YOzma yodgorliklarning but holda saqlanishi ham uning qanday materialga bitilganiga bog`liq bo`lgan. Tez yirtiladigan, uvalanadigan, mo`rt materialga bitilgan xatlar yo`q bo`lib ketgan, pishiq, mustahkam asosga bitilgan Yozuvlar esa zamonamizgacha saklanib qolgan. Uzoq o`tmish sadolarini bizga ayni shu Yozuvlar etkazmoqda. Eron podshohi Doro I ning toshga o`yib yozilgan quyidagi dabdabali ogohlantirishi Shunday Yozuvlardan biridir: «Doro, shahonshoh deydi: Sen, kelgusida mening buyrug`im bilan qoyaga o`yilgan mana shu Yozuvni yoki ana shu tasvirlarni ko`rasan, - Ularni vayron qilma! Qudrating etar ekan, ularni ehtiyot qil». - YOzma yodgorliklarning but holda saqlanishi ham uning qanday materialga bitilganiga bog`liq bo`lgan. Tez yirtiladigan, uvalanadigan, mo`rt materialga bitilgan xatlar yo`q bo`lib ketgan, pishiq, mustahkam asosga bitilgan Yozuvlar esa zamonamizgacha saklanib qolgan. Uzoq o`tmish sadolarini bizga ayni shu Yozuvlar etkazmoqda. Eron podshohi Doro I ning toshga o`yib yozilgan quyidagi dabdabali ogohlantirishi Shunday Yozuvlardan biridir: «Doro, shahonshoh deydi: Sen, kelgusida mening buyrug`im bilan qoyaga o`yilgan mana shu Yozuvni yoki ana shu tasvirlarni ko`rasan, - Ularni vayron qilma! Qudrating etar ekan, ularni ehtiyot qil».
- Yozuvning rivojlanishi haqidagi hikoyamizga qaytaylik. Zamonavny Yozuvga olib keladigan yo`ldagi navbatdagi bosqich jumlalarning ayrim tushunchalarga, so`ngra so`zlarga bo`linishidan iborat bo`ldi. Piktogramma ayrim elementlarga (gap bo`laklariga) bo`linmasdan fakat tugallangan fikrnigina ifodalar edi, endi har bir tushunchaga va konkret buyumga belgi-rasm birkitib qo`yildi. Ulardan, o`z navbatida, Yozuv paydo bo`ldi. Bunday belgilar sistemasi – ideografiya - boshqarish, hisob yurgizish, konunlarni yozish va shu kabi boshqa ishlar uchun barqaror, aniq Yozuvga ehgiyoj sezgan davlat ko`lamida tartibga solingan. Bir qancha mamlakatlarda (Misr, SHumsr, Xitoy, Krit oroli) ideografiya jamiyat taraqkiyotining o`sha bir xil bosqichida, qulchilik davlati bilan birga paydo bo`lib, uning bag`rida kamolotga erishgan - yuksak darajada tarqqiy qilgan.
- Ideografik Yozuv axborot mazmunini bayoi qilishi bilan birga, tilning lug`aviy tarkibini ham belgilab bergan. Belgi rasmlarning izchilligi endi manzaraning injiqligiga bog`liq bo`lgan, u tilning o`ziga xos sintaktik tuzilishini aks ettirgan.
- Ma`nosi aniq va tasvirlanishi oson bo`lgan so`zlar uchun belgi-ideogrammalar yaratilishi grafik shakllarni soddalashtirish yo`lidan borgan. Masalan: Mavhum va murakkab tushunchalarni bayon qilish ancha qiyin bo`lgan. Biroq bu qiyinchilik xam bartaraf etilgan. Mirzalarning barcha qiyinchiliklarni chetlab o`tishdagi ijodkorligi kishini hayratda qoldiradi. Masalan, kadimgi misr Yozuvlarida tasviriy-ramziy printsip mohirona qo`llanilgan. Jangchi so`zi ikki qo`l shaklida tasvirlangan: bir ko`lga qalqon va ikkinchi qo`lga nayza ushlatilgan. Bu ideogramma jang, jang qilish tushunchalarini ham anglatgan. YUrmoq fe`li qadam tashlayotgan ikki oyoq, ko`rmoq fe`li - ikki ko`z shaklida tasvirlangan. Xasislik, ochko`zlik so`zlari - timsoh tasviri orqali, salkin, sovuk so`zlari esa suv oqib chiqayotgan idish tasviri bilan ifodalangan.
- Krit Yozuvida
- Xitoy Yozuvida
Do'stlaringiz bilan baham: |