Taqdimotlar yaratish


PowerPoint da matnlarni kiritish



Download 0,61 Mb.
bet6/10
Sana16.09.2021
Hajmi0,61 Mb.
#175441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot. Taqdimot yaratish.

PowerPoint da matnlarni kiritish.


Ajratilgan sohaga matn kiritish va matnli annotatsiyani kiritish urtasidagi asosiy farqi jarayonni qanday boshlashda bо‘ladi. Slaydning asosiy qismiga matn kiritish uchun ajratilgan sohaga sichqoncha tugmasini bosib kiritishni boshlash mumkin. Matnli annotatsiya yaratish uchun esa, asboblar oynasidan «Tekst» tugmasini tanlab, matnli blokni kiritish mumkin. Slaydni sharxlash uchun istagancha matnli bloklarni kо‘yish, sо‘ngra esa ularni boshqa ob’yektlar singari ko‘chirish yoki joyini almashtirish mumkin. Slaydni izohlar bilan to‘lib ketishini oldini olish mumkin, ya’ni hamma izohlarni bir slaydga to‘plab, bu slaydni prezentatsiya vaqtida zaruriyat tug’ilgandagina ko‘rsatish mumkin.

Matnli bloklarni qushish va unga matnli annotatsiyani kiritish uchun quyidagi qadamlar bajariladi:

Slaydlar rejimida matnli blok qо‘yiladigan slaydga o‘tish;

“Risovaniye” asboblar oynasidan “Tekst” tugmasini bosish.

Sichqon ko‘rsatkichini blok qо‘yiladigan joyga qo‘yib, sichqonning chap tugmasini bosiladi va uni qo‘yib yubormasdan ko‘rsatkichni to‘rtburchak hosil bo‘lguncha tortiladi. Agar bir yoki ikki so‘zli qisqa matn kiritish kerak bo‘lsa, slaydning ichiga sichqon tugmasi bosiladi, bunda kichkina matn bloki hosil bо‘ladi, ko‘rsatilgan matnli blok sichqon ko‘rsatkichini tortish natijasida hosil qilingan. Shundan so‘ng annotatsiya matnini kiritish mumkin. Matnli annotatsiya yaratishni tugatish uchun slaydning ihtiyoriy joyiga yoki boshqa matnli blok kiritish uchun qaytib, “Tekst” tugmasiga sichqoncha tugmasini bosiladi.

Matnli annotatsiyani matnini kiritishdan oldin yoki kiritgandan keyin formatlash mumkin. Boshqa ilovalardagidek, PowerPoint da ham matnli blok ichidagi matnni formatlashda “Format” menyusi buyruqlaridan, “Format” asboblar oynasi tugmalaridan yoki kontekstli menyudan foydalanish mumkin.

Ma’lumki, mavjud matnni formatlash uchun avval uni belgilash kerak. Matnli blok ichidagi matnning bir qismini belgilash uchun sichqonni shu matn ustidan yuriting. Tо‘liq matnli blokni belgilash uchun uning ramkasiga sichqon tugmasi bosiladi.

PowerPoint dasturi matnli bloklarni formatlash, ko‘chirish va masshtablashda asosan qulay hisoblanadi. Masalan, matnli bloklarni slaydning ihtiyoriy joyiga ko‘chirish mumkin, bunda u boshqa ob’yektlarni ustidan tushib qolishi mumkin. Matnli blok ulchamini katta va kichik matnlarni sig’dirish uchun mos holda kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Ramkaning kо‘rinishini о‘zgartirish, blokni bo‘yash uchun PowerPointda ancha katta tanlov imkoni mavjud. Blokni ko‘chirish uchun, uning ramkasiga ikkita markeri orasiga ko‘rsatkichni urnatiladi va kerakli joyga ko‘chiriladi. Matnli blok ulchamini о‘zgartirish uchun esa, uning markerlaridan birini kerakli yо‘nalishga harakatlantirish kifoya. Elektron yoki 35 mm li prezentatsiyalar bo‘lishidan qat’iy nazar, jimlik qoidasi bо‘yicha, ekranga matnli blokning faqat matni chiqariladi. Blokning o‘zi esa uning ramkasi va rangi formatlanmagani uchun kо‘rinmaydi. Ularni formatlash uchun esa, matnli blokni belgilab, “Risovaniye” asboblar oynasidan “Svet zalivki” yoki “Svet linii” tugmalarini bosish kerak.

14-rasm.


Shuningdek, ramkaga soya berish uchun “Ten” tugmasidan foydalanish mumkin. Matnli blok ramkasi stilini о‘zgartirish uchun “Tip lini” va “Punktir” tugmalarini ishlatish kerak. «Format» menyusidagi «Sveta i linii» buyrugi ham xuddi “Svet zalivki” va “Svet linii” larday ishlaydi, lekin ularning hammasi bir joyga yig’ilgan (14-rasm). Undagi “zalivka ruyxati”dan bo‘yash rangini, fon, uzor va tekstura ranglarini tanlash mumkin, “Tip” va “Strelki” ruyxatlaridan esa, chiziq stilini tanlash mumkin.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish