Ishlab chiqarishdan xavfsiz foydalanishning asosiy qonunlari
Metan konversiyasi bo’limi: tashqi qurilma va trubalar portlashga va yong’inga xavfli gaz saqlaydi. Portlashga xavfli hududning klassifikatsiyasi PUE – 86 B – 1 g.
Texnologik bo’limning portlashga xavflilik ko’rsatkichi, OPVB – 98 ga mos holda ishlab chiqarish sistemasidan keladi. Metan konversiyasi bo’limi 1.2.trupkali pechka birinchi bosqich metan konversiyasi:
Bo’limning nisbiy energetik imkoniyati 43. Portlashga xavflilik kategoriyasi 1. GPS ning bo’limdagi umumiy og’irligi 7889.03 kg.
Ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan xavf – hatar tavsifi. Ishlab chiqarishdagi o’ziga xos Xavfsizlik talablari: Xavfning asosiy ko’rinishlari :
Qurilmaning mavjudligi va undagi yuqori va o’rta bosimlarning mavjudligi.
Portlashga va olovga xavfli va zaharli gazlar bilan boradigan ishlar. Jarayonda qatnashayotgan ko’pchilik gazlar aralashmalarining ko’pchilik qismi portlashga va yong’inga xavfli hamda zaharlidir. Ammiak ishlab chiqarishga keluvchi gazlar aralashmasi asosan portlashga va yong’inga xavfli va zaharli gazlardir.
Temperatura bosim bo’yicha ish rejimining buzulishi, shuningdek bug’ – gaz va havo sarfi bo’yicha qurilmani germetikligini kuzatmaslik , truba jihozlarning portlashiga, yonishiga, CO,NH3, N2 va CH4 ning ishchi hudud, havosi tarkibida oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Termik kuyish ehtimolligi: termik kuyish bug’ning teriga tegishi, issiq gaz yoki kondensatning teriga tegishi va issiq truba yoki qurilmaga tegib ketish oqibatida kelib chiqadi.
Mexanizmning qo’zg’aluvchan qismini mavjudligi.
Elektor jihozlari bilan ishlash.
Monoetanolamin eritmasi bilan ishlash va ishqorlar, V2O5 , gidrazingidrat va kimyoviy xavfli moddalar bilan ishlash.
Ammiak ishlab chiqarish uchun umumiy texnika xavfsizlik chora tadbirlari.
Kompressorlardan tashqari barcha asosiy qurilmalar, shuningdek barcha gaz trubalari bino tashqarisida joylashgan. Barcha bino va etajerkalar kerakli miqdordagi evakuvatsiya chiqishlari va zinapoyalari bilan taminlangan.
Ammiak ishlab chiqarishi yong’in xavfsizligi darajasi bo’yicha “A” kategoriyaga tegishli, bino ikkinchi darajali yong’inga chidamli xisoblanadi. Elektor qurilmalari va avtomatlashtirish ashyolari portlashga chidamli materialdan tayorlangan.
Gaz analizatorlarning joylashishi belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga mos bo’lishi kerak.
Bir necha bor havo bilan shamollatish.
Qo’shimcha ventilyatorlarni avtomatik tarzda yoqilishi. Ishchi ventilyatorlar to’xtaganda signalizatsiya ishlab ketishi.
Bino havosi tarkibidagi yonuvchi gazlarni aniqlaydigan avtomatik gaz analizatorlarning o’rnatilishi, eng past chegarasi 20% gacha bo’lgan portlashga xavfli gazlarning MBP da paydo bo’lishini signalizatsiyalash.
Ishlab chiqarishning aloxida bosqichi bo’yicha texnika xavfsizlik chora tadbirlari: oltingugurtdan tozalash , metan konversiyasi va CO konvertorini boshqa bosqichlaridan asosiy farqi, unda portlashga, yong’inga xavfli va zaharli gazlar, bug’, yuqori va o’rta bosimda ish olib boriladi, metan konversiyasi va CO konversiyasi proyektida blokirovka mexanizmi mavjud. U texnologik rejimni buzilishida ishga tushadi, avariya hodisasi sodir bo’lganda oqim uzilib avtomatik tarzda atmosferaga chiqarib yuboriladi. Turg’un elektor to’ki va ikkinchi chaqmoqdan himoyalanish: Elektor tokidan himoyalanish maqsadida barcha elektor qurilmalari yer orqali himoyalangan. Qurilmalar yerga ulash “o’chog’i” yoki magistraliga ikkitadan kam bo’lmagan joyidan ulanadi. Barcha parallel va kesishgan trubalar bir biridan 10sm uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Har 30 sm dan ko’p bo’lmagan joyidan mahkamlanadi. Trubalar metal zinalardan va binolardan shuncha masofadan o’tgan bo’ladi. Shaxsiy himoya vositalari.: “Ammiak – 3” sexida ishchilar uchun asosan quyidagi moddalar xavfli bo’lishi mumkin;Metan, CO2,, H2, MDEA, CO. har bir ishchi sexda norma bo’yicha maxsus kiyim, oyoq kiyim bilan taminlangan. “O’z kimyosanoat” ish joyiga mos maxsus shaxsiy himoya vositalarini joriy etgan. Ish vaqtida maxsus himoya vositalarini ishlatish majburiydir. Texnologiyani katta masteri va master ishchilarni nosoz kiyim, nosoz oyoq kiyim va nosoz himoya vositalari bilan ishga qo’ymasligi lozim. Asosiy shaxsiy himoya vositalari bilan nafas yo’llari, ko’z, yuz terisi zararli moddalar tasiridan saqlaydi. Havodagi zararli moddalar ta’siridan saqlanishda filtirlovchi himoya vositalaridan foydalaniladi. Filtirlovchi protivogazlar faqat xavodagi kislorod miqdori 18% dan kam bo’lmaganda, zararli moddalar esa 5% dan ko’p bo’lmaganda ishlatiladi. Ammiak ishlab chiqarish sexida keyingi markadagi filtirlovchi protivogazlar ishlatiladi. Ammiakdan marka “M” yoki “KD”, CO
Do'stlaringiz bilan baham: |