Tanin olish texnologiyasi
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: ko’p atomli fenollar – polifenollar unumi hisoblangan taninlarning tuzilishi, strukturasi, ekstraksiya qilish jarayoni va ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni o’rganish va o’rgatishdan iborat.
Tanin ko’p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Tanin – och sariq, amorf kukun bo’lib, o’ziga xos xidga va burishtiruvchi mazaga ega, suvda oson va spirtda, atseton, etilatsetat, glitserin, piridinda eriydigan moddadir. Etil efirida qiyin eriydi. Petrolein efiri, xloroform va benzolda erimaydi. Tanin gidrolizlanganda 19,3% glyukoza, 80-86% galla kislota va 2,108,8% ellag kislotasi aniklangan.
Tanin Turkiya va Xitoyning maxalliy xom ashyo – skumpiya barglaridan (20%) va sumax bargidan (8-12%), bergeniyaning bargi va ildizlaridan quyidagi texnologiya boyicha olinadi.
Taninlar ekstraksiyasi.
Xom-ashyo kattaligi 1-3 mm bo’lguncha motor-maydalagichda maydalanadi. Taninning ekstraksiyasi uchun batareya – ekstraktorlardan foydalaniladi. Buning uchun xom ashyo aralashtirgichli, soxta tubli ekstraktorga solinadi (60 ayl/min). Ekstraksiya 3 soat davomida xona xaroratida 5% NaCI ning suvli eritmasi yordamida olib boriladi.
Olingan sharbat yiguvchi idishga yuboriladi. Ishlab bo’lingan xom ashyo chiqindisi esa tashlab yuboriladi. Yiguvchi idishdan sharbat vakuum yordamida (60ayl/min) reaktorga uzatiladi. So’ngra sharbatga NaCI ning kukunidan konsentratsiyasi 10% bo’lguncha qo’shiladi va yaxshilab eritiladi, so’ngra 4 soat tindiriladi, keyin ekstrakt ochiq idishga solinadi va yana 6 soat davomida tindiriladi. Tinish davomida ekstraktning ustiga smolaga o’xshash moddalar chiqadi va ular suzgich bilan olib tashlanadi, sungra 80S gacha sovutiladi va 8-10 soatga qoldiriladi. Ekstraktning ustiga yana smolasimon moddalar qalqib chiqadi va suzgich bilan olib tashlanadi. Qolgan suyuqlikni vakuum yordamida aylantirgichli, qurish oynasi va tushirish uchun tirqish bilan ta’minlangan reaktorga uzatiladi.
Tuz-suvli eritmadan tanin ekstraksiyasi.
Olingan tuz suvli eritma vakuum yordamida bosimli bakka o’tkaziladi va u yerdan eritma tomchilab 1:3 nisbatda butanol va butalatsetat aralashmasi to’ldirilgan kolonkaga oqib o’tkaziladi. Tomchi xolatdagi eritma oqib o’tish jarayoni tanin tuz-suvli eritmadan organik erituvchilar aralashmasi tarkibiga to’liq erib o’tgunga qadar davom ettiriladi. So’ngra taninning organik eritmasi qurish oynasi va tushish tirqishi bilan ta’minlangan reaktorga o’tkaziladi, 2 soat davomida ushlab turiladi, shundan so’ng tingan tuz suvli qismi ajratib olinadi. Organik erituvchilar xajmining 4% miqdorida suv qo’shiladi va 20 minut aralashtirilgandan keyin 2 soat tindiriladi. Vaqt o’tgandan so’ng suvli qismi ajratib olinadi va reaktorga faollashtirilgan ko’mir qo’shiladi, shu xolda 30 minut ushlab turiladi, xosil bo’lgan suspenziya 3 kavat filtr qog’oz va 1 kavat bo’z bilan ta’minlangan druk filtr yordamida filtrlanadi.
Organik erituvchilarni bug’latish va taninni suvli kismga utkazish.
Taninning butanol va butilatsetatli aralashmadagi organik eritmasi aralashtirgichi va isitish uchun mo’ljallangan qobiqli buglatuvchi apparatga o’tkaziladi. Bug’latish 100 – 15- mm.sim.ust.teng bo’lgan ortiqcha bosim ostida oqava bug’ bilan isitish yordamida olingan xajmning 1/5 qismi qolguncha olib boriladi, 2,5 baravar suv qo’shib, buglatish yana davom etiladi. So’ngra qolgan suvli qism 6-80S gacha 6 soat davomida aralashtirish yordamida apparatning tashqi qobig’iga namokob suv yuborish yordamida sovitiladi. Bir soat ushlab turiladi va 3 qavat filtr qog’oz va bir qavat bo’z bilan taminlangan nutch-filtr orqali filtrlanadi. Agar filtrat tiniq bo’lmasa u yana filtrlanadi. Tozalangan suvli tanin purkab quritadigan (TSF – ITE -6) quritgich yordamida quritiladi. Quritilgan tanin keyin qadoqlashga jo’natiladi.
Adabiyotlar:
Muraveva.D.A- Farmokognoziya, M 1981.
Xolmatov.X.X, Ahmedov.O‘.A-Farmakognoziya. Toshkent 1995.
V.P.Zaxarov, N.I.Libizov, X.A.Aslanov-Lekarstvenno‘e veshestva iz rasteniy i sposobo‘ ix proizvodstva.Tashkent 1980 g.
E.A.YArosh.Injir kak istochnik proizvodstva novogo preparata furalen. T.R. Vsesoyuzno‘y lekarstvennoe rost, vo‘p. 8,V kn; Rezultato‘ nauchno‘x issledovaniy v oblasti lekarstvennogo rastenievodstva, m-1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |