Oy nomi
|
Davomiyligi
|
Oy nomi
|
Davomiyligi
|
Muharram
|
30
|
Rajab
|
30
|
Safar
|
29
|
Sha’bon
|
29
|
Rabi al-avval
|
30
|
Ramazon
|
30
|
Rabi as-soni
|
29
|
Shavval
|
29
|
Jumada al-avval
|
30
|
Zul-qa’da
|
30
|
Jumada al-oxira
|
29
|
Zulhijja
|
29 (30)
|
Oy taqvimidagi yilning uzunligidan ma’lumki, u bo‘yicha yangi yilning boshlanishi biz ishlatayotgan taqvimnikiga mos kelmaydi.
Quyosh-Oy taqvimi. Quyosh-Oy taqvimi deb yuritiladigan yahudiylarning taqvimida bir yil ba’zan 12 ta, ba’zan esa 13 ta oydan tashkil topadi. 12 ta oy bo‘lgan yillarda uning uzunligi 354 yoki 355 kundan, 13 oylik bo‘lgan yillarda esa yilning uzunligi 383 yoki 384 kunga teng bo‘ladi. Musulmonlar taqvimidan farq qilib, Quyosh-Oy taqvimida 13 oyli yillarning bo‘lishiga sabab, Oy taqvimida eslatilgan yil uzunligi 354 kunning tropik yil uzunligi 365,25 kundan o‘rtacha 11 sutkaga kamligidandir. Shuning uchun Oy taqvimi har uch yilda qariyb bir oy oldin keladi. Bu xatolikni tuzatish maqsadida, eramizning V asrida yashab o‘tgan yunon matematigi va astronomi Meton 433 yili, ketma-ket kelayottan 12 yilni 12 oydan va keyingi 7 yilni 13 oydan bo‘lsin deb taklif kiritdi. 19 yillik bu davr Meton sikli deyilib, uning eslatilgan taklifi bilan ish ko‘rilganda, Quyosh—Oy taqvimi bo‘yicha yilning o‘rtacha uzunligi, Quyosh taqvimi bo‘yicha yilning uzunligi (365,24) bilan deyarli bir xil bo‘lib, xatolik bu davr ichida atigi 2 soatni tashkil qilgan bo‘lar edi. Yaxudiylarning bu taqvimi, eramizdan oldin 3761 yilning 7 oktyabridan ya’ni “Olam yaratilishi” deyilmish afsonaviy vaqtdan boshlanib, uning erasi “Odam ato erasi” deb yuritiladi. Yahudiylar—5753 yili 1992 yilning 28 sentyabr dushanba kuni, 5754 yili esa 1993 yilning 16 sentyabr payshanba kuni kirgan.
Quyosh taqvimi. Bugungi kunda kundalik hayotimizda foydalanayotgan melodiy taqvim tarixi haqida to‘xtaylik. Bundan qariyb ikki ming yil oldin misrlik astronom Sozigen tropik yilning uzunligini butun sutkalarda ifodalash maqsadida, ketma-ket kelayotgan uch yilning 0,25 sutkalik qoldig‘ini tashlab yuborib, uzunligini 365 kundan, to‘rtinchi yilni esa qoldiqlarni e’tiborga olgan holda 366 kundan qilib hisoblashni taklif etgan.
Ushbu taklif o‘sha yillarda Rimni boshqargan Yuliy Sezarga ma’qul tushgan va eramizdan oldin 45 yilda Sozigen taklif qilgan taqvimni joriy qilishga to‘g‘risida qaror chiqargan. Mazkur taqvim Yuliy Sezar sharafiga yulian taqvimi deb nom olgan. Islohotda tartib nomeri 4 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yillar kabisa yillar deyilib, 366 kundan, qolgan yillar esa, oddiy yillar hisoblanib 365 sutkadan qilib olinsin deyilgan edi. Bu islohot qabul qilingunga qadar, qadimgi rimliklar, dastlab yilining uzunligi 304 kunlik (10 oylik) keyinroq borib, yil boshi mart oyining boshiga to‘g‘ri keladigan va uzunligi 365 kunli Quyosh-Oy taqvimi bilan ish ko‘rar edilar. Eramizdan oldingi 45 yilga kelib, yil boshi birinchi martdan, Rimda yangi saylangan konsullar taxtga o‘tiradigan kun 1 yanvarga ko‘chirilgan. O‘rta asrlarda astronomik kuzatishlar, yilning uzunligi, ya’ni Yerning Quyosh atrofidagi aylanish davrini aniq o‘lchash imkonini berdi. Aniqlashicha bu davr, 365 sutka-yu 6 soat emas, balki 365 sutka-yu 5 soat-u 48 minut, 46 sekund ekanligi ma’lum bo‘ldi. Boshqacha aytganda, yil uzunligi Yulian kaledarida qabul qilinganidan 11 minut-u 14 sekundga qisqa bo‘lib chiqdi. Binobarin, Yulian taqvimi bo‘yicha eski yil tutagach, kishilar yangi yilni qabul qilavermasdan yana qo‘shimcha 11 minut-u 14 sekund kutib turganlar. Yillik bu xatolik juda katta bo‘lmay, yig‘ilib 128 yilda bir sutkaga etadi, yuz yillar ichida esa xatolik bir necha sutkani tashkil etadi. XVI asrga kelib Yulian taqvimining xatoligi 10 sutkadan oshib ketdi. Natijada 21 martda kuzatiladigan bahorgi tengkunlik bu davrda 11 martga to‘g‘ri kelib, ko‘pchilikni, ayniqsa, cherkov axlini katta tashvishga solib qo‘ydi. Gap shundaki, IV asrda Nikeyda (Turkiya) imperator tomonidan yig‘ilgan soborda, xristianlar uchun eng qutlug‘ sanalgan pasxa bayrami o‘sha davrda 21 martga to‘g‘ri keladigan bahorgi tengkunlik bilan bog‘langan edi. Bahorgi tengkunlikning 21 martdan siljib ketishi, vaqt o‘tishi bilan pasxa bayramini ham baxordan yozga tomon siljishiga olib kelardi. Bundan xavotirga tushgan Rim papasi Grigoriy XIII 1582 yilda astronomlardan iborat komissiya tuzishga qaror qildi. Ushbu komissiya uzoq ishlab, oxiri Perudji universitetining o‘qituvchisi, vrach Luidji Lillioning loyixasini ma’qul topdi. Lillioning yangi loyihasi, IV asrdan buyon yig‘ilgan o‘n kunlik xatoni tashlab yuborishni va keyingi 100 yilliklarda 400 ga qoldiqsiz bo‘linmaydigan yuz yilliklarni (1700, 1800, 1900 va hakozo) oddiy yillar deb hisoblashni taklif etgan edi. Mazkur loyihani rim papasi Grigoriy XIII 1582 yilning 24 fevralida maxsus qaror bilan qabul qilgan. Grigoriy XIII ning bu islohotining birinchi qismida: “1582 yil 4 oktyabrning ertasi kuni 5 oktyabr o‘rniga 15 oktyabr deb hisoblansin" deyilib, uning ikkinchi qismida yuz yilliklar ichida faqat 400 ga qoldiqsiz bo‘linadigan yillargina kabisa yillar hisoblanib, qolganlari oddiy yillar hisoblansin deyilgan. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay 1600 yili kabisa yili deb qabul qilinib, 1700, 1800 va 1900 yillar esa oddiy yillar (aslida bu yillar Yulian taqvimi bo‘yicha kabisa yillar hisoblanardi) hisoblanadigan bo‘ldi. Shunday qilib, Yulian taqvimi bo‘yicha 400 yil ichida yig‘iladigan taxminan 3 kunlik xatolik, bu davr ichida keladigan 4 ta yuz yilliklarning 3 tasini oddiy yillarga aylantirish yo‘li bilan yo‘qotildi. Bu taqvim keyinchalik islohchi papa Grigoriy XIII sharafiga uning nomi bilan grigorian taqvimi deb ataladigan bo‘ldi.
Ushbu taqvimga sobiq Ittifoqda 1918 yili xalq komissarlari Sovetining dekreti bilan o‘tilgan va 1918 yil 31 yanvarning ertasi kuni 1 fevral o‘rniga 14 fevral deb yuritilgan, chunki XX asrga kelib yulian taqvimining xatoligi 13 kunga etgan edi. Grigorian taqvimi ham xatolikka ega bo‘lib, bu xato 3300 yilda 1 sutkaga etadi.
Yil hisobining boshlanish vaqti – taqvim erasi – shartli qabul qilingan tushuncha. Qadimgi Misrda yillarni fir`avnlarning taxtga chiqish paytidan boshlab hisoblaganlar. Rimliklar ko`p vaqtlargacha Rim shahrining qurilgan yili deb hisoblangan vaqtdan yil hisobini boshlaganlar. Taqvim erasini turli mamlakatlarda turlicha hisoblanishi noqulaylik tug`dirgan. Shuning uchun, rimlik ruhoniy Dionisiy "Rim asoslanishi" dan boshlab o`tgan 1284 yilni mutlaqo asossiz "Iso tug`ilishi" ning 532 yili deb hisoblashni taklif etdi. Kelgusi yillarni "Rim asoslangan" dan keyin 1285, 1286 yillar deyish o`rniga "Iso tug`ilgandan" 533, 534 – yillar deb hisoblab ketganlar. Hozir ham yillar shu hisobda olib borilmoqda. Bu taqvim erasi ko`pchilik mamlakatlarda qabul qilingan bo`lganidan qulaylik uchun bizda ham qo`llanilib kelindi.
Musulmon mamlakatlarda Oy taqvimi bo`yicha yil hisoblash Muhammad payg`ambar boshliq musulmonlarning Makkadan Madinaga ko`chishi (hijr) dan boshlanadi. Shu sababli bu taqvim sistemasi hijriy (X) deb ataladi. Boshlang`ich sana grigorian taqvimi (G) hisobida 622 yilning 16 iyuliga to`g`ri keladi.
Hijriy yil hisobdan grigorian taqvimiga o`tishda G = X + 622 – X / 33 (1.15), aksincha o`tishda X = G – 622 + (G – 622) / 32 (1.16) taxminiy formulalardan foydalanish mumkin. Bunda 34 qamariy yil 32 Quyosh yiliga teng ekanligi, Oy taqvimi hisob boshi 16 iyul 622 yil, yil davomida hijriy yil boshi siljib turishi hisobga olingan, masalan, 1976 yil 1396 yil hijriyga to`g`ri keladi:
X = 1976 – 622+(1976 – 622) / 32=1354+42=1396,
(1354 / 32 ning faqat butun qismi qo`shiladi).
Bu formulalardan foydalanganda 1 yilga xato chiqishi mumkin. Chunki hijriy taqvim yilining boshlanishi grigorian taqvimi boshiga to`g`ri kelmaydi. Aniq o`tishlar uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |