Tarbiya 10-12-2020. indd


Bilasizmi? TALABANING MUVAFFAQIYATI SIRI



Download 17,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/69
Sana11.01.2023
Hajmi17,49 Mb.
#898801
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Bog'liq
tarbiya 7 www.sadikov.uz

Bilasizmi?
TALABANING MUVAFFAQIYATI SIRI
Mamlakatning eng nufuzli universitetiga yuqori ko‘rsatkich bi-
lan o‘qishga kirgan yigitning otasi chekka qishloqda dehqonchilik 
qilib kun kechirar edi. Televideniyeda maxsus ko‘rsatuv tashkil 
qilinib, otani taklif qilishibdi.
To‘g‘ri-da, o‘ziga to‘q xonadonlar yillar mobaynida eng zo‘r 
o‘qituvchilarni yollab, farzandlarini bo‘lajak jiddiy sinovga tay-
yorlasalar-u, hech qanday ma’lumoti bo‘lmagan dehqonning 
o‘g‘li eng yaxshi natijani ko‘rsatsa. Qanday qilib? Nahotki max-
sus tayyorgarliksiz shunday natijaga erishish mumkin bo‘lsa?!
– O‘g‘lingizning muvaffaqiyatini nima bilan bog‘ 
laysiz? – deb 
savol berdi jurnalist.
– Bu undagi harakatning natijasi. O‘g‘lim bolaligidan talaba 
bo‘lish orzusi bilan yashar edi, – dedi ota.
– Bu orzu hammada bor. Bunday kuchli raqobatda birinchi 
bo‘lish – mo‘jiza. Undagi kuchli qiziqishda oiladagi muhitning 
ham o‘rni bor. Farzand voyaga yetkazishda biror o‘ziga xos 
usulingiz bormi? – yana qiziqdi jurnalist.
– Mening biror usulim yo‘q. Menda yoshlikdan qunt bilan sa-
vod chiqarish uchun imkon bo‘lmagan. Shu bois o‘g‘limni mak-
tabga kuzatgan ilk kun undan yaxshi o‘qishini, nimaiki o‘rgansa 
menga ham o‘rgatishini so‘radim. U har kuni maktabdan qay-
tib, o‘qituvchisidan o‘rganganlarini menga katta hayajon bilan 
tu shuntirar edi. Kechki mahal birgalikda dars qilish, o‘g‘limni 
?
?
?
?
?
? ?
?
?
?
?
?
#HGXUWPBX]


89
Tarbiya, 7-sinf
tinglash va uni rag‘batlantirish kundalik mashg‘ulotimga aylan-
di. O‘qish-yozishni o‘rgandim, maktabning so‘nggi kuniga qadar 
o‘g‘lim menga ustozlik qildi. Ehtimol, shu voqea uning muvaf-
faqiyatiga sabab bo‘lgandir. O‘g‘lim boshida mening oldimdagi 
mas’uliyatni deb o‘qishga jiddiy qaragan bo‘lsa, bora-bora unda 
ilmga bo‘lgan ishtiyoq bo‘y ko‘rsatdi.
To‘g‘risini aytsam, uning uchun qo‘shimcha darslar yollashga 
qurbim yetmagan...»
Bu suhbat ko‘plab odamlarni ilhomlantirdi, irodali ota million-
lab ota-onalar uchun ibratga aylandi.
Demak, o‘qiganini takrorlash, sabr bilan mehnat qilish, maq-
sad sari intilish muvaffaqiyat kaliti sanaladi.
Ijodiy faoliyat
1. Talaba erishgan muvaffaqiyatning siri nimada? 
2. Bolaning faoliyatida burch va mas’uliyat belgilari 
bormi? Bu fazilatlarga amal qilish bolaning kelgusi 
hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
3. «O‘g‘lim boshida mening oldimdagi mas’uliyatni deb 
o‘qishga jiddiy qaragan...», – deganda ota qanday 
mas’uliyatni na 
zarda tutdi?

Download 17,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish