Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylar mavjudligi, xuddi ana shu borada destinatsiyalar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko‘p yangi narsalarni tomosha qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa, shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi.
Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir.
Shunday qilib, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan territoriya yoki manzildir. Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi destinatsiyaga o‘zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga chorlaydi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu qiziqishni ma’lum yetarli uzoq vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat.
Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo‘lda to‘xtash) birinchi destinatsiyaga borish yo‘lida to‘xtalmasa bo‘lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyani asosiy vazifasi turistlarni bir – ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. U bir tomondan birinchi destinatsiyaga borishda yo‘lda to‘xtash zarurati, ikkinchi tomondan turist uchun diqqatga sazovar joylarni tomosha qilish uchun bir-ikki kunlik sayrtomoshadir. Shuning uchun ham ikkilamchi destinatsiya qisqa muddatga turistlarni ko‘proq jalb qilishi lozim.
Yana bir muhim jihatni ta’kidlash kerak. Birlamchi destinatsiya hamma vaqt ma’lum hududda joylashishi bilan harakterlanadi (masalan, Disneylend), ikkilamchisi esa transport kommunikatsiyalariga nisbatan albatta qulay joylashgan bo‘lishi zarur.
1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari)
Turizm sohasi – ko‘pqirrali hodisa bo‘lib, u ko‘pgina shakllarda namoyon bo‘ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko‘p ta’riflari uchraydi. Ammo turizm konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish uchun iloji boricha qo‘yidagi savollarni albatta tahlil etish zarur:
Turizmni o‘rganish maqsadida – turizm fenomeni (hodisa) tahlili birinchi galda bu fenomen nimalarni o‘z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab etiladi.
Statistika maqsadlari uchun – turizm fenomenini o‘lchash uchun uni juda ham aniqlikda belgilash lozim.
Turizmni boshlang‘ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti professorlari Gunziker va Krapaf (Shvesariya) tomonidan amalga oshirildi va keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi. Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog‘ida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. Qaysikim, u hali doimiy bo‘lishga olib kelgani yo‘q va biror-bir foyda olish bilan bog‘liq emas.
Vaqt o‘tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda ishbirlarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysikim, doimiy bo‘lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko‘rishni xayoliga keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. Ya’ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo‘lgan chog‘i, sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga yetib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan chetda bir yildan ortiq bo‘lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT).
Ular orasida turizmning besh xil ta’rifini konseptual aniqlanishi zarur:
turizm – odamlarning mo‘ljallangan turistik manzillar sari harakatlanishi natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to‘xtashidir;
turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o‘z ichiga oladi:
ko‘zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda to‘xtash, qaysikim, joylashish va ovqatlanish va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi;
sayohat turistning doimiy yashash joyidan – mamlakatdan (hudud,
yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi;
turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik hisoblanadi. Ya’ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan keyin qaytib keladilar;
odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, qaysikim, doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko‘zda tutmaydi.
Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag‘ resurslari va individuallarning bir vaqtlariga bog‘liq faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo‘yicha sabablardan biri bu – sayr, tomosha va kundalik tashvishlardan xoli bo‘lish hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning ko‘zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, qaysikim ham mamlakatda, ham undan tashqarida bo‘lishadi. Ko‘pincha sayohatchilar soni mahalliy aholi soni bilan taqqoslanadi, qaysikim ular tashrif buyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi).
Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o‘z ichiga oladi, lekin sayohatning hamma turi ham turizm bo‘lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko‘ra, turistlar hammasi tashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar tashrif buyuruvchilar (turistik statistikaga qo‘shiladi) ga va boshqa sayohatchilar (turistik statistikaga qo‘shilmaydi) ga bo‘linadi.
Turizmning vaqtinchalik harakteri uni migratsiyadan farqlaydi. Migratsiya – aholining harakati va yashash joyini o‘zgartirishidir. Turizm esa sayohatning qisqa muddatligi va aholining ko‘zlangan manzilga mavsumiy va vaqtinchalik harakatlanishi bo‘lib, ularni talablarini qondiradi.
Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi.
Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o‘tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun ham qo‘llash mumkin.