Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


AQSH turagentligi aylanma tarkibi



Download 0,71 Mb.
bet120/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

AQSH turagentligi aylanma tarkibi




61 %
11 %
11 %
7 %
3 %

Avtomobillar sotish;
Otellarda nomerlarni bronlashtirish;
Kruiz (dengiz, daryo sayohatlari)ga biletlar sotish;
Avtomobillarni ijaraga olish;
Temir yo‘l transportiga biletlar sotish;

7 %

boshqalar

Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Turagentlar bozori bir qator harakterli qirralarga ega. Ular oldi-sotdida ishtirok etuvchilar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi va o‘zida o‘tkir raqobat kurashini aks ettiradi. Turagentlar bozorga kirish uchun ko‘p yo‘llarga ega. Bu faoliyatni boshlash ham uncha qiyin emas. U yirik sarmoya va yuqori malaka talab qilmaydi. Shu bilan birga ko‘pincha bozorga kirishda oson tuyulgan usul aldamchi bo‘lib chiqadi va turagent yetarli resursga ega bo‘lmagani va boshqaruv ko‘nikmasi yomonligi oqibatida inqirozga uchraydi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 20-30 mingdan 70 gacha turagentlarni sanash mumkin. Ularning sonini aniq belgilash juda mushkul. Chunki mamlakatlar bo‘yicha terminalogiya va definitsiyalar bir-biridan farq qiladi. Statistikada ularni yig‘ishning umum qabul qilingan mezonlari ham yo‘q. Bir holatda, ko‘pchilik Amerika qo‘shma shtatlaridagi singari amal qiluvchi barcha turagentlar hisobga olinadi, boshqalarida – litsenziyadan o‘tganlarigina hisobga olinadi. Misol uchun, Fransiyada turizm to‘g‘risidagi 1992 yildagi qonunga muvofiq turagentlik faoliyatga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyasi bor kishilargina turistik operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Litsenziya o‘zining professsional yaroqligini tasdiqlagan, mijozga zarur moliyaviy kafolat beraoladigan, qoplash uchun yetarli sug‘urta polisiga ega bo‘lgan, olgan majburiyatini moliyaviy jihatdan javobgarligini his qiladigan, xususiy idorasiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
Turagentlar statistikasini yuritishda shunday ham chigal vaziyatni turli fondlar, klublar, jamiyatlar, assotsiatsiyalar yashirin ravishda turistik biznes bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar yanada murakkablashtirmoqda. Turizmga bevosita aloqasi bo‘lmagan bu shaxslar turagentlik xizmatlarini taklif qilishayapti. Bunday ko‘rinishdagi tadbirkorlik strukturalarida ish tajribasi yo‘q, texnik imkoniyatga, turizm sohasida zarur ishbilarmonlik aloqalarga ega emaslar, litsenziyasi ham yo‘q. Ular milliy qonunchilikni ko‘p buzishadi. Bunday sheriklar bilan hamkorlik qilish, odatda omadsiz yakun topadi.
Turagentlik asosiy massasi o‘zini uncha ko‘p bo‘lmagan mablag‘i va cheklangan bozor bilan namoyon qiladi. Ular na yetkazib beruvchilarga, na iste’molchilar xalq atvoriga zarracha ta’sir o‘tkazisha olmaydi. Ularning ko‘pchilik qismi bir xil hajm va strukturaga ega, bir-biriga o‘xshash turistik mahsulotlarni, deyarli teng narxlarda taklif qiladilar.
Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda
turagentliklarning aksariyat qismi kichik biznesga taaluqlidir. Bunday firmalarda uch kishidan besh kishigacha band bo‘ladi. Bular direktor, mijozlarni qabul qiluvchi agentlardir. Ular konsultatsiya berishadi, turistik xizmatlarni sotishni amalga oshirishadi, shuningdek hisob yozib beruvchi va kur’erlik ishlarini bajaruvchi kotiblar bor. Qizig‘i shundaki, kichik agentliklarning yarimini egalari xotin-qizlardir. Yirik chakana turistik firmalar oz sonli bo‘lgan va shundayligicha qolayapti. Faqat 3 % AQSH turagentliklari 15 mln. amerika dollaridan oshadigan yillik oborotga ega. Ular o‘rtasida asosiy sotish hajmi ta’minlanadi. 50 yetakchi amerika kompaniyalariga AQSH turagentliklari ko‘rsatayotgan barcha xizmatlarning uchdan biri to‘g‘ri keladi (jadval 15).
Turagentliklar turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yaqinlashtiradi. Ularni harid qilinishiga qulaylik yaratadi, harid esa mijoz uchun qiyinchilik to‘g‘dirmaydi. Sayohatga yo‘l olish uchun turistik firma yonidagi turagentlikka murojaat qilish kifoya. Vositachilik operatsiyalari chakana harakteridan kelib chiqib, iste’molchi yaqinligi turagentlik tarmog‘i geografiyasini belgilaydi. Turistik xizmatlarni amalga oshirish ko‘pchilik aholi punktlari gavjum rayonlarga qaratilgan. AQShda turagentlarning joylashishi bunga misol bo‘la oladi. Shimoliy Amerika turagentlar bozoridagi ahvol tipik hisoblanadi. Uning ta’rifi (harakteristikasi) jahonning boshqa turistik regionlariga asos bo‘lib qolishi mumkin.
Yevropada barcha chakana turistik firmalarning 70 % ga yaqini to‘plangan. Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 200 mingdan ortiq kishi band bo‘lib, oboroti esa 75 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Shundan 50,5 mlrd. YEI mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Nisbatan taraqqiy etgan turagentlik tarmoqlari Germaniya va Buyukbritaniyada turistik chiqish asosiy generatorlarida joylashgan. Shuningdek Niderlandiyada ham bu tarmoq rivojlangan. Fransiya, Ispaniya va Italiyada agentlar orqali bozorga chiqish kam rol o‘ynaydi.
So‘rovlarga ko‘ra, agar Niderlandiyada turizm sohasida so‘raluvchilardan har ikki kishidan biri vositachilar xizmatidan foydalangan bo‘lishsa, Ispaniyada har besh kishidan biri murojat qilgan. Chakana sotish tarmoqlari turizm industriyasining ajralmas qismi sifatida jahonning qolgan regionlarini ham qamrab olgan. Osiyoda barcha turagentlarning 8 %, Lotin Amerikasida 4 %, Afrika va Yaqin Sharqda ham 4 % ishlayapti.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish