1. MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARINING QURILISH
TAMOYILLARI
1.1. Ma’lumot uzatish tarmog‘ining tasnifi
Ma’lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan axborotning
bir ko‘rinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday ko‘rinishi yordamida
axborotni saqlash va qayta ishlash amallarini bajarish mumkin. Demak, axborot
tushunchasi ma’lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.
Axborot – bu uzatish, tarqatish, o‘zgartirish, saqlash yoki bevosita ishlatish
ob’ekti bo‘lgan ma’lumotdir. Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan
har xil ma’lumot tushuniladi. Bu o‘lchash natijalari qandaydir ob’ektni kuzatish
haqidagi ma’lumot bo‘lishi mumkin.
Xabar - axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Bitta xabar bir qancha
shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali berilayotgan axborot
uzluksiz ko‘rinishda yoki telegramma ko‘rinishida, ya’ni diskret ko‘rinishda
taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma’lumot uzatilganda, axborot harflar
yig‘indisi, ya’ni so‘z ko‘rinishida va sonlarda taqdim qilinadi.
Xizmat - yuqori pog‘ona komponentlari ixtiyoriga beriladigan joriy
pog‘onaga tegishli funksional imkoniyatlar to‘plamidir.
Interfeys - ikkita qurilma yoki tizimlar chegarasida ularning to‘liq birga
ishlashini ta’minlovchi qurilmalar va protseduralar to‘plami.
Axborot kommunikatsiya sohasida protokol atamasi ma’lumotlarni uzatish,
qabul qilish kabi jarayonlarni belgilovchi qoidalar to‘plamiga aytiladi.
Protokollar - bu qoida va texnik protseduralar bo‘lib, bir nechta qurilma yoki
dasturlarni ishlash jarayonida ularni bir-biri bilan muloqotda bo‘lishini
ta’minlaydi.
Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud:
1. Bir qancha protokollar mavjud bo‘lib, bularning hammasi turli aloqalarni
ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir protokol maqsadga ko‘ra har xil topshiriqlarni
7
bajaradi.
2. Protokollar OSI modelining turli pog‘onalarida ishlaydi. Protokolning
vazifasi uning ishlash pog‘onasidan kelib chiqib aniqlanadi.
3. Bir qancha protokollar birgalikda ishlashi mumkin. Ular protokollar steki
yoki protokollar to‘plami turkumida bo‘ladi.
Protokollar stekining pog‘onalari OSI modelining pog‘onalari bilan mos
keladi. Alohida vazifalarni boshqarish uchun har bir pog‘onada har xil protokollar
ishlatiladi. Har bir pog‘onaning o‘zida qoidalar to‘plami bo‘ladi.
Protokollar shartli ravishda quyidagicha tasniflanishi mumkin:
-
internet tarmog‘ining asosiy protokollari: IP, ICMP, TCP, UDP;
-
transport protokollari: RTP, RTCP;
-
signal protokollari: SIP, H.323, SIGTRAN, MEGACO/H.248, MGCP,
RSVP, SCTP, ISUP, BICC, SCCP, INAP;
-
marshrutizatsiya protokollari: RIP, IGRP, OSPF, IS-IS, EGP, BGP;
-
axborot xizmatlari va boshqaruv protokollari: SLP, OSP, LDAP;
-
xizmat protokollari: FTP, SMTP, HTTP, G.xxx (kodeklar uchun), H.xxx.
Aloqa kanalida ma’lumot uzatish avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanib,
bu ma’lumotli hujjatlarni xat tashish yo‘li (yoki pochta bilan) va ko‘chirish yo‘li
bilan tizim ma’lumotini boshqarib turadi. Ma’lumot uzatishga xizmat qiladigan
idora (muassasa) hujjatlarini tarqatishga mexanik va qo‘l yordamida
ko‘chirishlardan foydalaniladi. Bunday xizmatlar kichik kapital (mablag‘)
yordamida ma’lumotni ohirigacha aniq hujjatlarni uzatishni qayd qiladi va o‘rta
pog‘onali punktda ro‘yxatga olib, uni tekshirib (nazorat qilib) turadi. Past operativ
(tezlikda) uzatish – foydalanish talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun
ham avtomatlashtirilgan ma’lumot uzatish tizimidan foydalanib ma’lumotni
operativ yetkazib beradi.
Vositalar to‘plami, ma’lumot uzatishga xizmat qilish uchun ma’lumot
uzatish tizimini chaqirib beradi.
Uzatish tizimida ma’lumotni bevosita iste’molga va manba uzatish tizimida
abonentlar, kompyuterlar, marshrutizatorlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, telefon
8
apparatlari, peydjerlar, ajratib turuvchi datchiklar, bajaruvchi qurilmalar va
odamlar bo‘lishi mumkin.
Uzatish tizimini tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin (1.1-rasm):
1. Uzatish kanali (AK – aloqa kanali);
2. Ma’lumot uzatuvchi qurilmalar;
3. Ma’lumot qabul qiluvchi qurilmalar.
1.1-rasm. Ma’lumot uzatish tizimi
Uzatish abonent xabarini signalga tubdan o‘zgartirib tarqatish va aloqa
kanaliga uzatish uchun xizmat qiladi. Qabul qilgich signalni xabarga qayta
aylantirib, abonentga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumot uzatishdagi noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab, o‘tkazgich
aniqligini buzilishi tufayli, gapirganda qabul qilgichlarda yuzaga keladi. Aloqa
kanaliga tashqi ta’sir va shovqinlarni ta’siri natijasida ham ma’lumotni aniqligi
buziladi.
Ma’lumot uzatish tizimlarini asosiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar:
o‘tkazish qobiliyati;
ishonchlilik;
ishlash ishonchligi.
Ma’lumot uzatish tizimidagi o‘tkazish qobiliyati – bir vaqtda tizimni ishlash
extimolligi katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumot to‘plamiga ega bo‘lganda
Axborot
manbai
Uzatuvchi
Aloqa
kanali
Qabul
qiluvchi
Malumotlar
iste’molchisi
Signal + xalaqitlar
Signal + xalaqitlar
Xabarlar
Xabarlar
Xalaqitlar
9
yaxshilanadi. O‘tkazish qobiliyati tizimni aloqa kanali va signalni fizik
xususiyatlarini belgilab beradi. Shuningdek bu sifat ko‘rsatkichi kanaldan yuqori
tezlikda ma’lumot uzatilishiga bog‘liqdir.
Ma’lumotlar uzatish tizimi 2 guruhga bo‘linadi:
1. Ma’lumot uzatish xizmatlari (1.2a va 1.2b rasm);
2. Ma’lumot uzatish tarmoqlari.
1.2a)
1.2b)
1.2 – rasm. Ma’lumot uzatish xizmatlari
Ma’lumki, har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma’lumotlar, grafika,
10
tasvir) uzatish uchun iste’molchilarga taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami
ma’lumot uzatish xizmati deyiladi.
Ma’lumot uzatish tarmoqlari deb - ma’lumot uzatish xizmatlarini
yetkazib berish imkoniyatlarini ta’minlovchi texnik vositalar to‘plamiga
aytiladi.
Ma’lumot uzatish tizimlariga quyidagilar kiradi (1.3-rasm):
terminal qurilmalar;
kommutatsiya vositalari;
uzatish tizimlari;
aloqa kanallari.
1.3 – rasm. Ma’lumot uzatish tizimining tuzulishi
Ma’lumot uzatish tarmoqlari ohirgi qurilmalarni o‘z ichiga olmaydi.
Quyidagi 3 sabab xatolar manbai bo‘lishi mumkin (1.1-jadval):
11
1.1– jadval.
Asosiy aloqa ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |