1-qabul kamerasining devori; 2-yo‘naltiruvchi latok; 3-suvli qatlam; 4- aralashtirish kamerasi; 5-ishchi segmentli soplo (konus naychasi). Gidroekran usuli shlak eritmasini ketma-ket ikkita suvli tarnovda ketma-ket qayta ishlash (rasm-7.20) ni o‘z ichiga oladi. Birinchi tarnovda ko‘pchuvchi shlak eritmasi suv oqimi bilan vertikal ekranga tashlanadi, u erdan aks ettirilib ikkinchi tarnovga tushadi, u erda ham suv oqimlari bilan qayta ishlanib, plastinkali uzatuvchi orqali sovitish va maydalash uchun yo‘naltiriladi.
Rasm-7.23. Gidroekran usulida shlakli pemza ishlab chiqarish uskunasining sxemasi: 1-qabul voronkasi; 2-gidromonitorli nasadka; 3- ekran;4-tarnov; 5-plastinkali yuktushirgich-yukortkich YUqorida keltirilgan barcha usullarda g‘ovak chaqiq toshi va qum shaklidagi maydalangan shlakli pemza olish mumkin. SHlakli pemza chaqiq toshining donalari agloporit singari ochiq g‘ovakli o‘tkir burchakli shaklga ega bo‘lib, donalar orasidagi bo‘shliqlikning kattaligi bilan farqlanadi. YOpiq g‘ovakli yumaloq shakldagi shlakli pemza shag‘alini ishlab chiqarish texnologiyasi mavjud. SHlakli pemza shag‘ali (rasm-7.24) takomillashtirilgan suv-havo oqimini xaydovchi apparatida (suv-havoli granulyator) olinadi. SHlak eritmasining dispergirlangan va ko‘pchigan zarrachalari suvli ekranda birlashib, yirik bo‘laklarga aylanadi. Hali plastikli xususiyatlarini yo‘qotmagan massa barabanli sovitgichda qayta ishlanadi. Aylanuvchi bo‘ylama lopastli barabanda qo‘shimcha ko‘pchiydi, yirik bo‘laklari alohida donalarga ajratiladi va ular yumoloqlanadi.
Rasm-7.24. SHlakli pemza shag‘alini ishlab chiqarish uskunasining sxemasi: 1-suv havoli granulyator; 2-qabul kamerasi; 3- barabanli sovitgich; 4-bo‘shatish kamerasi; 5-par-havoli o‘tqazgich; 6- yopqich; 7-vibrota’minlovchi; 8-korob; 9-lentali konveyr SHlakli pemzaga qo’yiladigan texnik talablar. O‘zRST 680-96 “Metallurgiya shlaki asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qum (shlakli pemza)” texnik talablarni o‘zida mujassamlashtirib, unda asosan boshqa g‘ovak to‘ldiruvchilarga qo‘yilgan analogik me’yor va talablar keltirilgan. Fraksiyalangan shlakli pemza chaqiq toshining donalar bo‘shliqligi 52% dan ko‘p bo‘lmasligi, dona shakl koeffitsientining o‘rtacha qiymati 2,5dan oshmasligi kerak. Standartda shlakli pemza chaqiq toshini silikat nurashga qarshi chidamliligini sinash ham nazarda tutilgan. SHlakli pemza chaqiq toshining silindrda maydalanish mustahkamligiga qo‘yilgan talab (jadval-7.3) agloporit chaqiq toshiga qo‘yilgan talabga yaqindir. SHlakli pemza chaqiq toshi mustahkamligiga qo‘yilgan talablar 7.5-jadval
Uyma zichligi bo’yicha markasi
Silindrda maydalanish bo’yicha mustahkamligi MPa, kam emas
Uyma zichligi bo’yicha markasi
Silindrdaaa maydalanish bo’yicha mustahkamligi MPa, kam
400
0.3
700
0.70
450
0.35
750
0.90
500
0.40
800
1.10
550
0.45
850
1.30
600
0.55
900
1.50
650
0.65
SHlakli pemzaning g‘ovaklari qancha katta bo‘lsa, uning mustahkamligi ham shuncha kichik bo‘ladi, ya’ni keramzit va agloporit singari mustahkamlik chegarasi tahminan dona zichligi kvadratiga proporsionaldir. SHlakli pemza donasi yacheykali tarkibga ega. G‘ovak yacheykalarning o‘rtacha diametri 1...2 mm ni tashkil etadi. Ba’zi hollarda g‘ovak diametri 5...6mm bo‘lgan shlakli pemza ham olinadi. Bunday pemza qotgan ko‘pikni eslatadi. Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida mayda g‘ovakli shlakli pemzani qo‘llash yaxshi samara beradi SHlakli pemza ko‘pchishi bo‘yicha birjinsli bo‘lmagan holda olinadi. SHu sababli maydalangandan va yirikligi bo‘yicha navlarga ajratgandan so‘ng, yana qo‘shimcha dona zichligi bo‘yicha separatsiyalash, uning ishlatish samaradorligini oshiradi. SHlakli pemzani qo’llash sohasi. SHlakli pemza asosan to‘suvchi konstruksiyalarda konstruksion- issiqlikdan himoyalovchi betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Uning kam issiqlik o‘tkazuvchanligini inobatga olib (tarkibida krisallanmagan shisha borligi sababli) yuqori zichlikdagi shlakli pemzabetonini issiqlikdan himoyalash xususiyatini pasaytirmasdan qo‘llash mumkin. Masalan, keramzitbeton bilan taqqoslanganda: zichligi 1400kg/m3 bo‘lgan shlaklipemzabeton issiqlik o‘tkazuvchanligi zichligi 1200kg/m3 bo‘lgan keramzitbetonga tengdir. Markasi M750....90(.) bo’lgan shlakli pemza turli xil yuk ko’taruvchi konstruksiyalar olishda yuqori mustahkamlikdagi beton uchun ishlatish mumkin. Biroq, shlaklipemzabetonda ishlatiladigan po‘lat armaturalarning shlakdagi mavjud sulfat ta’sirida emirilishi inobatga olinishi shart. SHu sababli dastlabki zo‘riqtirilgan konstruksiya ishlab chiqarishda, shlaklipemzabetonda armaturalarning chidamliligi maxsus o‘rganilishi kerak. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: SHlakli pemza qanday to‘ldiruvchi?
SHlakli pemza g‘ovak to‘ldiruvchi uchun qanday xomashyo qo‘llaniladi?
SHlakli pemza ishlab chiqarish usullarini keltiring?
SHlakli pemza chaqiq toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usulini keltiring?
Suv-purkash usulini keltiring?
Xandaq-sachratish usulini keltiring?
Gidroekran va hovuz usulida shlakli pemza olishni tushuntiring?
SHlakli pemzaning strukturasi qanday?
SHlakli pemzaning qanday xususiyatlari va tarkibi mavjud?
8-§. Perlit ishlab chiqarish texnologiyasi Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi- ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo‘lib perlitlar va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi. Uning tarkibida uchuvchan komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi. Perlitlar o‘zining genezisi, teksturasi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha shartli ikkita sinfga bo‘linadi: A-g‘ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo‘lgan jins; B-massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidratatsiya jarayonida tarkibni o‘zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan) natijasida xosil bo‘lgan jins. B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2% dan 7% gacha mavjud bo‘lib, beton uchun yaroqli ko‘pchigan perlit g‘ovak to‘ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu g‘ovak to‘ldiruvchi aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov berib olinadi. Tarkibida oksidlar miqdori, % massa bo’yicha: SiO2 - 65-75, A12O3 - 12-16, FeO+Fe2O3 - 1 dan ko‘p emas, CaO - 3 dan ko‘p emas, K2O+Na2O - 3,0-10,0. Gidratlangan obsidianga bo‘sh gidratlangan massiv shisha mansub bo‘lib, tarkibida bog‘langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyilma zichligi 100 dan 400 kg/m3 gacha chaqiq tosh va qum olinadi. Ko‘pchigan perlit chaqiq toshining suvshimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan oshmasligi kerak. Ko‘pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik sxemasi, ishlatilayotgan tog‘ jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to‘ldiruvchini qo‘llash sohasiga ko‘ra asbob-uskunalar bo‘yicha farqlanadi.