Dok= Dbk+Dob-Kob
Bu erda,
Dok- Debet oxirgi qoldiq .
Dob- debet oborot.
Dbk- Debet boshlang‘ich qoldiq.
Kob- kredit oborot.
Sxema ko‘rinishida qo‘yidagicha aks ettirish mumkin:
Dt+ 5010 Kt-
Bk 400
42.000 40.000
4.000 4.000
2.000 6.200
2.000
Dob. 50.000 Kob. 50.200
Dok. 200
200=400+50.000-50.200
Korxona kassasidagi naqd pul oy boshida 400 so‘m bo‘lgan , oy davomida esa 50.000 kirim bo‘ldi, oy davomida sarflangan naqd pullar 50.200 so‘mni tashkil etdi. Demak oy oxiriga 200 so‘m naqd pul kassada qoldi.
Xuddi shunday tuzilish passiv schyotlarda ham ko‘zga tashlanadi.
Dt- 6710 Kt +
40.000 bk. 40.000
100.000 600.000
60.000
20.000
420.000
ob. 640.000 ob. 600.000
Korxonani xodimlar oldida mehnat haqi yuzasidan 40.000 so‘m qarzi mavjud edi, oy davomida esa 600.000 so‘mlik mehnat haqi yuzasidan majburiyat ko‘paydi. Xodimlar oyligidan ushlangan summalar va to‘langan summalar oy davomida 640.000 so‘m tashkil etdi.
Demak, oy oxiriga ishchilar oldida korxonani xodimlar oldida qarzi qolmadi, ya’ni
KOk= Kbk+Kob-Dob
O= 40.000+600.000-640.000
Schyotlar haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lish uchun ular xususiyatlarini o‘rganmoq zarur.
Schyotlar quyidagi xususiyatiga ega ko‘ra turkumlarga bo‘linadi:
Schyotlarni tuzilishiga ko‘ra;
Ko‘rsatkichlarni aks ettirilishiga ko‘ra;
Balansda aks ettirilishiga ko‘ra;
Mo‘ljaliga, tayinlaShiga ko‘ra;
Schyot tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
Aktiv schyot;
Passiv schyot;
Aktiv schyotlar xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishga passiv schyotlar esa ular manbalarini aks ettirishga mo‘ljallangandir.
Ko‘rsatkichlar aks ettirilishiga ko‘ra, schyotlar ikki xil bo‘ladi:
Sintetik schyotlar
Analitik schyotlar
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko‘rinishida ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura va mehnat o‘lchov birliklarida ham hisob yuritishga mo‘ljallangandir.
Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Balansda qatnashishga schyotlar ikki xil bo‘ladi:
Balansdagi schyotlar
Balansdan tashqari schyotlar
Balansdagi schyotlar deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oShiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar esa 10 ta bo‘lib, ularda hisob yozuvlari faqat bir yoqlama olib boriladi.
Tayinlanishi – mo‘ljaliga ko‘ra 6 xil bo‘ladi:
Asosiy schyotlar
Tartibga soluvchi schyotlar
Taqsimlovchi schyotlar
Kalkulyatsiya schyotlari
Taqqoslovchi schyotlar
Asosiy schyotlarni 2 turi mavjud: 1. Aktiv. 2. Passiv.
Aktiv schyotlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
mehnat vositalari va uzoq muddatli aktivlarni;
aylanma mablag‘larni;
xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schyotlar.
Mehnat vositalarini va uzoq muddatli aktivlarni aks ettirish uchun quyidagicha schyotlar mo‘ljallangan.
0100 - Asosiy vositalar.
0300 - Lizing Shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar.
0400 - Nomoddiy aktivlar.
0600– Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
0700 - O‘rnatiladigan asbob-uskunalar.
0800 - Kapital qo‘yilmalar va x.k. schyotlari.
Aylanma mablag‘lari hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
1000– Materiallar.
5000 – Kassa.
5100–Hisoblashish schyoti.
5200 – Valyuta schyoti.
5500– Banklardagi maxsus schyotlar.
5600– Pul hujjatlari.
5700 – Yo‘ldagi jo‘natmalar.
5800 – Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilma.
2800 – Tayyor mahsulot.
2900 – Tovarlar va x.k. schyotlari.
Xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schyotlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
4200 –Xodimlarga berilgan bo‘naklar yuzasidan hisoblashishlar.
4700 – Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisoblashish.
4800 – Turli debitorlar va kreditorlar bidan hisob-kitob.
4000 –Olinadigan schyotlar.
0900 –Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va x.k. schyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |