Taqriz bitiruv ishining dolzarbligi



Download 17,06 Kb.
Sana12.02.2021
Hajmi17,06 Kb.
#58488
Bog'liq
Taqriz


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kasbiy Ta’lim” kafedrasi talabasi

Ergasheva Maftuna Saydullayevnaning

“Axborot tizimlarini integrallashgan himoya tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi bakalavr bitiruv ishiga ilmiy
TAQRIZ
Bitiruv ishining dolzarbligi.

Tarmoqdan samarali foydalanish axborotlashgan jamiyatni asosini belgilab beradi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.

Biroq tarmoqga noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o’zgartirish, yo’qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo’lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog’lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog’lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo’llash, choralarni ko’rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo’llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko’rishi kerak bo’ladi.

BIda bajarilgan ishlar va olingan natijalar haqida qisqacha ma’lumot.


  1. Bitiruv ishining birinchi bo‘limda, suqilib kirishlarni aniqlash texnologiyalarining turlari, Honeynet tarmoq texnologiyasi va darajasi bo’yicha sinflanishi tadqiqi va tahlili ko’rib chiqilgan.

  2. Bitiruv ishining ikkinchi bo‘limda, korporativ tarmoqlarda Honeynetlarni qurish mexanizmlari va ishlash tamoyillari tadqiq etilgan. Bundan tashqari korporativ tarmoqlar uchun Honeynet modeli ishlab chiqilgan. Honeypot modelini korporativ tarmoqlarda qo’llanilish ularni samaradorligi asoslab berilgan.

BIda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra talaba Ergasheva Maftuna Saydullayevna axborot tizimlarini integrallashgan himoya tizimini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega.

BIdagi kamchilik va takliflar. BIdagi kamchilik sifatida:

1. Taklif etilgan suqilib kirishlarni aniqlash texnologiyalarining dasturiy taminoti ishlab chiqilganda bitiruv ishning amaliy ahamiyatini yanada yaxshilagan bo’lardi.

2. Bitiruv ishida foydalanilgan terminlarda ba'zi imlo xatolari mavjud.

3. Nazariy axborot ko'lami keng va ko'proq berilgan, bundan tashqari IDS va IPS tizimlarini ishlash mexanezimlari bilan bog’lab amaliy asoslab keltirilganda maqsadga muvofiq bo'lar edi.



Keltirilgan kamchilik bitiruv ishining umumiy bahosiga ta'sir qilmaydi. Xulosa qilib aytganda talaba Ergasheva Maftuna Saydullayevnaning bitiruv ishi 5330500 – Kasbiy Ta'lim yo’nalish bo’yicha bitiruv ishlariga qo’yiladigan standart talablariga to’liq javob beradi va uning muallifi mazkur yo’nalish bo’yicha akademik bakalavr darajasiga loyiq.

Taqrizchi:

Davlat geologiya axborot markazi” davlat korxonasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'limi boshlig'i.




Erkinov A.E.

Download 17,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish