Bichiq dеtаllаri: Оld bo‘lаk etаk qismi – 1 dоnа, оrqа bo‘lаk etаk qismi – 1 dоnа, оld kоkеtkа – 1 dоnа, оrqа kоkеtkа – 1 dоnа, еng – 2 dоnа vа qo‘ymа burmаlаr.
4- bichuvchi – tikuvchi: bichiq bo’laklariga ishlov berish usullari haqida ma’lumot beradi.
5- bichuvchi – tikuvchi: 1-kiydirib ko’rish va kiydirib ko’rish vaqtidagi aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqida ma’lumot beradi.
6-bichuvchi –tikuvchi: Yeng o’miziga ishlov berish usullari haqida ma’lumot beradi.
7-bichuvchi-tikuvchi: yoqa o’miziga ishlov berish turlari haqida ma’lumot beradi.
8-bichuvchi-tikuvchi: Ko‘ylаkni so‘nggi pаrdоzlаsh vа nаmlаb-isitib ishlаsh. Qo‘l shоklаridа ishlаtilgаn iplаr оlib tаshlаnаdi. Kiyim tikib bo‘lgаndаn kеyin оrtiqshа iplаr qirqib tаshlаnаdi, ko‘ylаkning o‘ngidаgi bo‘rlаngаn shiziqlаr o‘shirib tаshlаnаdi.
Dаzmоllаsh uchun elеktr quvvаti bilаn qizdirilаdigаn dаzmоllаr qulаy. Dаzmоllаsh uchun zаrur hаrоrаt hоsil bo‘lgаndаn kеyin o‘zi o‘shib, yanа yonib turаdigаn vа suv bug‘i purkаydigаn dаzmоllаr yaхshi.
Mаtоlаr hаr хil pахtа, zig‘ir, jun tоlаsidаn, tаbiiy vа sun’iy ipаklаrdаn, kimyoviy tоlаlаrdаn to‘qilgаn bo‘lgаni uchun hаr хil hаrоrаtdа dаzmоllаnаdi. Kimyoviy tоlаlаrdаn to‘qilgаn mаtоlаr dаzmоllаnаyotgаndа dаzmоl qаttiq qizdirilmаsligi, tаbiiy ipаk vа jun mаtоlаrgа esа qаttiq qizdirilishi kеrаk, pахtа vа zig‘ir tоlаsidаn tаyyorlаngаn mаtоlаr nаmlаb yoki suv purkаb dаzmоllаnаdi. Dаzmоllаsh uchun dаzmоl tахtаsidаn fоydаlаnish mа’qul.
K o‘ylаk tеskаrisidаn dаzmоllаnаdigаn bo‘lsа, dаzmоl mаtо ishlаtilmаydi. O‘ngidаn esа оq gаzlаmаdаn dаzmоlmаtо qo‘yib dаzmоllаnаdi.
Nаmlаb isitib ishlоv bеrish uchun оldin dеtаllаrning (kоkеtkа, yеng qismlаri) chеtlаri nаmlаb to‘g‘rilаnаdi vа bаtаmоm qurigunshа dаzmоllаnаdi. Kiyimning shоklаri yorib dаzmоllаnаdi, burmаlаr dаzmоllаnаdi. Ko‘ylаklаrni so‘nggi dаzmоllаshni bug‘li hаvо mаnеkеnidа bаjаrish hаm mumkin.
1-tadbirkor: Hozirgi davrda tadbirkorlik faoliyati har bir sohaga kirib kelmoqda. Bizning tadbirkorlik kasbi ham dizayner – modelyer kasbi singari ommalashmoqda. Inson yaralibdiki, hayotning har bir kunida bir necha marta savdo-sotiq va mol ayirboshlash, iqtisod bilan bog‘liq masalalarga, muammolarga duch keladi.
Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlik ishlab chiqarishni tashkil qilish, yo‘lga qo‘yish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sota bilish, tushgan pulni joy-joyiga sarflay olishdir. Tadbirkor ishlab chiqarish va tijoratning barcha zarur omillaridan boylik yaratish uchun foydalanadigan odamdir.
Bu ancha keng ta’rifga yaratuvchanlikning ko‘pgina sohalari bilan shug‘ullanuvchi odamlar to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlarga quyiladigan talablar moddiy boyliklar yaratuvchi boshqa odamlarga quyiladigan talablarga qaraganda ancha kengrok.. Masalan, siz bichuvchi – tikuvchi deylik. Siz ko’ylak, kostyum, shim, yubka palto tikishga ustasi farang bo‘lishingiz mumkin. Lekin, agar siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlasangiz bu anjomlarni ishlab chiqarishdan tashqari:
- oldi-sotti, marketing, boshqarish, hisob-kitob, moliyalashtirish, kadrlar ishi bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik nimadan boshlanadi? Zamonaviy sharoitda tadbirkorlikning barcha turlari avj olmoqda. Ko‘pgina korxonalarning xususiylashtirilishi ishlab chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik davlat korxonalari o‘rniga kichik, chaqqon, har qanday sharoitga tez moslasha oladigan xususiy korxonalar paydo bo‘la boshladi. Bir yoki bir necha kishilardan tashkil topib, kichik bir mahalla, tuman yoki shaharcha aholisiga xizmat ko‘rsatadigan korxonalar (masalan, kichik non sexi, duradgorlik sexi, oyoq kiyimlarni ta’mirlaydigan sex, tikuvchilik sexi va h-k.)da tadbirkorlik kasbi juda hushyorlikni, bilimdonlikni, jur’atlilikni talab etadi. Biz tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan buyumlarni o‘z egasiga etkazib beramiz.
2 -tadbirkor: tikuvchilik lik buyumlarini tayyorlash uchun qancha xom ashyo ketishini, ularga ketgan sarf-harajatni, olinadigan foyda hisoblarini aniqlaymiz. Buyumlarni tannarx asosida sotish uchun baho belgilaymiz. Albatta, baho belgilash bozorni o‘rganish, undagi talab va takliflar natijasida amalga oshiriladi. Masalan, kiyim tayyorlash uchun dizaynerlar yaratgan chizmalar asosida tabiiy va sun’iy materiallaridan foydalanishimiz mumkin. Materiallarini juda tejamkorlik bilan ishlatishimiz kerak.
Iqtisod bilan ish yuritishimiz esa halol mehnat evaziga daromad olish va uni aql-idrok, tejamkorlik bilan zaruriy joylarga ishlatishdir. Isrof - iqtisod va tejamkorlikning aksi bo‘lib, o‘rinsiz, foydasiz va xayrsiz ishlarga pul va mol sarf kilishdir. «Sen agar isrof etishni tashlading, ul zamon davlat etagin ushlading», - deb bejiz aytilmagan.
3-tadbirkor: (Savdo rastasi oldida turib sotuvchilik kasbi haqida gapirib beradi):
Savdo sohasida juda to‘g‘rilik va halollik bilan ish ko‘rish talab qilinadi. Savdoda sotuvchiga shirinso‘zlik, xushmuomalalik, hozirjavoblik, istarasi issikdik, so‘zamollik kabi umuminsoniy hislatlar xos bo‘lishi kerak.
Boshlovchi: Mana, hurmatli anjumanimiz qatnashchilari, yuqoridagi kasb egalarining fikr - mulohazalari va tajribalari bilan tanishdik.
Gazlama bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish, ularni qanday tejab ishlatish kerakligini bilib oldik.
Yuqoridagi kasblar ham bir-biriga juda bog‘liqligi, tikuvchi dizaynerlar modelyersiz tadbirkorsiz, tadbirkor tikuvchi bichuvchisiz faoliyatini yurita olmasligining guvohi bo‘ldik.
S hu tarzda mashg’ulotda aytilgan fikrlar umumlashtiriladi. Kasblarning ajralmas uzviy aloqadorligi ularning faoliyatlari misolida ko‘rsatib beriladi.
Munozarali savol:
Men kelajakda … kasb egasi bo’lmoqchiman.
Bu kasb meni hayotimda …. Ahamiyatga ega.
Kasblar xilma-xil .. .
Men tanlagan kasbning nufuzi …
Har bir guruh o’z nomidan kelib chiqib 4 ta kasbni va ularga turdosh kasblar haqida ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |