Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan qatnashchilarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli qaroriga bilan
“Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan bo‘lib, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilarining tarkibi, ularning faoliyatini tashkil qilish tartib hamda shartlari, shuningdek asosiy funksiyalari belgilab qo‘yilgan
Nizomga ko‘ra sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokeri, qayta
sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari, shuningdek
assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta bozorining professional
qatnashchilari hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat
ro‘yxatiga olish esa - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:
Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:
·sug‘urtalovchi sifatida sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini o‘tkazish;