Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB.  XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

10-BOB.  XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 

MOLIYAVIY RESURSLARI 

   

10.1.  Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 

resurslari va kapitali 

 

 

XYuSlarning  moliyaviy  resurslari  ular  umumiy  resurslarining 



pul 

shaklida 

harakat 

qiladigan 

bir 

qismi 


hisoblanadi. 

Resurslarning  pul  shaklida  amal  qilishi  moliyaviy  resurslar 

mohiyatan  tavsifining  ajralmas  qismi  hisoblanib,  bu  narsa  ularni 

XYuSning  boshqa  resurslari  ko‘rinishlaridan,  xususan,  ishlab 

chiqarish  vositalari  (dastgohlar,  mashinalar,  xomashyo  va 

materiallar,  ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  binolar  va  shunga 

o‘xshashlar)dan  farq  qiladi.  Buni  inobatga  olgan  holda  XYuS 

vositalarining  “pul  shakli”  va  “pul  qiymati”  tushunchalarini 

farqlamoq  lozim. “XYuS  vositalarining  pul  qiymati”  tushunchasi, 

odatda,  pul  mablag‘larining  o‘zini  emas,  balki  turli  maqsadlar 

uchun  mo‘ljallangan  vositalar  va  fondlar  (masalan,  asosiy 

fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 

 

Pulga  sotib  olinganligiga  qaramasdan  ishlab  chiqarish 



vositalari  (yuqorida  qayd  etilgan  dastgohlar,  mashinalar, 

xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar 

va shunga o‘xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. 

Ishlab  chiqarish  fondlarini  qaytadan  pul  shakliga  aylantirish 

uchun,  avvalo,  ularni  sotish  kerak.  Bu  holda  esa,  o‘z  navbatida, 

mol-mulkning  balansda  aks  ettirilgan  qiymat  jihatidan  baholari 

emas,  balki  amaldagi  bozor  baholari  harakat  (ish)ga  tushadi. 

Moliyaviy  qiyinchiliklar  va  bankrotlik  xavfi  ostida  vujudga 

keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, 

mablag‘lar  va  resurslarni  yo‘qotib  qo‘yishiga  olib  kelishi  mumkin. 

Holbuki,  xalqaro  amaliyotdagi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  bankrotga 

uchragan  XYuS  tugatilayotgan  paytda  unga  tegishli  bo‘lgan 

aktivlar  qiymatining  40%dan  ortiq  bo‘lmagan  qismini  olishga 

muvaffaq  bo‘lish  mumkin,  xolos.  Shu  munosabat  bilan  hatto, 

sog‘lom  bozor  aylanmasida,  ya’ni  talabga  ega  bo‘lgan  tayyor 

mahsulot  realizatsiya  qilinganda  ham  u  faqat  sotilganidan  so‘ng 

pul mablag‘iga aylanadi. 

233 


 

Ishlab  chiqarish  jarayonini  yangidan  boshlash  va  rivoj-

lantirishga  mo‘ljallangan  XYuSning  moliyaviy  resurslari  bu  pul 

shaklidagi  uning  kapitalidir.  Mehnat  vositalari,  predmetlari  va 

natijalariga  aylangan  moddiy-buyumlashgan  kapital,  ishlab 

chiqarish  jarayoni  ishtirokchilarining  jismoniy  va  intellektual 

qobiliyatlaridan  iborat  bo‘lgan  inson  kapitali  kapital  mavjudligi  va 

harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, 

takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  doiraviy  aylanishiga  kiritilgan 

va  uning  egasiga  daromad  keltiruvchi  har  qanday  mulkiy  va 

intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. 

 

Tijoriy  XYuSlarning  moliyaviy  resurslari  dastlab  (birlamchi 



holda)  ular  ta’sis  kapitalining  bir  qismini  pul  shaklida  qo‘yish  va, 

shuningdek,  boshqa  shaxslar  va  tashkilotlardan  maqsadli 

moliyalashtirish  va  subsidiyalar  ko‘rinishida  kelib  tushgan  pul 

mablag‘lari  qismi  hisobidan  shakllantiriladi.  Ta’sis  kapitalining  pul 

shaklida  bo‘lmagan  qismi  (sanoat  va  intellektual  mulk  obyektlari, 

ulardan  foydalanish  huquqlari  va  boshqalar)  esa,  xuddi  maqsadli 

tushilmalar  singari,  agar  ular  pul  ko‘rinishida  qo‘yilmagan  bo‘lsa, 

ularni  XYuSning  moliyaviy  resurslari  tarkibiga  kiritish  maqsadga 

muvofiq emas. 

 

Dastlabki 



(birlamchi) 

kapitalning 

ishlab 

chiqarishga 

investitsiya  qilinishi  tovar-pul  doiraviy  aylanishi  jarayonining 

kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) 

sifatida  XYuSning  tushumi  maydonga  chiqadi.  O‘z  navbatida, 

tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab 

chiqarish  jarayonini  davom  etttirishni  ta’minlovchi  bir  necha  pul 

mablag‘lari  fondlariga  bo‘linadi.  Umumiy  tarzda,  formula  orqali 

buni quyidagicha ifodalash mumkin: 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish