Shunday bo’lsada ba’zi bir mintaqalarda Bunday jarayonlar notekis ravishda rivoj topadi. Shu tufayli bo’lsa kerakki, Afrika mintaqasida biron marta ham olimpiya o`yinlari o’tkazilgan emas. Lotin Amerikasida 3 marta (Mexiko-1968, Los-Anjeles-1984, Atlanta1996), Osiyo mamlakatlarida (Tokio-1964, Seul-1988) hamda Avstraliya mintaqasida (Melburn-1956, Sidney-2000) ikki martadan olimpiya o`yinlari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda Afrika va Osiyoda yangi davlatlar vujudga kelib, sport olamida katta faoliyatlar ko`rsata boshladi. Shu sababdan shu davrda bu jamoalardan 50 dan ortiq milliy olimpiya qo’mitalarini XOQ o`z safiga qabul etishga to’g’ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |