Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor



Download 0,71 Mb.
bet125/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Franchayzing yirik firmalarning moliyaviy va texnik qudrati, mahorati, operatorning tadbirkorligi, talanti bilan mayda korxonaning maneverligini ta’minlashni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishi ana shular bilan izohlanadi. Keyingi vaqtlarda franchayzingning klassik modeli o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Ilgari, 20 yil avval, mehmonxonalar franshiza kompaniyalari uncha katta bo‘lmagan firmalar ko‘rinishida edi. Ularda franshiza beruvchilar franshiza oluvchilarga e’tibor bilan qarardilar. Franshiza biznesi sezilarli kengaygach, savdo markalari va xususiy otellar egalari o‘rtasida yirik vositachi kompaniyalar paydo bo‘ldi. Franshiza beruvchilar ko‘pincha bu kompaniyalarni eksklyuziv huquqlar bilan qandaydir territoriyani o‘zlashtirishga undayapti: franshiza oluvchilarni tanlab olish, ularni boshqarish, faoliyatning ma’lum turlari bilan shug‘ullanishga litsenziya berish kabilar. Natijada franshiza beruvchilar va franshiza oluvchilar tobora birbiridan uzoqlashib bordilar. Ular o‘rtasidagi munosabatlar shafqatsiz tus oldi. Buni qanday oqibatlarga olib kelishini AQSH tez ovqatlanish industriyasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Franchayzing tizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar vaqti-vaqti bilan o‘tkir tus olayapti, katta sud aralashuvigacha yetib bormoqda. Odatda bu franshiza beruvchini jalb qilmasdan ko‘rib chiqiladi.
Mehmonxona biznesidagi vaziyat hozircha uncha taranglashgani yo‘q. Ammo uning og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlari mavjud. AQSH mehmonnovozlik sektorida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, franshiza oluvchilar o‘zini oqlamagan franshiz to‘lovlari darajasining oshirilishi va yetarli emasligidan norozi. Ularning nazarida franshiza beruvchilarning otellar reklamasi bo‘yicha talab qilayotgan to‘lovlari qimmat.
Franchayzing tizimining samarali ishlash bosh sharti undan manfaatdor barcha hamkorliklarning sermahsul faoliyatdir. Shu o‘rinda to‘g‘ri bir falsafiy fikr xayoldan o‘tadi: «Agar mening franshiz oluvchim qoniqsa, demak, ishim olg‘a qarab ketayapti».
O‘zaro teng manfaatli munosabatlarning o‘rnatilishi bozor vaziyatiga mos keladi. Mutaxassislarning bashoratlariga qaraganda, yaqin kelajakda ancha mavqe tushib ketgan davrdan keyin, franshiz biznesi yakengayish sari yuz tutadi. Hatto franshiz beruvchilar soni franshiz oluvchilar sonidan oshishi mumkin. Ayniqsa ikkiuch yulduzli mehmonxonalar bozor segmentida. Bu yerda savdo markalari o‘rtasidagi raqobat juda kuchli bo‘lishi tayin. Ayrim mehmonxonalar kompaniyalari yuksalishni kutib turishmasdan, o‘rta kategoriyali joylashtirish bozorining istiqbolli hududlaridan biri Osiyoga kirib kela boshladi.
Xususan, Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Xospiteliti Franchayz Sistema» 1996 yil o‘zining savdo markasi «Deyz Innz» ning prokati to‘g‘risida Xitoyda bitim imzoladi. Yuz yillik oxiriga borib u franshiz xonalar sonini Xitoy o‘rta kategoriya otellarida 6 ming birlikkacha yetkazishni rejalashtirgan.
Mehmonxonalar xo‘jaligida xayrli niyatli franshiz beruvchilar qaltis belgiga kelib qoldilar. Franshiza oluvchilar biznesini himoya qilish talab etilganda savdo markasi va xususiy otellar egalari foydasiga haqamlik qilish to‘g‘ri kelib qoldi.
Ijobiy o‘zgarishlar ayrim franshiz beruvchilar xulq-atvorida ko‘rinib qoldi. «Xolidey Inn Uorlduayd» o‘zining franshiz beruvchilari bilan hamkorligini mustahkamlash maqsadida mahsus bo‘lim tuzdi. Ular unga har qanday moliyaviy masalalar bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunday qadam kompaniyaning franchayzing tizimida daromad olish va uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash muammosi tufayli qo‘yildi. Pul ishlab olish maqsadida sotiladigan franshizaning istiqboli yo‘q. Savdo markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi franshiza beruvchini franshiza oluvchi manfaatlari hisobga olingan holda to‘lov tarkibini va hajmini ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shu bilan birga franshiz oluvchini qo‘llabquvvatlashini kengaytirishi kerak. Vaqt tizimdan katta xayrixoqlikni talab qiladi.
Keyingi paytlarda muammolar soyasida franshiza mehmonxonalar zanjiri klassik taraqqiyotida keng kooperatsiya asosidagi franshiza korporatsiyalar ajralib turibdi (misol uchun «Xospiteliti Franchayz Sisteme»). Ular bir a’zoga bitta ovoz prinsipi asosida ishlaydilar. Barcha muhim qarorlar ko‘pchilik malakali ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Franchayzing sohasida ko‘proq olg‘a surilgan qism AQSH ning mehmonnovvozlik industriyasidir. «Xospiteliti Franchayz Sisteme» singari yirik mehmonxonalar korporatsiyasi o‘zining xususiy otellariga ega emas. Ularni esa franshizalar shartlari orqali birlashtiradi. Boshqa Amerika mehmonxonalari zanjirida joylashtirishda jahon bozorida qudratli ekspansiyani amalga oshiruvchilar ham franshiza korxonalaridir. AQShda franshiza mehmonnovvozlik industriyasini rivojlantirishda magistral yo‘l siyosatida qaraladi.
AQShdan farqli ravishda Yevropada boshqaruvda kontrakt tuzish amaliyoti keng tus olgan. Mehmonxona menejmentiga ixtisoslangan operator, otel egasi va kompaniya o‘rtasida boshqaruvga kontrakt tuziladi.
Mulkdor tajribasi yoki xohishi yo‘qligi sababli menejerlik vazifasini uddalay olmagan, lekin qo‘shgan mablag‘idan daromad olish ilinjida bo‘lgan vaziyatda o‘z korxonasini professional boshqaruvga beradi.
Kontrakt bo‘yicha ega boshqaruv jarayoniga aralashmaydi va mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan moliyaviy va operatsion qaltisliklarga joriy harajatlarga javob beradi. Boshqa tomondan, operator, mehmonxonani boshqarishga biror bir huquqni sotib olishsiz kirishadi.Uning moliyaviy javobgarligi cheklangan bo‘lib, ko‘rsatilgan xizmatlari uchun u kafolatlangan mukofot oladi. Mehmonnovozlik industriyasida qachon, kim tomonidan birinchi marta boshqaruvda shartnomadan foydalanganligi to‘g‘risida hozirgacha baxslar to‘xtamaydi. Birovlar uni XX asr boshlarida paydo bo‘lgan desa, boshqalar bunday shartnoma munosabatlari 1950yillar o‘rtalarida Amerika mehmonxonalar kompaniyalarini xalqaro bozorga chiqqanidan boshlab vujudga kelgan deyishadi. Boshqaruvda shartnomaning keng tarqalishi o‘tgan asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri keldi. Bunga otellar qurilishi keng tus olganligi sabab bo‘ldi. Ko‘chmas mulkka yuqori narx sharoitida uni uzoq vaqt ushlab turish, mulkka egalik qilish ozmuncha daromad keltirmadi. Investorlar mehmonxona xo‘jaliklariga ishtiyoq bilan mablag‘ qo‘ya boshlashdilar. Ko‘p hollarda ular yangi ochilgan korxona egasi bo‘lib oldilar. Amerikaning gigant mehmonxonalari «Xilton Xoutelz Korporeyshn», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Mariott Interneshnl» va boshqalar shu tarzda vujudga kelganlar.
Xonalarga ehtiyoj bozori sharoitlarining yaxshilanib borishi talablardan o‘zib keta boshladi otellarning gavjumligi kamaydi va ko‘chmas mulk bahosi tushib ketdi. Raqobat kuchayishining o‘tkir tus olishi mehmonxonalar biznesini susaytirdi.
Tadbirkorlar orasida faqat mulkka ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmasligi, undan to‘g‘ri foydalanishni bilish ham zarurligini anglaganlar soni anchagina ko‘paydi. Bunday paytda egalari o‘z korxonalarini operativ boshqarishga ixtisoslashgan kompaniyalariga berish amaliyoti vujudga keladi. Taraqqiyot strategiyasining bu usulini birinchilar qatorida Amerikaning «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» mehmonxonalar korporatsiyasi tanlab oldi. Avvaliga u mehmonxonalarni mulk qilib olish huquqi bilan mo‘ljal oldi. Ammo keyinchalik ikkita kompaniya tuzishga qaror qilindi. Birinchisi otellarga egalik qilishi kerak edi. Ikkinchisi esa faqat operativ boshqaruv bilan shug‘ullanishi lozim edi. Vazifalarning taqsimlanishi ijobiy natijalar berdi. So‘nggi paytlarda «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» tajribasidan juda ko‘pgina mehmonxonalar guruhlari foydalanishmoqda.
Firmalar rivojlanishi jarayonlarida ularning egalari kapital qo‘yilmalar hajmini oshirib borishadi. Oqibatda moliyaviy qaltislikka duch kelishadi. Kelgusi o‘sish sur’atlari muammo bo‘lib qoladi va, ohir-oqibat professional menejerlik kompaniyalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday kompaniyalarning ikki tipi ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar zanjirini tuzadilar. O‘z a’zolari boshqaruvini shartnoma orqali amalga oshiradilar. Misol uchun, Yevropada eng katta mehmonxonalar korporatsiyasi «Akkor» (Fransiya) 22% xonalarni shartnoma asosida boshqaradi.
Ikkinchi tipga esa, mustaqil boshqaruvchi kompaniyalar kiradi. Ular turli mehmonxonalar zanjirlariga xizmat ko‘rsatadilar. Jahonning yuz yetakchi mustaqil operatorlari 3,6 ming otellarda 632,8 ming xonalarni nazorat qilgan. Bular AQShning o‘zida boshqaruvda shartnoma mehmonxonalar industriyasi uchun unchalik xos bo‘lmasada, asosan Amerika kompaniyalari edi. Keyingi yillarda ularning ro‘yxatini «Richfild Xospiteliti Servaysiz» boshqarayapti. Ushbu kompaniya me’moriy jihozlash moddiy-texnika ta’minoti va mehmonxona faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. U 83 mustaqil otellar, 18 mehmonxonalar zanjiri bilan ish olib boradi (jadval 19).

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish