat asoslari”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi.

5. Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari, Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari, Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir qancha fakultativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi.



6. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari) negizi hisoblanadi. Konsepsiya “Tarbiya” fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
Download 19,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish