19-mavzu. Tiklanish vositalari Dzyudochilar trenirovkasi jarayonida tiklanish vositalari. Turli tiklanish vositalarini qoʻllash. Tiklanishning pedagogik vositalari. Tiklanishning tibbiy-biologik vositalari. Farmakologik vositalar. Uyquni me’yorlashtirish uchun vositalarni qoʻllash. Bellashuv oʻrtasidagi tanaffusda massaj. Funksional musiqa tiklanish vositasi sifatida. Tiklanishning ruhiy-pedagogik vositalari.
8-modul. Dzyudoda mashg‘ulot yuklamalarining shiddatini aniqlash va zamonaviy tadqiqot uslublari, oʻqituvchi-murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari.
20-mavzu. Mashg‘ulot yuklamalarining shiddatini aniqlash uslublari Mashg‘ulot yuklamalarini nazorat qilish. Mashg‘ulot va musоbaqa yuklamalarini nazоrat qilish. Yuklama birligini aniqlash uslubiyati. Yuklamaning ixtisoslashganligi. Yuklama yoʻnalishi yuklamaning kооrdinatsiоn murakkabligi, yuklama hajmi.
21-mavzu. Dzyudoda zamonaviy tadqiqot uslublari Dzyudoda zamonaviy tadqiqot uslublari. Spоrt fanida ilmiy bilishning usul va tamоyillari. Dzyudo nazariyasi va uslubiyati fanida ilmiy bilishning usul va tamoyillari. Ilmiy bilishning umum ilmiy usullari va ilmiy bilish tamоyillari.
22-mavzu. Oʻqituvchi-murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari Oʻqituvchi-murabbiyning pedagogik qobiliyatini rivojlantirish. Oʻqituvchi-murabbiyning oʻz fani boʻyicha doimiy ravishda bilim va mahoratini oshirib borishi. Oʻqituvchi-murabbiyning psixologik qobiliyatini rivojlantirish. Oʻqituvchi-murabbiyning kompetentligi, ahloqiy qoidalarga rioya qilishi. Irodaviy va kasbga nisbatan jiddiy munosabatlari.
II. Amaliy va seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarida quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
3-mavzu: Dzyudo boʻyicha texnik usullarning klassifikatsiyasi, sistematikasi va ularning terminologiyasi.
1. Dzyudo boʻyicha texnik usullarni oddiydan murakkabga tamoyili asosida sinflarga ajratish.
2. Texnik usullarning nomlanishi va ularning ketma-ketlikda bajarilish tartibini shakllantirish yoʻllari.
3. Dzyudo boʻyicha texnik usullarni oʻrgatish jarayoni engil kechishi uchun didaktik tamoyillarga mos tizimlashtirish.
4. Usulni bajarishda sportchilarning texnik va jismoniy holatiga qarab yuklamalarni berilishi va atamalarni toʻg‘ri bilishini shakllashtirish lozim.
5. Texnik usullar, kurashchi holatlari (parter va tik turgan holatlardagi) va harakatlarning atamalarini aniqlashtirish.
6. Dzyudoda texnik usullarning bajarilishida dzyudo turidagi parter holatida bajariladigan texnik usullar va ularning nomlanishini koʻrsatib oʻtish.
7. Bellashuvni usullar belgilari yordamida yozib borish.
8. Texnik usullarning ximoyalari.
9. Texnik usullarning qarshi usullari.
10. Texnik usullarning kombinatsiyalari.