Tamoyillari



Download 5,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana07.07.2022
Hajmi5,09 Kb.
#752813
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
1-1628

 Ma’lumotlar bazasi 
Jadval
Tavsifi
Qo‘shnilar bo‘yicha 
ma’lumotlar bazasi 
Qo‘shni qurilmalar 
jadvali 
-
2 tomonlama ma’lumot 
almashish o‘rnatilgan barcha 
qo‘shni marshrutizatorlar 
ro‘yxati; 
-
har bir marshrutizator 
uchun alohida jadval mavjud; 
-
jadvalni 
show ip ospf 
neighbor
buyrug‘i yordamida 
ko‘rish mumkin. 
Kanalni xolati bo‘yicha 
ma’lumotlar bazasi 
Topologiya jadvali 
-tarmoqdagi barcha 
marshrutizatorlar to‘g‘risida 
ma’lumotlarni yig‘adi; 
-bu ma’lumotlar bazasi 
tarmoqning topologiyasini 
ko‘rsatadi; 
- bir maydonda bo‘lgan barcha
marshrutizatorlar bir xil kanalni 
xolati bo‘yicha ma’lumotlar 
bazasini ishlatadi; 
-jadvalni 
show ip ospf database 
buyrug‘i yordamida ko‘rish 
mumkin. 
Jo‘natmalarning 
ma’lumotlar bazasi 
Marshrutizatsiya 
jadvali 
-kanalni xolati bo‘yicha 
ma’lumotlar bazasidagi 
algoritmni ishga tushishi orqali 
yaratilgan marshrutlar to‘g‘risida 
ma’lumotlarni yig‘adi;


74 
3.1 – jadval davomi
-har bir marshrutizator 
boshqa 
marshrutizatorlarga 
paketlarni jo‘natish joyi 
va usuli to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarga ega 
bo‘lgan marshrutizatsiya 
jadvalini ishlatadi; 
-bu ma’lumotlarni 
show 
ip 
route 
bo‘yrug‘i
yordamida 
ko‘rish 
mumkin. 
1.
Qo‘shni qurilmalar bilan qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish OSPFni 
ishlatuvchi marshrutizator ma’lumotlarni almashish uchun tarmoqdan bir-birini 
aniqlashni bajarishi kerak. OSPFni ishlatuvchi marshrutizator OSPF yoqilgan 
barcha interfeyslaridan salomlashish paketini ushbu interfeyslar chegarasida 
qo‘shni qurilmalarni aniqlash uchun jo‘natadi. Qo‘shni qurilma mavjud bo‘lganda 
OSPFni ishlatuvchi marshrutizator u bilan bir xillik munosabatini o‘rnatishga 
harakat qiladi. 
2.
Kanal xolati to‘g‘risida xabarlarni almashish. Bir xillik munosabati 
o‘rnatilgandan keyin marshrutizatorlar kanal xolati to‘g‘risidagi (LSA) xabarlarni 
almashadi. LSA har bir to‘g‘ridan - to‘g‘ri ulangan kanalning xolati va narhi 
to‘g‘risidagi ma’lumotga ega. Marshrutizatorlar o‘zining LSA xabarlarini qo‘shni 
qurilmalarga jo‘natadi. Qo‘shni qurilmalar LSA xabarlarini olishi bilan o‘zining 
LSA xabarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan qo‘shnilarga jo‘natadi va bu jarayon bir 
maydondagi barcha marshrutizatorlar barcha LSA xabarlarni qabul qilib olguncha 
davom etadi. 


75 
3.
Topologiya jadvalini yaratish. OSPFni ishlatuvchi marshurtizatorlar 
kanal xolati to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin qabul qilingan paketlar asosida 
topologiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratadi. Bu ma’lumotlar bazasida 
ohir oqibat tarmoqning topologiyasi to‘g‘risida barcha axborotlar yig‘iladi. 
4.
SPF qisqa yo‘lni izlash algoritmini bajarilishi. Shundan keyin 
marshrutizatorlar qisqa yo‘lni izlash algoritmini bajarishga tushishadi.
Katta samaradorlikni va masshtablikni ta’minlash uchun OSPF protokoli 
maydonlarga bo‘lingan ierarxik marshrutizatsiyani quvvatlaydi. OSPF maydoni 
kanal xolati bo‘yicha tuzilgan ma’lumotlar bazasidagi kanal xolati to‘g‘risidagi bir 
xil ma’lumotlarni ishlatuvchi marshrutizatorlar guruhidan iborat. 
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin: 
-
bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi 
bitta maydonda joylashgan (0 maydon).
-
bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli ierarxik tartibda bir 
nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0 
maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi 
marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi (AVR). 
OSPFda bir nechta maydonlar uchun ierarxik marshrutizatsiyani ta’minlash 
maqsadida bitta katta avtanom tizimi (AT)ni bir nechta kichik maydonlarga bo‘lish 
mumkin. 
Ierarxik 
marshrutizatsiyani 
ishlatishda 
maydonlar 
o‘rtasida 
(maydonlararo marshrutizatsiya) marshrutizatsiya bajariladi. Protsessorning 
resurslari (M: ma’lumotlar bazasi takroriy hisoblash)ni talab qiluvchi 
marshrutizatsiya jarayonlarining ko‘pchiligi bitta maydon doirasida bajariladi. 
Har doim marshrutizator bitta maydon doirasida topologiyada o‘zgarish 
to‘g‘risida yangi ma’lumotni qabul qilsa, marshrutizator qisqa yo‘lni izlash 
algoritmini bajarishi, yangi SPF qisqa yo‘l daraxtini yaratishi va marshrutizatsiya 
jadvalini yangilashi kerak. Qisqa yo‘lni izlash algoritmi mikroprotsessorning katta 
hajmdagi resursni talab qiladi, ya’ni resurs bu hisoblashga ketadigan vaqt 
maydonini o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. 
Izoh: topologiyaning o‘zgarishi boshqa maydondagi marshrutizatorlar 


76 
o‘rtasida masofa vektor formatida qayta taqsimlanadi. Boshqacha aytganda bu 
marshrutizatorlar faqat marshrutizatsiya jadvalini yangilaydi va qaytadan qisqa 
yo‘lni izlash algoritmini bajarmasligi kerak. 
Bitta maydondan juda ko‘p marshrutizatorlar bo‘lsa kanal xolati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi juda katta hajmga ega bo‘ladi va 
mikroprotsessorning yuklanishi ortadi. Shuning uchun mashrutizatorlarni 
maydonlarga taqsimlashdan katta ma’lumotlar bazasini kichik ma’lumotlar 
bazasiga samarali taqsimlash kerak. Bunda samarali boshqarish imkoniyatini 
ta’minlashga e’tibor qilish lozim. 
3.3. ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli
Marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch 
kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, 
ICMP (Internet Control Message Protocol) protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar 
beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. ICMP protokolining har bir 
xabari tarmoq bo‘ylab, IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari imtiyozsiz 
marshrutlanadi. Shuning uchun ular ham yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, 
yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib 
chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi 
uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, 
ICMPning yangi xabarlarini paydo qilmasligi kerak. 
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud (3.2 - jadval). Xabarning har bir 
turi o‘z formatiga ega va ularning hammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: 
xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli 
to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, 
nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni (CHECKSUM). Bundan tashqari ICMP 
xabari har doim sarlovha va xatoni keltirib chiqargan IP paketning birinchi 64 biti 
ma’lumotlarga ega. Bu qurilma-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi 
uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki – qo‘shma pog‘onasidagi hamma protokollar 


77 
o‘z xabarlarining birinchi 64 bitini taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar. 
Maydon turi quyidagi belgilanishga ega (3.2 – jadval): 
3.2 – jadval. 
Maydon turi 
Belgilanishi 
Xabarlar turi 

Aks-sado-javob (Echo Replay)

Yetib bo‘lmaydigan belgilangan qurilma
(Destination Unreachable ) 

Manbani yo‘qotish (Source Quench) 

Yo‘nalishni o‘zgartirish (Redirect) 

Aks-so‘rov (Echo Request) 
11 
Deytagramma vaqtining tugashi
(Time Exceeded for a Datagram) 
12 
Paket ko’rsatkichining muammosi. 
(Parameter Problem on a datagram ) 
13 
Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request) 
14 
Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)
17 
Manzilni talab qilish (Address Mask Request)
18 
Manzil javobi (Address Mask Replay) 
Ko‘rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli tor 
masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‘lib hisoblanadi. 
Xabar turlarini taxlil qilib chiqamiz (3.3-jadval). 

Download 5,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish