Hozirgi zamon tilida biz ham belgi-ideogrammalardan foydalanamiz. Bular raqamlardir; biz ularni, mazmuni qaysi tilda bayon etilganligidan qat`iy nazar, tekstdan bilib olamiz. Lekin ular har xil o`qilishi mumkin. Matematikadagi, ximiyaviy formulalardagi belgilar, xalqaro o`lchov birliklari sistemasi tomonidan qabul etilgan turli shartli belgilar ham ideogrammalar bo`lib hisoblanadi. - Hozirgi zamon tilida biz ham belgi-ideogrammalardan foydalanamiz. Bular raqamlardir; biz ularni, mazmuni qaysi tilda bayon etilganligidan qat`iy nazar, tekstdan bilib olamiz. Lekin ular har xil o`qilishi mumkin. Matematikadagi, ximiyaviy formulalardagi belgilar, xalqaro o`lchov birliklari sistemasi tomonidan qabul etilgan turli shartli belgilar ham ideogrammalar bo`lib hisoblanadi.
- Masalan, tenglamani olaylik: 128081563033616 = : 4604 x 1151 tenglamasi turli tillarda turlicha eshitilsa xam, doimo bir xil yoziladi.
- Qadimgi mirzalarning tirishqoqligi, ijodkorligiga qaramay, ideografik Yozuvda, umuman olganda, jiddiy kamchiliklar bo`lishi nutqni yozishning yangi printsiplarini izlash zaruratini tug`dirgan.
- Ideografiya mavhum tushunchalarni belgilar bilan ifodalasa-da, so`zlarning grammatik formalarini ko`rsatib bera olmagan, shu tufayli tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishni aniq anglatmagan. Ideografiya sistemasining bartaraf etilishi eng qiyin bo`lgan kamchiligi - unda belgilarning juda ham ko`pligidir. Jamiyat taraqqiyotining ayrim bosqichlarida ideografik Yozuvda o`n minglab belgi bo`lgan. SHu bilan birga, piktogrammalardan olingan, buyumni yakqol tasvirlaydigan belgilar o`z «modellari»ga o`xshamaydigan bo`lib qolgan. Bunday belgilar bilan yozishni va uni o`qishni o`rganish uchun yillar kerak bo`lgan, hammada ham bunday imkoniyat bo`lavermagan.
- Qadimgi xalqlar Yozuvni mu`jizaviy san`at hisoblab juda qadrlaganlar, Yozuvni o`zlarining katta xudolari yaratgan deb, shunga ishonganlar. Bobillar Yozuv va xisobning ijodkori deb, koinotni yaratuvchi iloh Marduqning o`g`li, donolik tangrisi Nabuni, qadimgi misrliklar esa donolik tangrisi Totani hisoblaganlar. Bu ikkala xudo odamlarning taqdirini belgilab beradigan, har kimning taqdirini uning peshonasiga «qismat tayoqchasi» bilan yozib qo`yadigan hukmdorlar deb atalgan. Qadimgi xitoylar Yozuvning ijodkori sifatida ajdarxo tumshuqli xudoni - TSan TSzeni, hindlar Braxmani, qadimgi germanlar, ularning e`tiqodicha, sehrli Yozuv - runanipg ijodkori hisoblangan xudo Odinani e`zozlaganlar. Qadimgi Yunonlar son, o`lchov va alifbeni xudo Germes yaratgan dsb bilganlar, odamlarga bu san`atni Germes o`rgatgan emish.
- Yozuv undan bexabar odamlarga shu qadar mu`jizaviy ta`sir ko`rsatganki, uni imtiyozli kishilargagina ato etilgan in`om hisoblab, oddiy odamlar uni tushunolmaydi, bilolmaydi deb, shunga ishonganlar. Xat-savodli kishilar alohida tabaqaga kiritilgan; kohinlar, mirzalar, olimlar va davlat arboblari shular jumlasidandir. Mirzalik hurmatga sazovor kasb hisoblangan. Hatto aslzodalar, to`ralar, yuqori mansab egalari ham o`zlarini yozib o`tirgan qiyofada tasvirlatishni yaxshi ko`rganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |