Keys matnining oxirgi ko’rinishini shakllantirish (bosqichlar bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda). Ushbu bosqichda a’robatsiya natijalari bo’yicha kiritilgan kamchiliklarni hisobga olib keysning tuzatilgan matni tayyorlanadi. Keys ustida tahsil oluvchilar bilan ishni tashkil etish uslubini yoritishga ham alohida ehtibor qaratiladi. Ushbu uslubiyot kelajakda pedagog bo’lmoqchilar uchun juda foydali bo’ladi 2-ilova KEYSLAR BANKI
Keys No1 To’ldiruvchilar - bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiy ёк sun’iy materiallar bo’lib bog‘lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Narhi beton va temir-beton konstruktsiyalarning 30....50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, ularni mehёrida ishlab chikarish va ishlatish katta axamiyatga ega. To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, tsement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Betonning asosiy faol qismi bu tsement. Bog‘lovchi materiallar suv va to‘ldiruvchi bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashib va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga aylanish xususiyati ega. Beton to‘ldiruvchilari quyidagi vazifalarni o‘taydi: To’ldiruvchilar betonning 85-90% gacha hajmini tashkil qiladi, tsement va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi.
TSement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning cho’kishi-2 mm/m ga yetadi. CHo’kish deformatsiyalarining noteks bo’lishi ichki zo’riqishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ёriqlar ko’zga ko’rinmaydi, lekin ular tsement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To’ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho’kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, tsement toshiga nisbatan).
Yuqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan iborat qattiq karkas mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yag’ni konstruktsiyaning yuk tahsiridagi deformatsiyasini kamaytiradi).
Yengil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va uni issiqlik o’tkazuvchanligini kammaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruktsiyalar va issiqlik izolyatsiyalari uchun ishlatiladi.
Aloxida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi (atom elektrostantsiyalarda).
Yuqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to’ldiruvchilarni ishlatish joylarini belgilaydi, qaysiki bular beton uchun juda axamiyatga ega, ular uning xususiyatlariga va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Respublikamizda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi ishlab chiqarish quyidagi asosiy manbaalarni bilish bilan belgilanadi: To‘ldiruvchilarni kelib chiqishi bo’yicha guruxlarga bo’lish;
Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilarni turlarga bo’lish;
To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi bo‘yicha turlarga bo‘lish;
5)Uyilgan zichligi bo‘yicha to‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish;. 6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha betonlarni sinflash. 1-ilova Savollar: Keramzit ishlab chiqarishning quruq usulini tushuntiring?
Keramzit ishlab chiqarishning ho’l usulini tushuntiring?
Keramzit ishlab chiqarishning poroshok-plastik usulini tushuntiring?
Qum olish usullari va texnologiyasini keltiring?
SHag’al (chaqiq tosh) ishlab chiqarish usullarini keltiring?
SHlakli pemzani hovuzda olish usulini tushuntiring?