N-, L-, P- qisqartmalarining "sirlari"Metodologik nuqtai nazardan, " neyro»N- miyada va butun inson tanasida sodir bo‘ladigan nevrologik mexanizmlar to‘plami tomonidan barcha jarayonlarning (shaxsning xatti-harakati, ko‘p harakatlari bilan bog‘liq) shartlanishini ifodalaydi.
« Lingvistik"L- og‘zaki funktsiyalarning muhimligini ta'kidlaydi: til orqali biz harakatlarimiz va fikrlarimizni tartibga solishga, tartibga solishga, shuningdek, atrofimizdagi odamlar bilan muloqot qilishga muvaffaq bo‘lamiz.
« Dasturlash»P- insonga kerakli natijaga erishish uchun o‘z psixikasini (o‘zini) tartibga solishga yordam beradigan muayyan dasturlar va harakat usullari mavjudligini ko‘rsatadi.
Shaxs faoliyati samaradorligini oshirish texnalogiyasining mohiyati va vazifalari.Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko‘ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi.
Shaxs faoliyati samaradorligini oshirish texnalogiyasining mohiyati va vazifalari.
Faoliyat – bu borlikka nisbatan faol munosabatning shaklidir, u orqali inson bilan borlik o`rtasida aloqa urnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir qiladi. Ana shu xarakatlarda kishi o`zining ichki moxiyatini ochib, atrofdagi narsalarga nisbatan sub’ekt, odamlarga nisbatan shaxs rolini bajaradi. U narsalarning javob ta’sirini boshdan kechirish orqali esa kishilar narsalar, tabiat va jamiyatning xaqiqiy, ob’ektiv, ichki moxiyatini bilib oladi.
Xar bir oddiy ishni bajarishga qaratilgan va faoliyatning nisbatan tugallangan elementi ish – xarakat deb aytiladi. Bu keltirilgan misolimiz predmetli ish – xarakatlardir. CHunki u tashki olamdagi u yoki bu predmetning xolatini yoki xususiyatini o`zgartirishga karatilgan bo`ladi.
Xar qanday predmetli ish – xarakat bir qancha xarakatlardan tashkil topadi.Biror faoliyatni bajarishdagi barcha xarakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va xolatlarni tuzatish qobiliyatidan maxrum bo`lgan kasallar xatto eng oddiy ish-xarakatni ham muvoffaqiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, og`izga olib kelishda xatolarga yo`l qo`yadilar.
Nazorat qanday yul bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari /ko`rish, eshitish, muskul sezgi va boshqalar/ orqali amalga oshiriladi. CHunki xar bir ish – xarakatni bajarayotganimizda barcha xarakatlarimizni ko`zimiz orqali yoki eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |