PowerPoint ning boshqa amaliy dasturlar bilan o‘zaro aloqasi.
Prezentatsiyada elektron jadvalini qo‘llash uchun Excel, Word 2013 dasturlarining yordami kerak bo‘ladi, chunki jadvalni boshqa joyda tuzib prezentatsiyaga joylashtirish mumkin.
Word 2013 - jadvalni Power Point da ishlatish.
PowerPoint da jadval tuzish mumkin. Lekin agar jadval Word 2013 da tuzilgan bo‘lsa. Uni prezentatsiyada qo‘llash mumkin. OLE texnologiyasi imkoniyatidan foydalanib, Word 2013 jadvalni slayd bilan bog’lash mumkin.
OLE qisqartirlgan so‘z bo‘lib ob’yektlarni bog’lash va tadbiq etish (object linking and embedding) mazmunini anglatadi.
Windows dagi biror faylni bir dasturdan ikkinchi bir dasturga olib ihcham qilib joylashtirish imkonini beradi.
Agar biz shu kabi axborotlarni tadbiq etsak, u holda bu axborot saqlanayotgan joyidagi barcha xujjatlar bilan birga uzatiladi. Agar u bog’lansa, biz uni xohlagan joyda saqlashimiz va u bilan ota-ona dasturida ishlashimiz mumkin. Har gal bu bog’langan xujjatni ochishda, bu xujjat avtomatik ravishda yangilanadi.
PowerPoint jadvalini tuzish qiyin emas: fakat “Sozdat slayd i vibrat slayd s tablitsey” tugmachasiga murojaat qilish kifoya. Word 2013 jadvalini slaydga qushish biroz murakkab. Jadvalni slaydga joylashtirishdan oldin Windows dasturidagi “Bufer obmena”da nusxasini olish darkor. Bu jarayon quyidagi ko‘rinishga ega:
1. Kursorni xohlagan joyga qo‘yib, Word 2013 da jadvalni qoraytiramiz va “Tablitsa”, “Videlit tablitsu”larni tanlaymiz.
2. Crtl+C ni bosamiz yoki “Pravka”, “Kopirovat”larni tanlaymiz. Natijada qoraytirilgan jadval “Bufer obmena”da nusxalanadi.
3. PowerPoint dasturi ishga tushiriladi. Buning uchun Office asboblar panelidagi PowerPoint tugmasi bosiladi.
4. Slaydlarni ko‘rish rejimida o‘tiladi va jadvalni o‘rnatmoqchi bo’lgan yoki “Sozdat” slayd tugmasidan foydalanib, yangi slayd yaratilmoqchi bo’lgan slayd topiladi.
5. “Pravka”, “Spetsialnaya vstavka” tanlanadi.
6. “Ob’yekt” “Dokument” Microsoft Word 2013 da sichqoncha tugmasi bosiladi, keyin “Svyazat selector” tugmasi bosiladi. “Vstavit”ni tanlagach, biz jadvalni tadbiq etamiz va boshlang’ich xujjatlar bilan barcha aloqalarni uzamiz.
7. “OK” tugmasini bosamiz.
Bog’lanish yaxshi qo‘llaniladigan hollar shuki, agar joylashtirilgan jadvaldagi ma’lumotlarni ko‘p marta tahrirlash to‘g’ri kelsa.
Lekin Word 2013 jadvalni prezentatsiyaga nusxalash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Word 2013 da jadval qoraytiriladi;
2. “Ctrl+C” bosiladi yoki “Pravka”, “Kopirovat” tanlanadi;
3. PowerPoint ga utiladi;
4. Bizga kerakli slaydga o‘tiladi;
5. Slaydni ko‘rish rejimiga o‘tiladi;
6. “Ctrl+V” bosiladi yoki “Pravka”, “Vstavit” tanlanadi (buferdagi jadvalni chiqarish uchun).
Dasturlararo ma’lumotlarni uzatish uchun biz ko‘p marta “Bufer obmena” yordamiga muhtoj bo‘lamiz. Excel elektron jadvalini slayd bilan ulash uchun Excel elektron jadvalini ochib, quyidagi qadamlarni bajarish kerak:
1. Nusxalanuvchi yacheykalar qoraytiriladi, “Bufer obmena”ga nusxa ko‘chirish uchun “Ctrl+C” bosiladi.
2. PowerPointga ko‘chiladi, slaydlarni saralash rejimida.
3. Elektron jadval joylashadigan yoki yangi slayd yaratilgan slaydga o‘tiladi.
4. “Pravka”, “Spetsialnaya vstavka” tanlanadi.
5. Microsoft Exceldagi “Ob’yekt List”da chiqillatiladi va “Svyazat selector” tugma bosiladi.
6. “OK” tugmasida chiqillash bajariladi.
Bizga aloqa talab qilishmasa, u holda muammo yo‘q. Yuqorida keltirilgan qadamlarni takrorlash kerak. Lekin 5 - qadamda “Vstavit” tugmasi bosiladi “Svyazat” tugmasi emas). Ma’lumotlarni “Bufer obmena”dan olishni tezlashtirish lozim bo‘lsa 4, 5, 6 qadamlar “Ctrl+V”ni bosish bilan almashtiriladi.
Nazorat savollari:
PowerPoint grafika redaktori to‘g’risida umumiy ma’lumot bering?
PowerPoint dasturining menyular satri qanday?
Slaydda rasmlar joylashtirish. PowerPointda matnlarni kiritish qanday analga oshiriladi?
Animatsiyali slaydlar tayyorlash. Namunalar bilan ishlash.
Taqdimot slaydlarini jihozlash qanday?
PowerPointning boshqa amaliy dasturlar bilan o‘zaro aloqasi tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |