Taraqqiyot strategiyasi



Download 27 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi27 Kb.
#311260
Bog'liq
5 strategiya


"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"

MARKAZI


Markaz faoliyati

37874 | 14 Fev. 2020 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangani o‘zbek davlat boshqaruvi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur hujjatda aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgani mamlakatimizda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat qiladi.

Davlat rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari belgilandi. Mazkur farmoyish asosida, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil etildi.

Markaz – nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston advokatlar palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyalari muassisligida tashkil etildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Harakatlar strategiyasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish, davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini o‘taydi.

Markaz Harakatlar strategiyasi doirasidagi tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarning ekspertlar va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilib, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Markaz xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorligi ham yo‘lga qo‘yilgan. Uning yana bir asosiy vazifasi – Harakatlar strategiyasi va uning asosidagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish, ular yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Markaz 3 yil mobaynida

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2017-yilning 14-fevralidan aql markazi sifatida ish boshlagan bo‘lsa, qisqa vaqt ichida o‘zida Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali, tahlilchi va kuchli ekspertlarni jamlay oldi. Aql markazi mutaxassislari monitoring, tahlil va takliflar ishlab chiqish bilan birga turli idora, tashkilot, muassasalarda seminar va davra suhbatlari tashkil etib, ularda Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida qiziqarli maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda.

170 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga xalqaro aql markazlari bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019-yilda Markaz dunyodagi eng yahshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan Italiyadagi “European House – Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida jam etgan Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi 46 yillik tajribaga ega va o‘z safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil, prognozlash va strategiya Markazi (CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 3 yil ichida 58 ta memorandum imzolangan bo‘lsa, shundan 18 tasi 2019-yilga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, har yili 300 ga yaqin konferensiya, davra suhbati, ochiq muloqot, uchrashuv va boshqa tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Markaz ijrochi direktori 2019-yilning o‘zida 100 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilot vakillari delegatsiyalarini, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan horijiy mamlakatlar elchilarini qabul qildi.

Xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilgan seminar, matbuot anjumani, davra suhbati va boshqa tadbirlar soni 3 yil davomida deyarli 600 tani tashkil etmoqda.

O‘tgan 3 yil ichida ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq qonun loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Qolaversa, 2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy va mualliflik maqolalari chop etildi va shuncha miqdorda OAV orqali lavha, ko‘rsatuv, intervyu va suhbatlar keng omma eʼtiboriga xavola etildi.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijalari tahliliy shaklda aks etgan “O‘zbekiston strategiyasi” jurnali har chorakda chop etilsa, islohotlarning raqamlardagi aksi infografika ko‘rinishida “Taraqqiyot davri” risolasida jamlanadi. Taʼkidlash joiz, 2019-yildagi saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi va mehmonlar aynan ushbu qo‘llanmalar orqali O‘zbekistonning rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2020-yilda «Harakatlar Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va yuksak marralar» nomli risola ham chop etildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 2017-2018-yillarda Davlat dasturi bo‘yicha turli infografik roliklarni OAV bilan hamkorlikda tayyorlagan edi. 2019-yildan esa Markaz mustaqil ravishda barcha turdagi media maxsulotlarni kreativ va zamonaviy yondoshuv asosida tayyorlab davlat va nodavlat tele va radiokanallar efirlariga uzatishni boshladi. Ushbu media materiallar strategy.uz rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ham joylashtirilmoqda.



Markaz “Saylov-2019” jarayonlarida Respublika darajasida tuzilgan ishchi guruhlarga aʼzo sifatida saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha bosqichlarda jamoatchilik nazoratini olib bordi, axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda faol ishtirok etdi. Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “SAYLOV-2019” videoroliklar tanlovi o‘tkazildi. Unda 98 nafar professional va xavaskor ijodkorlardan 180 ta ijodiy ishlar qabul qilindi va munosiblar 4 ta nominatsiya bo‘yicha diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Har yili Davlat dasturi qabul qilinishidan avval “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maxsus saytiga (2017.strategy.uz, 2018.strategy.uz, 2019.strategy.uz, 2020.strategy.uz) hamda regulation.gov.uz joylashtiriladi. Mana shu jarayonda har bir yo‘nalish bo‘yicha ekspertlar takliflarni saralab, o‘rganadi va kunlik takliflar to‘plamini tegishli davlat organlariga va davlat dasturi yuzasidan shakllantirilgan Komissiyalarga taqdim etadi. Bu orqali Davlat dasturida xalq fikri, ishonchi va irodasining aks etishiga erishiladi.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish