Taqdimotlarni tayyorlash tеxnologiyalari



Download 43,18 Kb.
bet5/12
Sana03.05.2023
Hajmi43,18 Kb.
#934852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Taqdimotlarni alari

10. Animatsiya effektlari
Ob'ektlarga turli xil animatsiya effektlarini qo'llash mumkin. PowerPoint ning turli versiyalarida effektlar to'plami har xil. PowerPoint 2003 da Enter (ob'ekt slaydda paydo bo'ladi), Exit (ob'ekt slayddan yo'qoladi), tanlash va harakatlanish effektlaridan foydalanadi. Ushbu effektlar to'plami murakkab interaktiv slaydlarni yaratishga imkon beradi. Kirish effektlari quyidagilarga bo'linadi:
... umumiy;
... oddiy;
... o'rtacha Kompyutеr prezentatsiyasi tushunchasi. Har qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida ish rejalari va taklif etayotgan mahsulotlari haqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishga to’g’ri keladi. Bunday vaqtlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur bo’ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qanday dasturiy ta’minot turlaridan foydalanish mumkin degan savol tug’iladi. Matn muxarriri uning barcha muammolarini xal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydalanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli yechimga olib kelishi mumkinmi? Bu muammoni yechishda, ya’ni chiroyli taqdimot tayyorlashda eng samarali va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi – Power Point ADPdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. SHK - reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi. Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida:  qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;  kadoskopda foydalanish uchun kalьkalar;  slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;  cho’ntak daftarchasi;  elektron prezentatsiyalarni olish mumkin. Power Point ADP 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo prezentatsiyalarni yaratishda yetakchi o’rinni tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga qo’shimcha prezentatsiyalarni qo’llashning yangi usullari kiritildi. Power Point ADPdan foydalanayotgan har bir foydala-nuvchi hoh u yangi ish boshlovchi bo’lsa, hoh tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Power Point ADP – ma’ruza qilishda prezentatsiyalarni (taqdimotlarni) tayyorlash uchun xizmat qiladi. Microsoft Power Point da taqdimotlarni yaratish dasturlarining hususiyatlar. Power Point ADP - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Power Point yaratgan hujjatlarini Officening boshqa muxarrirlariga, Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni ham berilgan. Power Point ADP Misrosoft firmasining prezentatsiyalar bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish vaba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan mulьtimedia vositalarini boshqarish va ularni ko’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - s l a y d va p r ye z ye n t a ts u ya tushunchalaridir. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani SHK ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlashdan iboratdir. Slayd - ma’lum bir o’lcham va ma’noga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va ular ketma-ketligini namoyish etish uchun beriladigan fayldir. U ma’ruza, biznes reja va hokazolar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat. Taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyatiga, nutq madaniyatiga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim. 2. Power Point dasturini ishga tushirish Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi» bandidan «Microsoft Power Point» nomli qismi ishga tushiriladi Bu dastur taqdimot yaratish dasturidir. Bunda uzida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion e ffektlar, ovoz, videokliplardan va xk.ni mujassam etgan slaydlardan taqdimotlar ishlab chikish mumkin. Slaydlar shtma- shtligidan xosil bulgan taqdimotni kompьyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish kilish mumkin. Taqdimot yaratish bu slaydlar shtma- shtligini kurish va bezagini berishdir. Bunda taqdimotingiz dizaynini didingizga kura mavjud dizaynlar tuplamidan, rangini ranglar tuplamidan tanlashingiz mumkin. Buning uchun “Dizayn” menyusidan foydalanish kerak.Slayd tuzilishini esa “Bosh menyu”ning “Maket” menyusidan tanlashingiz mumkin. Microsoft Power Point dasturi ishga tushganda oynaning o’ng qismida ko’rgazmalar yaratish uchun muloqot oynasini ko’ramiz. Ko’rgazmalar muloqot oynasi taqdimot yaratishning to’rt xil variantidan birini tanlashni taklif etadi: 1. Power Point «Master» orqali prezentatsiya hosil qilish; 2. Biror shablon ko’rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; 3. Bo’sh prezentatsiya hosil qilish; 4. Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. Har bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo’limlardan birini o’z maqsadiga ko’ra tanlashi mumkin. Bunda ham rang sxemasi, xarf ko’rinishlari, turlari va boshqa parametrlari saqlanib qoladi. Slaydlarga matn kiritish Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bulsangiz) PowerPoint xar bir slaydni namunaviy matn bilan tuldiradi. Bu matnlarni siz uzingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim. Uz matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida dastyorning chap tugmasini bosing. Sung matnni kiriting. Bu dasturda matnli muxarrirlardagi barcha imkoniyatlar mavjud: nusxa olish, shrift, rang tanlash va xk. Yangi prezentatsiyani hosil qilish. Yuqoridagi tartibda bo’sh prezentatsiya hosil qilish uchun «Pustuyu prezentatsiyu» bandi tanlanib, «OK» tugmasi bosilsa, Power Point bo’sh prezentatsiya hosil qilib, uning birinchi slaydining ko’rinishini taklif etadi«Primenitь razmetku slayda» bandidan kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan: - qatorli matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi. - sarlavha, chap tomondan diagramma va o’ng tomondan matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi. Agar siz bo’sh slayd hosil qilmoqchi bo’lsangiz, bandi tanlanib, «OK» tugmasi bosiladi. Yuqoridagi oyna hosil bo’ladi. Ochilgan slaydda kerakli ko’rinishni hosil qilish mumkin. Yangi slayd qo’shish lozim bo’lsa «Standartniy» panelidan «Sozdatь slayd» tugmasi bosiladi, yuqorida aytib o’tilgan tartibda kerakli turdagi slayd tanlanib, yangi slayd hosil qilinadi. Ochilgan oynadan slaydni keraklicha tayyorlash va uni jihozlash mumkin bo’ladi. 3. Power Point dasturining menyulari va ular bilan ishlash Power Point dasturining umumiy ko’rinishi: Sarlavhalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli, rejim tugmachalari va ishchi maydonni ya’ni slaydni o’z ichiga oladi. Oynaning ko’rinishi keltirilgan. Power Point dasturining oynasining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar guruhi joylashgan. Dasturning bu tugmalar vazifalariSlaydlar Slayd rejim tanlanganda ekranda faqat bitta slayd tasvirlanadi. Slaydlar rejimi har bir slaydni ketma-ketlik bilan jihozlab, unda kerakli matnlarni kiritishda juda qulay. Strukturalar Strukturalar rejimi - har bir slayd belgi bilan ifodalanadi. Slayd belgisidan keyin tartib raqami va slayd matni ko’rinadi. Struktura rejimini ko’rgazma strukturasini o’zgartirganda, sarlavha va matnlarni qayta ishlashda qo’llash tavsiya etiladi. Matn slaydini strukturaning beshta darajasiga joylashtirish mumkin. Bu rejimda hamma slaydlarning sarlavhasini va matnini ko’rib chiqishga chalg’imasdan tekshirib chiqish mumkin. Slaydlarni saralash Slaydlarni saralash rejimi hamma slaydlar ekranda kichiklashtirilgan xolatda ko’rinadi. Bu rejim slaydlarning o’rnini almashtirish uslubini o’rnatishda va namoyish vaqtini belgilashda qo’llaniladi. Bundan tashqari bu rejimda slaydlarni o’rnini almashtirish va ularni kerakli joyga ko’chirish imkoniyati mavjud. Belgilar Varoq belgilari rejimi ma’ruza uchun kerak bo’lgan belgilarni tayyorlashda va ko’rib chiqishda qo’llaniladi. Taqdimot yaratayotganda har bir varoqni boshqariluvchi matnlar bilan to’ldirish mumkin. Namoyish Namoyish etish rejimi taqdimotning oxirgi ko’rinishini ko’rish uchun mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranda ketma-ket chiqariladi. Namoyish etish tartibi ko’zlanayotgan maqsadga qarab o’rnatiladi. Animatsiyalar kiritish Power Point dasturida prezentatsiyalarga animatsiyalar kiritish uchun dastlab animatsiyalar panelini ochib olish kerak. Buning uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Effekti animatsii» buyrug’ini tanlash kerak. Ushbu buyruqni tanlashimiz bilan Power Point dasturining topshiriqlar paneli bo’limining ko’rinishi o’zgaradi. U yerda animatsiyali effektlar ro’yhati paydo bo’ladiu ro’yhatdan istagan ko’rinishdagi animatsion effektlarni tanlashimiz mumkin. Eslatma sifatida shuni ta’kidlab o’tish mumkinki biror bir effektni tanlashimiz bilan uning qanday ko’rinishdagi animatsiya ekanligi darhol namoyish etiladi va belgilangan yoki aktiv slaydlar uchun qo’llaniladi. Animatsiyalar ro’yhatining pastki qismida joylashgan «Primenitь ko vsem slaydam» tugmachasini bosish bilan tanlagan animatsiyamizni hamma slaydlar uchun qo’llashimiz mumkin. «Prosmotr» tugmachasini bosish bilan yana bir bora slaydimizga kiritgan animatsiyani ko’rishimiz mumkin. «Pokaz slaydov» tugmachasining vazifasi esa qilingan ishlarni namoyish etishdir. Ya’ni katta ekranda ko’rsatish. Bu vazifani klaviaturadan «Shift+F5» tugmachasi ham bajaradi. E’tibor beradigan bo’lsak oynaning pastki qismida joylashgan «Avtoprosmotr» bo’limiga belgi qo’yilgan holatda turibdi. Agar biz ushbu belgini olib qo’yadigan bo’lsak, animatsiyani tanlashimiz bilan uning qanday animatsiya ekanligi bizga namoyish etilmaydi. Animatsiyalarni sozlash uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Nastroyka animatsii» buyrug’ini tanlaymiz. Ushbu «Nastroyka animatsii» buyrug’ini tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning «Dobavitь effekt» – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki ob’ektimizga yangi animatsiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani tanlashimiz bilan kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animatsiyalarni kirishda yoki chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin. Misol tariqasida kirishga animatsiya qo’yishni ko’radigan bo’lsak «Vxod» bo’limini tanlashimiz bilan yana yoniga yangi kontekst menyu ochiladi. Ushbu kontekst menyudan animatsiyalarni tanlashimiz mumkinBu yerda berilganlardan tashqari boshqa animatsiya tanlamoqchi bo’lsak «Drugie effekti» bo’limini tanlashimiz kerak bo’ladi. “Drugie effekti” bo’limini tanlashimiz bilan yangi effektlarni tanlash “Dobavlenie effekta vxoda” muloqot oynasi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan muloqot oynasidan qo’shimcha effektlardan o’zimizga yoqqanini tanlab «OK» tugmachasini bosish bilan ishni yakunlaymiz. «Vixod» bo’limidan ham chiqish uchun animatsiyalarni shu tartibda bajarishmiz mumkin. «Udalitь» – o’chirish bo’limidan esa qo’yilgan animatsiyalarni o’chirib tashlashimiz mumkin. «Nachalo» – boshlash bo’limidan qo’yilgan effektlarni namoyish vaqtida qay vaziyatda boshlanishini belgilashimiz mumkin (8.6- rasm). Ya’ni, agar hohlasak har bir effektni boshlash uchun klaviaturadagi yo’naltiruvchi tugmachalar yoki sichqonchani tugmachasini bosib turib o’tkazishga sozlashimiz mumkin. Buning uchun «Nachalo» bo’limidan «Po щelchku» holatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Agar effektlarni birin-ketin avtomatik tarzda namoyish etilishini hohlasak «S prediduщim» holatini tanlashimiz kerak bo’ladi. Effektlarni ma’lum vaqt oralig’ida chiqishini ta’minlamoqchi bo’lsak «Zapuskatь posle prediduщego» holatini tanlashi-miz kerak. Effektlarni boshqa xossalarini ya’ni oraliq vaqt va boshqalarini o’rnatish uchun «Zapuskatь posle prediduщego» ustiga kelib sichqonchani o’ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyu hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan kontekst menyudan «Parametri effektov» bo’limini tanlaymiz. Natijada effektlarni qo’shimcha xossalarini o’rnatish muloqot oynasi paydo bo’ladiMuloqot oynasi uchta banddan iborat bo’lib, ular effekt, vaqt va matn animatsiyasidir. «Effekt» bandidan animatsiyalarni qo’shimcha parametrlari o’rgatiladi. Masalan ovoz qo’shish yoki animatsiyadan keyingi holatni belgilash mumkin. «Vremya» bandidan esa animatsiyalar oralig’idagi vaqtlarni sozlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. «Animatsiya teksta» bandidan esa matnlarni effektlarini belgilashimiz mumkin. Masalan, hamma matnlarni bitta ob’ekt ko’rinishida belgilash yoki alohida abzatslar ko’rinishida belgilash kabi. «Poryadok» tartiblash bo’limidan ob’ektlarni animatsiya paytidagi navbatini o’zgartirishimiz mumkin. «Prosmotr» tugmachasini tanlash orqali slaydga qo’yilgan effektlarni yana bir bor ko’rish, tekshirish imkoniyati bor. «Pokaz slaydov» tugmachasini bosish bilan aktiv slaydni namoyish etib ko’rish mumkin. Bu ishni klaviatura orqali «Shift+F5» tugmachalari kombinatsiyalaridan foydalanib ham amalga oshirishimiz mumkin. «Pokaz slaydov» menyusidan «Smena slaydov» bandiga murojaat etsak oynaning o’ng qismida «Smena slaydov» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oyna orqali biz har bir slaydga yoki alohida slaydlarga effektlarni belgilashimiz, ularga vaqt belgilashimiz va ovoz berishimiz mumkin Belgilangan tartibda chiqishlarini sozlashimiz mumkin. Tayyorlamoqchi bo’lgan prezentatsiyamizni qanchalik darajada kishi e’tiborini jalb qilishi uning foniga bog’liqdir. Fon o’rnatishda Power Point dasturining tayyor shablonlaridan ham foydalanish yoki o’zimiz tayyorlagan ixtiyoriy rasmni fon sifatida foydalanishimiz mumkin. Power Point dasturining tayyor shablonlaridan foydalanish uchun formatlash uskunalar panelida joylashgan «Konstruktor» - slaydlar quruvchisi uskunasini tan-laymiz. Natijada topshiriqlar panelida «Slayd dizayneri» paydo bo’ladi. Biz esa «Slayd dizayneri» panelidan «SHablon oformleniya» bo’limini tanlaymiz. Ko’p holda avtomatik tarzda shu bo’limning o’zi tanlangan holatda bo’ladi. «SHablon oformleniya» bo’limining pastki qismida turli xil ko’rinishda shablonlar joylashgan bo’ladi. Ulardan o’zimizga yoqqanini sichqoncha yordamida tanlab slayd uchun qo’llashimiz mumkin. Bu panelь orqali hosil qilingan ob’ektlarni har birini xossalari mavjud bo’lib, ular shu Расм Клип Фото альбом Шакл Smar tArt Диаг рамм ob’ekt ustiga kelib sichqonchaning o’ng tugmasini bosganda hosil bo’lgan menyudan «Format avtofiguri» qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun hamma xossalarini o’zgartirish imkoniga ega bo’lamiz. Rasmni slaydga kuyganingizdan sung siz oddiy usul bilan uning ulchami va joyini uzgartirishingiz mumkin. SHunga uxshash xolda taqdimotga diagramma, klip, audio- va videofayllar va boshka elementlar kushishingiz mumkin. Buning uchun "Vstavka” menyusi imkoniyatlarini mustakil ravishda urganishingizni tavsiya kilamiz. Power Point dasturining o’zida bo’lgan rasmlar to’plamidan biror rasmni joylashtirish uchun «Standartniy» panelidan «Dobavitь kartinku» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. «Dobavitь kartinku» tugmasini bosganda quyidagi oynani ekranda ko’ramiz Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Vstavitь» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi. 2. Agar o’zimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmoqchi bo’lsak, menyuning «Vstavka» bandidan «Risunok» bandi va bu banddan «Iz fayla...» qism bandini tanlasak, quyidagi oynasi hosil bo’ladi n kerakli faylni tanlab «Dobavitь» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnda qo’yiladi. Slaydga ob’ektlarni joylashtirish Power Point dasturida Windows qo’llab quvvatlagan har qanday ob’ektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point dasturi menyusining «Vstavka» bandidan «Ob’ekt...» qismi quyidagicha tanlanadi u oynadan slaydda joylashtiriladigan ob’ekt turi tanlanadi va «OK» tugmasini bosib, kursor turgan joyda ob’ekt joylashadi va uni o’zgartirish uchun shu ob’ektning muxarriri ochiladi. Agar biz matnga oldindan tayyorlangan ob’ektni joylashtirmoqchi bo’lsak, shu oynadan «Sozdanie iz fayla» bandini yuklatib, ob’ekt saqlangan faylni ko’rsatishimiz kerak va OK tugmasi orqali ushbu ob’ekt matnimizga qo’yiladi. Power Point dasturi prezentatsiyalarga ovoz va filьmlarni biriktirish mumkinligi haqida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun «Vstavka» menyusiga kiramiz va bu menyudan «Filьmi i zvuk» bo’limini tanlaymiz. Natijada o’ng tomoniga yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo’lim va buyruqlar joylashgan Misol tariqasida fayldan ovoz o’rnatishni ko’rib chiqaylik. Buning uchun «Zvuk iz fayla» bandini tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo’ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab «OK» tugmasini bosamiz. Natijada so’rov muloqot oynasi paydo bo’ladi. Agar ushbu so’rov oynasidan «Avtomaticheski» tugmachasini tanlasak qo’yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar «Po щelchku» tugmasini tanlasak qo’ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz tugmasini ustida sichqonchani chap tugmachasini bir marta bosamiz. Power Point dasturida prezentatsiyalarga o’zingiz ovoz bermoqchi bo’lsangiz «Pokaz slaydov» menyusidan «Zvukozapisь» bandini tanlaymiz va ochilgan oyna yordamida uni sozlaymiz Power Point dasturida boshqa dasturlardagi kabi jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni ham kiritish va ularni taxrirlash mumkin. Bu standart uskunalar panelidagi quyidagi piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi:  MS WORD MS Excel tugmachalardan birini tanlab olinadi yoki jadvalli slayd tanlanadi;  jadvalning kerakli ustun va satr parametrlari tanlab olinadi va ekranda xosil bo’lgan jadvalga sonli va matnli qiymatlar kiritiladi;  jadvalga o’zgartirishlar kiritiladigan bo’lsa, jadval faollashti-riladi, ya’ni sichqonchaning ko’rsatkichi jadval ustida ikki marta bosiladi; Diagramma – bu jadvaldagi sonlarning grafik ifodasi bo’lib, taqdimotni yanada tushunarli va ko’rgazmali ifodalashda juda muhim hisoblanadi. Uni tuzish quyidagicha bajariladi:  diagrammani qo’yish uchun zarur bo’lgan slayd umumiy ko’rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari orqali tanlanadi.  uskunalar panelidan tugmachani bosib, kerakli ko’rinishdagi diagramma tanlanadi. Parametrlarini o’rnatib, qiymatlari kerakligicha kiritiladi;  diagramma kattaligi o’zgartirilib, kerakli slaydga joylashtiriladi Taqdimotni namoyish kilish Taqdimotni tuzib bulgandan sung uni namoyishini kurish vakti keldi. Uning uchun namoyish parametrlarini urnatish kerak. Buning uchun "Pokaz slaydov” menyusiga kirib “Nastroyki demonstratsii” menyusi tanlash kerak. ^osil bulgan darchada sozlashlar tanlanadi. taqdimotingizni slayddan slaydga sizning buyrugingizsiz utmaydigan kilib moslashtirishingiz mumkin. Bu, agar siz taqdimot davomida uzilishlar bulishi mumkin - deb uylasangiz foydadan xoli emas. SHu usul bilan siz butunlay taqdimotni boshkarishingiz mumkin. Aksincha, agar xoxlasangiz, slaydlar avtomatik ravishda uzi ketma-ket kursatiladigan kilib moslashtirishingiz mumkin. Fakat bundan oldin siz slaydlarning utish oraligini tekshirib («repetitsiya» kilib) urnatishingiz kerak buladi. Taqdimotingiz tayyor bulgandan sung uni ishga tushirish uchun taqdimotni kursatishni boshlash (Nachatь pokaz slaydov) menyusini tanlashingiz yoki F5 tugmasini bosishingiz kerak. SHunda mexnatingiz maxsulidan baxramand bulasiz. Taqdimot namoyishidan chikish uchun Esc tugmasini bosish kerak. Taqdimotni chop etishga tayyorlash Taqdimotni chop etishdan avval uning parametrlarini o’rnatish kerak. Buning uchun «Fayl» menyusidan «Parametri slayda» tanlanadi. «Parametri slayda» muloqot oynasidan to’g’ri keladigan qog’oz o’lchamlari va uning yo’nalishlari tanlab olinadi Darchaning yuqori qismiga e’tibor bering, u yerda mos printer ko’rsatilganligiga ishonch hosil qiling va quyidagilardan foydalaning: - chop etish. Siz har bir slaydni alohida qog’ozga chop etishni xohlaysizmi? Yoki bir vaqtda ikkita, uchta yoki oltita slaydni chop etib, qog’ozni tejashni xohlaysizmi? Yoki betlarni kamchiliklar – mulohazalar bilan chop etasizmi? Quyidagi ro’yhatdan o’zingiz xohlagan chop etish usulini tanlang. - nusxalash soni. Kerakli nusxa sonini bering va agar kerak bo’lsa ularni taxlab chiqing. «Razrabotatь po kopiyam» maydoniga belgi qo’ying. Nusxalarni ko’p miqdorda olmoqchi bo’lsangiz ko’paytirish texnikasidan foydalanish kerakligini yodda tuting:  chop etish diapozoni. Siz barcha taqdimotlarni yoki tanlagan slaydlarni chop etishingiz mumkin;  berkitilgan slaydlarni chop etish. Agar siz auditoriyaga o’zingiz berkitgan slaydlarni ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, u holda bu maydonga belgi qo’ying;  oq-qora rangli slaydlaringiz bo’yog’i kulrang tusga o’zgartirilgan bo’ladi;  varoq bo’yicha masshtablash. Agar tanlangan qog’ozingizga slaydlar sig’masa yoki uning ozgina qismini egallasa, bu maydonda belgi qo’ying va Power Point dasturining o’zi sahifani maksimal to’ldirishni ta’minlab beradi;  slaydlarni hoshiyalang. CHop etilayotgan slayd nusxalari ingichka hoshiya ichiga joylashtiriladi. Elementning bir turini, masalan, slaydlarni chop etib bo’lib, yana shu muloqot darchasiga qayting va qilganlar. Dunyoda, xususan, Rossiyada PowerPoint dasturini etarlicha baholamaslik muammosi taqdimotni ishlab chiqishning murakkabligini noto'g'ri tushunishdan kelib chiqadi. Spektakl oldidan taqdimotni bir kechada tayyorlash mumkin degan afsona bor. Ushbu stereotipni buzish kompaniyalarning marketing bo'limlari uchun asosiy muammo hisoblanadi.Ko'rinishidan, ushbu maqolada taqdimotlar yaratish uchun tavsiflangan ijobiy omillar yaxshi ma'lum. Shunga qaramay, bir nechtasi o'z taqdimotlarini tomoshabinlar tomosha qilish uchun qulay bo'ladigan tarzda o'tkazishga harakat qilishadi va oxir-oqibat, auditoriyaga qaratilgan, ularning qiziqishlari va materiallarni idrok etish qobiliyatini hisobga olgan holda, umuman muvaffaqiyatli va samarali taqdimotning kalitidir.Sizga muvaffaqiyatli taqdimotlar!
"Impress-da taqdimotlar yaratish" - Oynaning joylashuvi va hajmi. Shakllarni guruhlash. Effektlar oynasi. Slaydga o'tish effektlarini qo'llash. Animatsiya effektlarini qo'llang. Namoyish sozlamalari oynasi. Oynani raqamlash va yorliqlash. Slayd ustasini qo'llash. Paragraf oynasi. Impress dasturi oynasi. Giperhavola kiriting. Shakllarning joylashishini o'zgartirish. Belgilar oynasi. "Taqdimot dizayni" - Polar mintaqasi dizayn shabloni shunday ko'rinadi. Taqdimotni ko'rish rejimlari: Saralash (Ko'rish menyusi). Taqdimotingiz uchun sarlavha va sarlavhali slaydga qo'shmoqchi bo'lgan boshqa ma'lumotlarni kiriting. Eskizlarni tartibda siljiting. Bitta taqdimotdan slaydlar bitta faylda saqlanadi. Dizayn shablonlar. Masalan, matn harf, so'z yoki paragraf bo'yicha ko'rinishini ta'minlashingiz mumkin."Slayd dizayni" - Xizmatlar. Bo'sh slayd. Qizil prospekt. Do'stlar. Tsikl sxemasi. Dasha. Slayd dizayni. Issiq yomg'ir qor isishi. Yil fasllari. Bahor Kuz Qish Yoz. Trening jadvali. Ishlatilgan illyustratsiyalar. Piramida. Radial sxema. Yozgi tog'lar ko'li. Avtoshakllar. Fon, dizayn shablonlari, rang sxemalari.Taqdimot foni — WordArt shakli va o‘rnini o‘zgartirish. Slaydni ko'chirishda yangi taqdimot, fon yo'qoladi. Gradientni to'ldirish. Taqdimotda fon rangini qanday o'zgartirish mumkin. Bunday holda, 3D o'q. Giperhavola rangini o'zgartiring. Giperhavola har qanday ob'ektga tayinlanishi mumkin. Taqdimot uchun boshqaruv tugmalarining turlari.
Slaydlar yaratish dasturi" - Matnni formatlash. Mavjud taqdimotni ochadi. Slaydlar: ko'paytirish va o'chirish. Dasturlar. Chizish boshqaruv paneli. Taqdimotlar yaratish uchun dastur. Buyruqlar muloqot oynasi sizga quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: Shablon taqdimotingiz tarkibi va tartibini belgilaydi. Belgilash tavsifi berilgan maydon. Taqdimot - vizual tasvirlar bilan birga bo'lgan nutq, tinglovchilarga ma'lumot etkazish va / yoki ularni taqdimot tashkilotchisi uchun zarur bo'lgan muayyan harakatlarga ishontirishga qaratilgan".Qoida - "Sxema, rasm, grafik, jadval, matn" Avvalo, ma'lumotni diagramma shaklida qanday taqdim etish haqida o'ylab ko'ring? Bu diagramma sifatida ishlamaydi, uni rasm, grafik, jadval bilan qanday ko'rsatishni o'ylab ko'ring. Ma'lumotni ko'rsatishning oldingi barcha usullari sizga mos kelmasa, taqdimotlarda matndan foydalaning. Taqdimot og'zaki ma'ruza matnini takrorlamasligi kerak! Tinglovchilar yo o'zlari o'qiydilar, keyin esa sizning takroriy o'qiganingizdan bezovta bo'lishadi, Yoki sizni tinglaydilar, keyin esa slayddagi o'xshash matndan chalg'ishadi O'qish - tomoshabin uchun uyqu dori! Taqdimot matn, gipermatnli havolalar, kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va saundtrekning (lekin barchasi birgalikda bo'lishi shart emas) kombinatsiyasi bo'lishi mumkin, barchasi bitta muhitda tashkil etilgan. Bundan tashqari, taqdimot ma'lumotni oson qabul qilish uchun tashkil etilgan syujet, ssenariy va tuzilishga ega. Taqdimotning o'ziga xos xususiyati uning interaktivligi, ya'ni boshqaruv elementlari orqali foydalanuvchi uchun yaratilgan o'zaro ta'sir qilish imkoniyatidir. oydalanish joyiga qarab, taqdimotlar ma'lum xususiyatlarda farqlanadi.
mustaqil o'rganish uchun yaratilgan taqdimot o'ziga xos barcha elementlarni o'z ichiga olishi, tarmoqlangan tuzilishga ega bo'lishi va taqdimot ob'ektini har tomondan ko'rib chiqishi mumkin. U, qoida tariqasida, gipermatn elementlari yordamida amalga oshiriladi.
Voqea yoki hodisani qo'llab-quvvatlash uchun yaratilgan taqdimot, shuningdek, multimediya va masofadan boshqarish elementlarining mavjudligi nuqtai nazaridan soddaligi bilan ajralib turadi, odatda matnni o'z ichiga olmaydi, chunki matn taqdimotchi tomonidan aytiladi va uning so'zlarini tasavvur qilish uchun xizmat qiladi.Video demosi uchun yaratilgan taqdimot tarkibida mavjud emas interaktiv elementlar, taqdimot obyekti haqidagi videoni o'z ichiga oladi, matn va audio trekni ham o'z ichiga olishi mumkin. Bunday taqdimotning bir turi tijoratdir.Mobil ilova formatida taqdimot telefonlar va smartfonlar ko'rinishi bilan yaratilgan portativ qurilmalar(kichik ekran hajmi, cheklangan xotira maydoni va boshqalar) va MMS yoki bluetooth orqali yuborilishi mumkin.Taqdimotlarning boshqa turlari ham mavjud. Ammo bajarilishidan qat'i nazar, har bir mustaqil taqdimot o'z maqsadini aniq bajarishi kerak: taqdimot ob'ekti haqida kerakli ma'lumotlarni etkazishga yordam berish.Mulohazalar yozilgan betlar, slaydlar tarkibi yoki taqdimot slaydlarini o’zini chop eting. Elektron o’quv adabiyotlarini yaratishda hozirgi kunda asosan quyidagi dasturiy paketlardan foydalanilmoqda: HTML; Macromedia Dreamwesver MX; Macromedia Authoware Professional; Page Whiz; 3ds Studio Max; Microsoft Publisher; Power Point. O’quv jarayonida fanlarni o’qitishda quyidagi elektron o’quv materiallarini ishlatish ko’zda tutilmoqda: ma’ruzalarni namoyish etish; videodarsliklar; videofilьmlar; elektron darsliklar. Elektron darsliklar modullilik tamoyili bo’yicha quriladi va o’z ichiga matnli, audio qismni, grafikani ya’ni, statik sxemalar, chizmalar, jadvallar va rasmlar, animatsiyani, tabiiy videoyozuvlarni, hamda interaktiv blokni oladi. Kompьyuter animatsiyasini ishlatish o’quv jarayonini qiziqarli, yorqin va yanada samaraliroq o’tkazish imkonini beradi. Elektron darsliklarda interaktiv qism muhim rolni o’ynaydi. Interaktiv materiallar alohida modulga yig’ilgan, unga murojaat qilish fanning istalgan qismidan mumkindir. Fanni o’qitishni turli bosqichlarida - joriy, oraliq yoki yakuniy bosqichlarda, treninglarda va testlarni o’tkazishda - bilimlarni o’z-o’zidan nazorat qilish vositasi bilan o’qitish uchun elektron o’quv qo’llanmallari muhim rolni bajaradilar. Power Point dasturida yaratilgan elektron darsliklar ovoz va animatsiyadan samarali foydalanish imkonini beradi. Elektron darsliklarni yaratishda foydalanuvchi uchun qulaylik yaratish maqsadida dasturda maxsus boshqaruvchi tugmalar berilgan bo’lib ular yordamida darslikni varoqlashda qulaylik yaratamiz. Buning uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Upravlyayuщie knopki» bandi orqali o’zimizga kerakli tugmalarni har bir slaydga joylashtiramiz Elektron darslikdan foydalanayotganda o’zimizga qulaylik yaratish, xohlaganimizcha uni sahifalariga oson o’tishimiz imkoniyatini yaratishimiz kerak. Boshqaruvchi tugmalar orqaga va oldinga varoqlashda va mundarijaga murojat etishda elektron darslikning kerakli bobiga, sahifasiga o’tish, jadvallar va rasmlar tasvirini yanada qulay ko’rishimizda bizga qulaylik yaratadi. Tugmalar bosilganda ovozli effektlarni ham berishimiz mumkin. Hujjatlarni shakllantirish va uni har xil ko’rinishda tasvirlash maqsadida foydalaniladigan dasturlarga таhrirlovchi dasturlar deb ataladi. Tahrirlovchi dasturlarni ikki guruhga ajratish mumkin: ichki va tashqi tahrirlovchi dasturlar. OT o’z ichiga olgan TDlar, ichki va ОT dan tashqaridagi TDlar, tashqi Тdlar deb ataladi. Misol sifatida ichki ТDga Windows ОTda mavjud bo’lgan Write (yozuv) dasturini, tashqi Tdga esa Leksikon, Foton, Bloknot, Word kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. Ichki Tdlarning imkoniyati tashqi Tdlarga nisbatan ancha chegaralangan bo’ladi. Tashqi Tdlar formatlash imkoniyatiga ega. Ichki Tdlarda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Formatlash deganda hujjatni har xil ko’rinishda ifodalash imkoniyati tushuniladi. Microsoft Word eng mashhur matnlar ustida ishlash dasturiy ta’minot ilovasidir. Matnlar ustida ishlash dasturiy ta’minoti matnli fayllarni yaratish, o’zgartirish, formatlash, nashr qilish va saqlash uchun xizmat qiladi. Word protsessorlari eng ko’p tarqalgan dasturiy ta’minot ilovalaridan hisoblanadi. Ular ichidan eng mashhurlari: Microsoft Word; Writer; Wordpad; Text Editor; Star Word. Bu dasturda hosil qilingan hujjat Dokument(Hujjat) deb ataladi va u .doc kengaytmasiga ega bo’ladi. Word dasturida turli xil grafiklar chizish, ularga izohlar yozish, ularni har xil ko’rinishda formatlash, ya’ni o’zgartirish imkoniyati mavjud. Bir necha grafiklar yordamida bitta murakkab shakl hosil qilish mumkin. Odatda bu shakl ob’ekt deb ataladi. Ob’ekt o’z ichiga faqat oddiy figuralarni emas, balki ularga yozilgan izohlarni ham oladi. Ob’ektlar yasash uchun Word oynasining eng pastki qismida joylashgan quyidagi tugmachalar majmuidan foydalaniladi. Agar bu tugmachalar Word oynasida mavjud bo’lmasa, instrumentlar panelini sozlash orqali ularni hosil qilish mumkin: Вид  Панели инструментов  Рисование tugmachasiga √ belgisi qo’yiladi Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli ma’lumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy ta’minotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, ba’zan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy ta’minotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik 1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda e’lon qilingan.Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy ta’minotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin. Hozirgi kunda Microsoft Wordga 3 turdagi himoya qoʻyish mumkin:
Hujjat ochish uchun himoya
Hujjat oʻzgartirish uchun himoya
Qaydlar va toʻg’irlash kiritish uchun himoya(2003 va quyi versiyalar uchun). Yangi MS Word 2007/2010 versiyalarida bu himoya turi “Formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya” deb nomlanadi.
MS Word versiyalaridan qat’I nazar “hujjat oʻzgartirish uchun himoya” va “formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya”ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa “hujjat ochish uchun himoya” ta’minlab beradi.
MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.
MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.
Kompyutеrda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sеkinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yеchish uchun bizga tеzkor tugmalar yordam bеrishadi. Tеzkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tеzkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab dеb qoʻyiladi Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud bo’lgan xarf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq o’ng tomonga suriladi. Satrning o’ng chegarasiga etilgandan so’ng matn avtomatik ravishda keyingi satrga o’tadi. Bosh xarflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud:
Home — sаtr bоshigа оlib kеlаdi
End — sаtr охirigа оlib kеlаdi
Ctrl+Home — hujjаt bоshigа
Ctrl+End — hujjаt охirigа
PgUp — bir sахifа yuқоrigа
PgDown — bir sахifа pаstgа
Ctrl + — bittа so’z оldingа
Ctrl + — bittа so’z оrқаgа
Ctrl + — bir аbzаts оldingа
Ctrl + — bir аbzаts оrқаgа
Backspase — Matnni oxirgi harfidan boshlab o’chiradi
Delete — Matnni birinchi harfidan boshlab o’chiradi
Insert — bu tugma yordamida qoldirib ketilgan belgilarni o’rniga qo’yish yoki ularni boshqa belgilar bilan almashtirish mumkin
Funksiоnаl klаvishlаr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Word dasturida funksional tugmalar mavjud bo'lib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: F1 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilsа, yordаmchi yoki mа’lumоt оynаsi оchilаdi.

Download 43,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish