Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Rasm 4 Ehtiyojlar iyerarxiyasi



Download 0,71 Mb.
bet49/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Rasm 4
Ehtiyojlar iyerarxiyasi
O‘zini
ifoda etish ehtiyoji (rivojlantirish,
o‘zini boshqarish)

______________________________ Hurmat ehtiyoji (o‘z-o‘zini hurmat qilish, bilish, status)
__________________________________________ Ijtimoiy ehtiyoj (ma’naviy yaqinlikni
sezish, sevgi)
_______________________________________________________
O‘zini saqlash ehtiyoji ( xavfsizlik, himoyalanganligi)
________________________________________________________________
Fiziologik ehtiyoj (ochlik, ishtiyoq)
Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
past, eng oddiy, ibtidoiy ehtiyojidan yuqori, murakkabroq tashkil etilgan. Turistik boshlanish har bir beshtadan ajratilgan piramidalar qatlamida ishtirok etadi.
Asosiy piramidlar boyiroq, bazaviy ehtiyojni tashkil qiladi. Ular biogen tabiatga ega va ichki fizilogik zo‘riqish oqibati hisoblanadi. Bu iyerarxik zinapoyaning pastki pog‘onasi dam olishga ehtiyojda joylashgan. Ishdan so‘ng inson sarflangan energiyasini tiklash va ko‘paytirishga zarurat sezadi. Ammo uning qayta ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotning turli etaplarida bir xil emas va mehnat faoliyatining harakteriga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishda ilmiy-texnika inqilobi (revolyutsiyasi) va avtomatlashtirish og‘ir jismoniy operatsiyalarni keskin qisqartirish bilan bir vaqtda intellektual va hissiy zo‘riqishning kuchayishiga olib keldi. Murakkab mashinalarni ishlatish kishidan juda katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, qo‘shimcha ruhiy energiya sarflashga majbur etadi. Bugungi kunda mehnat jarayoni shunchalik zo‘riqish hosil qilganki, u ko‘nikma sindromiga olib keladi. Shveysariyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 40 % odamlar o‘z ishlarini haddan tashqari tig‘izligidan va ruhiy zo‘riqishdan shikoyat qilishadi: 65 % so‘raluvchilar esa ish bilan bog‘liq ruhiy zo‘riqish vaziyatlari soni yildan – yilga ko‘payotganini aytishdi. Shuni ta’kidlash joizki, bu tashvishlantiruvchi ma’lumotlar Shveysariyada – hayot an’anaviy tarzda tinch va xotirjam sanalgan mamlakatga xosdir.
Inson ma’naviy kuch-quvvatini holdan toydirishdan tashqari, ilmiy-texnik progresslar boshqa salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Xavf-xatarlar mutlaqo kutilmagan tomondan kelib chiqdi. Mehnat sharoitini yaxshilash va ish unumdorligini oshirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari kutilmaganda inson salomatligiga tahdid sola boshladi.
Ular ishchilarning harakat faolligini cheklab qo‘ydi. Natijada kam seziladigan gipodinamiyadan azob chekuvchi odamlar soni ko‘paydi. Bu XX asrda keng tarqalgan va xavfli kasallikdir. Muskullar zo‘riqishi kamaydi. Ammo bir vaqtning o‘zida to‘planish va zo‘riqishga chalingan asab charchoqligi o‘sdi. Albatta charchoqni yozish qiyin kechadi va kishi organizmining funksional tayyorgarligiga jiddiy putur yetkazadi.
Mehnat harakteri o‘zgarishi bilan dam olish muammosi ham yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘layotir. Endilikda ishchanlik qobiliyatining o‘sishi hayotiy kuchni tezkor tiklashni talab qiladi. Charchoqni yozishning ma’lum usullaridan eng yaxshisi mehnat holati va harakterini almashtirish hisoblanadi. Charchoqni yozish va zo‘riqishni bartaraf etishda unga aqliy faoliyat va qiziqishni qo‘shish dam olish samaradorligini oshirib, kuchni tiklash jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Agar kishi vaqtincha doimiy yashash joyini tark etsa maksimal natijaga erishadi. Ayrim turistik ma’muriyatlar bu holatni hisobga olishib, milliy turistik mahsulotlari reklamasini kundalik tashvishlarga qarshi qo‘yadilar.
A. Maslou fikricha, fiziologik ehtiyojni me’yorda qondirish kishida o‘zini saqlashga ehtiyojni faollashtiradi. Turizm sohasida bular ko‘p jihatdan turistik safarlar geografiyasini belgilaydi. Safarlarga talab ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqaror hududlarda juda yuqori.
A.Maslou piramidalarning uchinchi pog‘onasidan boshlab endi bazaviy (tug‘ma) ehtiyojni emas, balki ikkilamchi yoki o‘zlashtirilgan ehtiyojni qarab chiqadi. Ularning ruyxati ijtimoiy, ba’zan daxldor ehtiyojlar deb atalgan ehtiyojlarni ochadi. Ularning ikkinchi nomi mazkur guruh ehtiyojlari mohiyatini aniq ifodalaydi. Ular ma’lum guruh odamlarga taaluqli intilishlarda, ijtimoiy o‘zaro harakatda, biri-biriga bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlanishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga a’zo bo‘lish, do‘stona munosabatlar o‘rnatish va h.k.lar yo‘li bilan qondiriladi.
Bayramlarda va muloqatlarda, qarashlar va tushinishlar, suhbat va fikr almashishga intilish odamlarga xos hislatlardir.
Turizm ana shu ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Boshqa tur madaniy
aloqalar qatorida u do‘stona munosabatlarni,
xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro ishonchli mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi.
Milliy turistik ma’muriyatlar mamlakatni turistik manzilgoh sifatida jozibadorligini yaratishda insonning ijtimoiy ehtiyojiga tayanadi.
Piramidalarning yuqori pog‘onasiga qarab chiqib borar ekan, D.Maslou ularda qondirish oson bo‘lmagan ehtiyoj guruhlariga duch keladi. Haqiqatdan, ijtimoiy ehtiyoj mohiyatan insonning yashash shakli bo‘lib ko‘zga tashlanadi: jamiyatda yashab turib, undan ozod bo‘lish mumkin emas. Ehtiyojga hurmat bilan qarashshaxsiy yutuqlarda, muomilada, o‘zligini anglashda, atrofdagilarning tan olishi bu boshqa gap. Afsuski hurmat qozonishga hamma vaqt hech muvaffaq bo‘linavermaydi.
Bu guruhlar ehtiyojini qondirish kishining jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq. Odamlar o‘zlari mansub ijtimoiy barqarorlikka xos guruhlarda, xulq-atvori va qiziqishlari, qadriyatlar to‘g‘risida tushunchalariga muvofiq harakatlanishadi. Ular yuqoriroq jamoatchilik maqomi sari intiladilar. Turizm esa mulkiy bahosi va nufuzi indikatori sifatida ma’lum qatlamga daxldor o‘ziga xos ramz ko‘rinishda bu xohishistakni hech bo‘lmaganda dam olishda ruyobga chiqaradi.
Individlar (kishilar) sarf-harajatlar bilan hayron qoldirib, nufuzli safarlarni sotib olishadi, ularning bunga imkoniyatlari bor. XIX asrda burjuaziya har qanday yo‘l bilan o‘zini ko‘rsatishga uringanida xuddi shunday bo‘lgandi. Bu hodisa bizning davrimizda ham kuzatilayapti. «O‘zini ko‘z-ko‘z qiluvchi»lar mablag‘larini katta haridlarga sarflashayapti yoki butun jahonga mashhur kurortlar (Fransiyadagi Lazur qirg‘oqlari va boshq.) da shahar chekkasidan qarorgohlar qurish uchun joy sotib olishmoqda. Qishki sport turlari yirik markazlarini egallab olishayapti. Dam olish sohasi individlarga keng erkin tanlash imkonini berayapti va ularga ishlab chiqarishda topishga erishaolmagan omadsizliklarini to‘g‘dirayapti.
Grafik piramida cho‘qqisi o‘z ifodasida ehtiyojni qanoatlantiradi. Uning qondirilishi shaxsni har tomonlama to‘laqonli shakllanishiga yordam beradi. Turizm bu guruh ehtiyojlarini qondirishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. U hayotiy dunyoqarash ufqlarini kengaytiradi. Boshqa madaniyat odamlari bilan muloqat chegaralarini ochadi. Ko‘pgina turistik korxonalar va muassasalar o‘z faoliyatlarida ehtiyojni qondirish va o‘zlikni anglashga e’tiborni qaratishadi.
Sayyohlarning jahon sivilizatsiyasi durdonalari bilan tanishishi, o‘zi uchun boshqa millatlar qadriyatlari va an’analarini kashf etish, tabiiy atrof – muhit go‘zalligidan bahra olish inson qalbi va salohiyatini boyitadi. Safar chog‘ida olingan taasurotlar va bilimni odamlar o‘zining xilma-xil faoliyatida qo‘llaydi. Individ hamisha ongli ravishda bo‘lmasada, turizmda shaxs sifatida o‘zini ochish, qiziqishlarini qondirish usullarini topadi.
Iyerarxiyaning besh bosqichi alohida-alohida emas. Ular o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liq bosqichlar mavjud. Birlamchi bosqichlarni amalga oshirishda nisbatan kuchliroq va istiqbol zaruratlari ehtiyojlari yuqoriroq darajada namoyon bo‘ladi.
Negaki shaxs rivojlanishi bilan uning potensial imkoniyatlari kengayadi, chunki xulqatvor motivatsiyasi jarayonglari ehtiyoj orqali tuganmasdir.
A.Maslou motivatsiya nazariyasi ko‘pgina g‘arb tadqiqotchilari ishlarida rivojlantiriladi. Ulardan ayrimlari uni dam olish sohasiga moslashtirishga intildilar. Angliyalik rekreolog P.Pirs, A.Maslou piramidasiga o‘xshashlik bo‘yicha rekreatsion ehtiyojning besh darajasini ajratadi (rasm 5).

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish