Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.
Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongi-ruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.
Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligini butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l tajriba sinovidan o‘tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi.
Ma’lumki, taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning mohiyati asosiy g‘oyalari eng dastlab Davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli fundamental asarida ko‘rsatib o‘tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g‘oyalar Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, YUrtboshimizning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”, “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” nomli asarlarida taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning asosiy mazmunini, o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.
Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:
“birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur;
ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi,o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;
to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minlaydi”1.
Prezidentimiztomonidanasoslab berilganmazkur tamoyillar timsolidao‘z konseptual zaminlariga ko‘ra,O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni jumladan, fuqarolik jamiyati asoslarinishakllantirish borasidagi islohotlarniamalga oshirishningmustahkam poydevori yaratildi.Jumladan, tamoyillarni mohiyati haqidafikr yuritilgandaquyidagilarni ta’kidlab o‘tish joizdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |