Zokirova Sohiba Muxtoralievna. Axmedova Mashxura Ulug‘bek qizi
Boshlang‘ich ta’limda onomastika elementlarini shakllantirish
Mas’ul muharrir:
Qurbonova B.filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchilar:
U.I.Nosirova filologiya fanlari bo’yicha PhD, dotsent
F.O‘rinova pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur qo‘llanma tilshunoslikning zamonaviy va dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda onomastik leksikaning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ushbu qo‘llanma shu mavzuda amalga oshiriladigan navbatdagi ishlarga ilmiy manba bo‘la olishi shubhasiz. Qo‘llanmada turli onomastik leksikalarning izohi, ma’lum joy nomlari tarixi, toponimlar, gidronimlar, oykonimlarning boshlang‘ich sinflarda o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari, undan oliy ta’limda filologiya yo‘nalishi va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga, magistrantlariga leksikologiya va leksikografiya sohalariga doir ixtisoslik fanlarini o‘tishda ham samarali foydalanish mumkin.
Mazkur qo‘llanma Farg‘ona davlat universiteti Ilmiy kengashining 2022 yil _____________dagi __-yig‘ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan
S.Zokirova,M.Axmedova 2022
SO‘ZBOSHI
Ma’lumki, bizni o‘rab olgan borliq, moddiy olam nihoyatda murakkab, boy, serqirra, rang-barang bo‘lib, uni tashkil qilgan narsa va hodisalar mohiyati, holati, shakli, ko‘rinishi va vazifasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. “Turdosh ot” termini bilan yuritiluvchi so‘zlar mana shu xususiyatlardan bir qisminigina, ot kategoriyasigi kiruvchilarnigina ifodalashga xizmat qiladi. Kishilar o‘zlari yashab turgan hududdagi daryolar, ko‘llar, buloqlarni va ularni tashkil etuvchi har bir daryo, har bir ko‘l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularni alohida-alohida nomlar bilan atagan. Masalan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Nil, Oyko‘l, Baykal ko‘li, Toshbuloq, Qo‘tirbuloq, Marjonbuloq, Zirabuloq kabilar. Bundan ko‘rinadiki, atoqli otlar narsa va hodisalarni, obyektlarni yakkalab, donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga keladi. Bunday zaruriyat bo‘lmaganda esa kishilar muloqot jarayonida ularga berilgan umumiy nomdan foydalanish bilan kifoyalanishadi.Masalan: Mamlakatimizda daryolar ko‘p. Bizning viloyatimizda ko‘llar,buloqlar anchagina bor kabi.
Shuni unutmaslik zarurki, insoniyat tafakkurining gultoji uning umumlashtirish qobiliyatidir. Agar shunday umumlashtirish qobiliyati bo‘lmaganda, har qanday til million, milliardlab so‘zlardan, grammatik vositalardan iborat supermurakkab va tushunarsiz hodisaga aylanardi. Demak, narsa va hodisalarga yakkalab, donalab atoqli ot bilan nomlash o‘ziga xos zaruriy ehtiyoj va qonuniyat natijasi sanaladi.
Tilshunoslikda atoqli otlarga nisbatan turdosh otlar ancha mukammal va atroflicha o‘rganilgan. Atoqli otlarga nisbatan bunday munosabat quyidagi sabablar bilan bog‘liq:
a) atoqli otlar turdosh otlar kabi lug‘aviy ma’noga ega emas, tushuncha ifodalamaydi, deb tushunish hamda atoqli otni to‘laqonli so‘z emas, balki ramziy, shartli belgi deb hisoblash;
b) atoqli otning til birligi sifatidagi o‘rnini, nutqdagi funksional xususiyatini etarli baholamay olmaslik;
v) tildagi atoqli otlarning barcha ko‘rinishlari etarli va to‘liq o‘rganilmaganligi;
Alifbe 1-sinf: darslik/R. Safarova, M. Inoyatova. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 80 b.
Qosimova K. Ona tili [Matn]: 2-sinf uchun darslik/A. Ne’matova [va boshq.]. Mas’ul muharrir T. Tog‘ayev. — Qayta ishlangan o‘n to‘rtinchi nashri. — T: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2018. —144 b.
5- sinf adabiyo
Tabiatshunoslik: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. 5-nashr / A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabiyeva - T.: «Sharq», 2020
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. II kitob. A. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, N. Qosimov
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharofjon Sariyev ONA TILI O‘QITISH METODIKASI/ «NOSHIR» MChJ nashriyoti. 2009 yil
Turg‘unova Sanobarxon 2007- yil Marg‘ilonning 2000 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasidan
Nodirbek Abdulahatov. “Ko‘hna Marg‘ilon tarixi” maqolasidan
“Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur
Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar» 292-bet
Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”
Shuhrat. «Mardlik afsonasi»
Maqdisiy. Axsan ul-taqosim fi ma’rifati ul-aqolim. BGA. 3-jild.
Abu Rayhon Beruniy, Kanon Masuda. “Избраннее произведения”ю – Том 5 часть 1 – Ташкент, 1973 год
Abdunazarova Xurshida “Gidronimlar va ularning nomlanish xususiyatlari (Jizzax viloyati misolida)”BMI. 2013. JDU
Masjidlar haqidagi ma’lumotlar arxiv hujjatlar va mahalla oqsoqollaridan olindi.
https://kun.uz/uz/01840537
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/134
http://hozir.org/mundarija-kirish-v11.html?page=11
https://yuz.uz/news/talim-tizimi-yangi-bosqichga-kotariladi
https://uz.wikipedia.org/wiki/Termiz
www.uz.wikipedia.org/wiki/Amudaryo
www.uz.wikipedia.org/wiki/Xorazm
www.qomus.info.uz U kim? Bu nima bolalar ensiklopediyasi.
www.uz.wikipedia.org
WWW.aim.uz sayti
maktab-ziyoli.zn.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |