Taqriz: Frans Kafka. "Jarayon"



Download 0,91 Mb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#843710
1   2   3   4
Bog'liq
Frans Kafka. Jarayon

Taqriz 2
"BUTUN TUZUMNI YOLG'ON ZABT ETAJAK!"
Asarlaridagi "tugun" hali hanuz kitob ixlosmandlari uchun sirli bo'lib kelayotgan , umrboqiy asarlar muallifi Frans Kafka 1883 - 1924 - yillarda yashab ijod etgan. Uning hayotidagi eng qiziq fakt shundaki , Kafka nomini dunyoga tanitgan eng mashhur uch romani ham vafotidan so'ng e'lon qilingan. Shu romanlardan biri shubhasiz "Jarayon" romani edi...

Adib bu asar ustida ishlashni 1914 - yildanoq boshlaydi. Bu asarga tugal ta'rif berib bo'lmaydi. Sababi , asarda realizm ham, absurd ham , psixologizm ham bor. Shu sabab ham asarni turli jihatdan va hatto diniy jihatdan ham talqin qilish mumkin.

Asar bosh qahramoni - Yozef K. ( muallif bosh qahramon ismini to'liq bermasligi zamirida ism ham ma'lum bir qiyofani shakllantirishi yotadi, Yozef yashayotgan jamiyat esa uni qiyofasizlantirib bo'lgan edi) U endigina 30 yoshga to'lgan, obro'li bir bankning xizmatchisi. Yozefning bir maromda ketayotgan hayotini erta tongdan turtib uyg'otishlari buzadi. ( asarning mana shu ilk sahnasi ham qay bir ma'noda endi qo'zg'alish, jarayonni boshlash vaqti kelganiga ishora)
Asar voqealari bir qarashda chigaldek ko'rinadi. Ammo, ular bir maromda , jarayondan uzilmagan holda , jarayon atrofida sodir bo'ladiki, kitobxon Yozefning o'y fikrlari bilan harakatlanadi. Jarayon balki sustdek ko'rinar( aybsiz odamning tergovi bir yilga cho'zilishi! ) ammo Yozefning ongida hammasi shiddat bilan harakatlanadi. Asardagi har bir obraz bo'shliqni to'ldirishga ko'maklashadi: tergovchilar, sud xizmatchisi, oqsoch ayol, advokat, amakisi, rassom, kapitan Lans ,Leni va hakazo.

Xo'sh , bu "Jarayon" dan ko'zlangan maqsad bormi?

Albatta! "Jarayon" - inson ojizligi, butkul erksizligi, jamiyatga bog'liq holda yashashga mahkum ekanligi! Yozef mana shu jarayon o'chog'iga otildi. Bundan maqsad esa - jamiyatni bor bo'yicha tasvirlash edi! Bu jamiyatda faxsh ham , razolat ham , yovuzlik va jaholat ham , yolg'on va riyokorlik ham ildiz otib ulgurgan. Yozef orqali jamiyatning ko'rinishi aks etdi, o'z qo'lidagi ko'zguga o'zini solgan Yozef esa bunday yashay olmasligini tushundi!

QATL ! Qatl haqidagi hukmni asar boshidayoq Yozefning o'zi birrov tilga oladi. Lekin aybsiz bo'la turib o'z joniga qasd qilishni bema'nilik deb hisoblaydi. Ammo yakun aniq edi. "XUDDI IT KABI!" deganda Yozef haq edi... uning so'nggi so'zlari ham jamiyatni fosh qilishga qaratilgan: insonni ezgan , xo'rlagan jamiyat xuddi bir it kabi o'limni ravo ko'rdi!


Asarda inson intilishlari, orzulari, maqsadlarining chegarasizligini jamiyat "bo'g'ib" turishi ko'rsatiladi, yolg'on, ikkiyuzlamachilik va riyoga burkangan jamiyatdagi inson butkul erkin bo'la olmasligi va mana shu jarayonda o'zligini yo'qotib qo'yish xavfi borligini tasvirlaydi adib. Va Yozef tilidan " Butun tuzumni yolg'on zabt etajak! " deydi.

Ha , haqiqatdan ham oqimga qarshi suzgan odam halokatga mahkum. Yozef esa bu "oqim" da yashay olmasdi. "Jarayon" ni tuzumga qarshi yashirin isyon desa ham bo'ladi. Faqat hamma narsani kitobxon o'zicha tahlil qilishi va anglashi kerak...


Xulosa qilib aytganda , Kafka "Jarayon" orqali inson erkini kishanlayotgan jamiyatga qarshi chiqadi, insoniyatga yetishmayotgan ruhiy sokinlik, tuyg'ular pokligini eslatadi...
Insonlarni bir qolipga solib qo'ygan jamiyatdan voz kechishga chorlaydi...
Nilufar Zokirovna


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish