Soliqqa tortish nazariyalari – soliqqa tortish amaliyotini nazariy
jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida eng dolzarb
muammo sifatida quyidagi savollarning javobini izlab topish sanaladi:
Byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning
qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |