Mavzu: Tug‘ilish davri inqirozi Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi. Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat. Urug‘lanishdan 5-6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi. 4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo‘ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar: 1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart. 2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak. 3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak. 4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi. 5.Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |